O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Jon R. Kommons 
Jon R. Kommons (1862- 1945) Veblendan 
besh yosh kichik va Mitchelldan o‗n ikki yosh 
katta bo‗lgan yana bir noortodoksal iqtisod-
chidir. Uning eng katta hissasi tahlil qilishda 
o‗zi yordam bergan ijtimoiy qonunchilikda 
bo‗lsa, ajabmas.
Bu qonunchilik Amerika iqtisodiyotining 
tuzilishini o‗zgartirib yubordi. Kommonsning 
―Boylik taqsimoti‖ (1893) nomli birinchi 
kitobi 
yaxshi 
kutib 
olinmagan 
edi. 
Tanqidchilar bu kitobni uning o‗z ijtimoiy 
fikrlariga ilmiy asos solishga bo‗lgan qoniqtirmas 
urinishi, deydi. Lekin Kommons hali mavjud mulkchilik, mustaqil 
tashkilot, jamiyat tuzilishini inqilobiy o‗zgartirishga urinmayotgan edi.
Viskonsinda Kommons ishlagan yillar davomida (1904-1932) 
akademiklar va siyosatchilar o‗rtasida, keyinchalik Franklin Ruzvelt 
―Yangi Taqsimot‖ da eslab o‗tadigan, bugungi kunda odatiy ko‗p 
ishlatiladigan aloqa rivojlandi. Viskonsin hukumati Madisondagi 
fakultetni yangi fikrlar o‗chog‗i bo‗lishi, qonunlar loyihalarini yozish va 
tayinlangan komissiya a‘zolari uchun erkin ishlatishga berib qo‗ydi. 
Kommonsning hayotini o‗rganar ekanmiz u Viskonsda bo‗lgan ko‗p 
vaqtini loyihalar tuzish, ularni tatbiq etish va ijtimoiy qonunlar tuzishga 
yordam berish bilan o‗tkazganligiga guvoh bo‗lamiz. Bu urinishlarda 
ko‗zga ko‗rinadigan namunalar shakllandi. Kommons masalani, ba‘zida 
talabalarga yordam sifatida atroflicha o‗rganar edi. Va keyin muammoni 
iqtisodiyotda qabul qilingan har qanday qonunlardan ta‘sir ko‗radigan va 
ilg‗or biznes yoki mehnat boshliqlaridan ruhlanadiganlar bilan 
muhokama qilardi. Yangi taqsimotdan o‗rin olgan ijtimoiy qonunchilik-
larning g‗oyalari Viskonsindan olinganligiga aniq asos yo‗q. Lekin 
Madisonda shug‗ullanayotganlarning ko‗pchiligi 1932-yilda Vashing-
tonga ketganligi aniq faktligi tasdiqlangan.
Kommons merosi 
Kommons ―farovon davlat tomon harakat asoschisi‖
61
deb ta‘riflab 
kelingan. Madisonga kelganidan bir yil o‗tib u gubernator La Foletga 
61
Kenneth Boulding, ―A New Look at Institutionalism,‖ American Economic Review, 48 (May 1957), p. 
7.

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling