O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kommons merosi
Jon R. Kommons
Jon R. Kommons (1862- 1945) Veblendan besh yosh kichik va Mitchelldan o‗n ikki yosh katta bo‗lgan yana bir noortodoksal iqtisod- chidir. Uning eng katta hissasi tahlil qilishda o‗zi yordam bergan ijtimoiy qonunchilikda bo‗lsa, ajabmas. Bu qonunchilik Amerika iqtisodiyotining tuzilishini o‗zgartirib yubordi. Kommonsning ―Boylik taqsimoti‖ (1893) nomli birinchi kitobi yaxshi kutib olinmagan edi. Tanqidchilar bu kitobni uning o‗z ijtimoiy fikrlariga ilmiy asos solishga bo‗lgan qoniqtirmas urinishi, deydi. Lekin Kommons hali mavjud mulkchilik, mustaqil tashkilot, jamiyat tuzilishini inqilobiy o‗zgartirishga urinmayotgan edi. Viskonsinda Kommons ishlagan yillar davomida (1904-1932) akademiklar va siyosatchilar o‗rtasida, keyinchalik Franklin Ruzvelt ―Yangi Taqsimot‖ da eslab o‗tadigan, bugungi kunda odatiy ko‗p ishlatiladigan aloqa rivojlandi. Viskonsin hukumati Madisondagi fakultetni yangi fikrlar o‗chog‗i bo‗lishi, qonunlar loyihalarini yozish va tayinlangan komissiya a‘zolari uchun erkin ishlatishga berib qo‗ydi. Kommonsning hayotini o‗rganar ekanmiz u Viskonsda bo‗lgan ko‗p vaqtini loyihalar tuzish, ularni tatbiq etish va ijtimoiy qonunlar tuzishga yordam berish bilan o‗tkazganligiga guvoh bo‗lamiz. Bu urinishlarda ko‗zga ko‗rinadigan namunalar shakllandi. Kommons masalani, ba‘zida talabalarga yordam sifatida atroflicha o‗rganar edi. Va keyin muammoni iqtisodiyotda qabul qilingan har qanday qonunlardan ta‘sir ko‗radigan va ilg‗or biznes yoki mehnat boshliqlaridan ruhlanadiganlar bilan muhokama qilardi. Yangi taqsimotdan o‗rin olgan ijtimoiy qonunchilik- larning g‗oyalari Viskonsindan olinganligiga aniq asos yo‗q. Lekin Madisonda shug‗ullanayotganlarning ko‗pchiligi 1932-yilda Vashing- tonga ketganligi aniq faktligi tasdiqlangan. Kommons merosi Kommons ―farovon davlat tomon harakat asoschisi‖ 61 deb ta‘riflab kelingan. Madisonga kelganidan bir yil o‗tib u gubernator La Foletga 61 Kenneth Boulding, ―A New Look at Institutionalism,‖ American Economic Review, 48 (May 1957), p. 7. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling