O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Jon A. Hobson 
 
Angliya tartibga solinmagan bozorlar jamiyat farovonligini eng 
yuqori darajada ta‘minlaydi, degan asosiy ta‘limoti bilan ortodoksal 
nazariya qo‗rg‗oni bo‗lib kelgan bo‗lsada, lekin bu yerda unga qarshi 
chiquvchilar ham bor edi. Bu ta‘limotga eng katta ta‘sir ko‗rsatgan Jon 
A. Hobson (1858-1940) ning noortodoksal fikrlari hozirgi farovon 
Angliyaga ma‘naviy turtki bo‗ldi. Hobsonning akademik faoliyati 
birinchi kitobini nashrdan chiqarganidan so‗ng tez orada yakuniga yetdi. 
Bunga uning kitobidagi ―kitobimni o‗qigan iqtisodiyot professori uni yer 
qattiqligini o‗lchash uchun sinab ko‗radi‖
67
degan fikrlari sabab bo‗ldi. 
Mustaqil faoliyat uni ortodoksal nazariyaga yana va yana qarshilik 
qilishga undadi, u qirqqa yaqin kitoblar va katta maqolalar nashr qildi. 
Keyns Umumiy nazariyada Hobsonni maqtaguniga qadar uning ishlari 
akademik doirada yaxshi kutib olinmasdi. Shunday qilib sof nazariyada 
Hobsonning ta‘siri sezilarsiz bo‗ldi, u ingliz iqtisodiy siyosatini 
shakllantirishda muhim ta‘sir ko‗rsatdi. Hobson ham boshqa ko‗plab 
noortodoksal iqtisodchilar kabi ortodoksal nazariyaning kamchiliklarini 
ko‗ra olar va ularni ta‘riflardi, lekin amaldagi ta‘limotni ag‗darishga 
yetadigan yangi ta‘limot yaratishga qodir emas edi.
Provard natijada Hobsonning noortodoksal nazariyasi amaldagi 
aralashmaslik siyosatini ma‘qullashga qarshi chiqdi, chunki bozorlar 
ijtimoiy farovonlikni ta‘minlash uchun yetarli edi.
Hobson o‗sha davr ingliz iqtisodinng amal qilinayotgan uchta 
xatosini topdi. Birinchisi, doimiy haddan ortiq zaxiralash yoki iste‘mol 
tufayli to‗liq ish bilan ta‘minlanmaganlik. Ikkinchisi, foydaning yuqori 
67
John A. Hobson, Confessions of an Economic Heretic (New York: Maxmillan, 1938), p. 30.


266 
daromadli oilalar o‗rtasida ularning yuqori savdo kuchlari sababidan 
nohaq 
taqsimlash. 
Uchinchisi, 
moliyaviy 
foydaga 
yo‗nalgan 
boshlang‗ich qiymat tizimlari uchun bozorlar ijtimoiy narx va ijtimoiy 
foydani yaxshi belgilay olmasligidadir. Shunga qaramasdan ortodoksal 
fikrlovchilar iqtisodiyotda muvozanatni topishdi va bu muvozanatni 
ko‗rsatib beruvchi ta‘limotlarni yaratishdi. Hobson aralashmaslik 
iqtisodiyotining salbiy ta‘sirlarini taxmin qildi va mavjud sanoat 
jamiyatining xatolarini tuzatuvchi nazariy tuzilma yaratishga harakat 
qildi. Hobson agarda jamiyatning maqsadi aniq qilinganda iqtisodiy 
nazariya jamiyatni ―yaxshi hayot‖ga erishishga ishontirishi mumkin, deb 
hisoblaydi.
U Jon Nevill Keynsning biz farqlashimiz mumkin bo‗lgan nima 
mavjud va u nima bo‗lishi mumkin, degan nuqtayi nazariga va 
ortodoksal nazariyaning nima mavudligini tahlil qilishdagi cheklangan 
harakatlariga e‘tibor qaratdi. Hobson uchun iqtisodiy nazariya jamiyatga 
―majburiyatlarini‖ ko‗rsatib bera olganligidan rostdan ham foydali edi. 
Ortodoksal nazariya tomonidan amalga oshirilgan normativ-ijobiy 
bo‗linish ilojsiz edi, chunki undagi dalillar etikal va iqtisodiy edi. 
Hobsonnnig 
ortodoksal 
nazariyaga 
bo‗lgan 
qarshiligi 
uning 
hammualliflikda yaratgan kitobida boshlangan edi.
Biz Adam Smit davridan buyon butun iqtisodiyot o‗qitish asosida 
turgan xulosaga keldik, chunonchi yillik ishlab chiqarish miqdorini 
Tabiiy vakillar, Kapital va Mehnat agregatlari yordamida aniqlash 
mumkinligi yolg‗on, aksincha, ishlab chiqarilgan mahsulot agregatlar 
tomonidan qabul qilingan limitlardan ancha past. Bu mahsuotni haddan 
ortiq to‗plash va haddan ortiq ko‗p yetkazib berish natijasida ortga 
suriladi
68
.
Bahs-munozaraga sabab bo‗lgan yana bir narsa Hobson va uning 
hamkasbi A.F.Mameri ortodoksal nazariyani to‗plash oxir-oqibatda 
xuddi investitsiya kabi foydaga olib keladi, degan fikrlarga 
qo‗shilishlaridir.
Hobson daromadning taqsimlanishi haqida ko‗p yozgan. Marjinal 
unumdorlik nazariyasini rad etdi. Marjinal mahsulotlarni alohida omillar 
uchun hisoblashning imkoni yo‗q edi. Ishlab chiqarishning turli xil 
omillariga to‗lovlar amaliy jihatdan uch qismga bo‗linadi: 1) omilning 
o‗zini moddiy qo‗llash imkoni uchun to‗lov, 2) miqdor va unumdorlikda 
68
A. F. Mummery and J. A. Hobson, The Physiology of Industry (New York: Kelley and Millman, 1956), 
p. vi.


267 
omillar o‗sishiga izn berishga to‗lov, 3) yaxshilash va tuzatish uchun 
to‗lov. Hobson ularni ―foydasiz narsa‖ deb atagan. Zamonaviy sanoat 
iqtisodiyoti ishlab chiqarish hajmini namoyon qiladi. Turli omillarni 
tuzatish uchun to‗lovlar yetarliligiga qaraganda u ko‗proq bozor 
baholash omillarining kelishuv jarayoni, u qaysi omillar foydasiz 
narsalarni qabul qilishini aniqlaydi. Hobson yer samarasiz narsalarni 
qabul qilishini tasdiqladi, bunga uning tabiiy tanqisligi sabab bo‗ladi. 
Chunki uning bosh kelishuv imkoniyati va sun‘iy tanqisligini monopol 
kuchlar keltirib chiqargan. Daromadning tengroq bo‗lishi, ishchilar 
uchun yagona balandroq maoshlar berish, faqatgina maoshnigina emas, 
balki ishchilar ish unumdorligini ham oshirish kerak. Shuningdek, 
yaxshiroq tenglik iste‘molni o‗stirib, tejamkorlikni kamaytiradi. Bu 
orqali iqtisodiyot tushkunlikning oldini oladi. 
Hobson bu fikrida ortodoksal nazariyaga qarshi holatiga asoslanib, 
mamnun bo‗lmadi. U qiymat tizimining ortodoksal nazariyadagi 
ma‘nosiga asosiy va keskin qarshi fikr bildirishni davom ettirdi. 
Hobsonning fikriga ko‗ra ortodoksal nazariya noto‗g‗ri yondashuvga 
ega. 
Hobson biz qiymatlarda ifodalangan narxlardan farq qiluvchi inson 
qiymatlarini va bozor narxlari kabi bir xil bo‗lmagan inson foydasini 
ham hisoblashimiz kerak, deb ta‘kidlaydi. Bu tahlilarda Hobson 
zamonaviy ijtimoiy yordam nazariyasini iqtisodiyotni bilmagandek 
qabul qiladi, ta‘minlash-qiymat tomoniga ham, talab-foyda tomoniga 
ham murojaat qilingan. Uning talab qismi tahlillari Veblenning asarlari 
ta‘sirida bo‗lgan; u ko‗zga ko‗ringan iste‘mollar va sotuvchilik san‘atini 
zamonaviy iqtisodiyotda sinab ko‗rish orqali behuda sarflash paydo 
bo‗lishini ko‗rsatib bergan. Hobsonning yechimi hukumat aralashmaslik 
soyosati yondashuvini yo‗q qilgan va foyda zamonaviy iqtisodiyot 
tabiatining mo‗ljali bo‗ldi. ―Sanoatimiz me‘yoriy jarayonlarida to‗g‗ri 
yo‗nalgan ijtimoiy nazoratni shaxsiy foyda qidirish omili o‗rniga 
ishlatish ijtimoiy qayta qurishning har qanday sog‗lom tizimida muhim 
hisoblanadi‖
69

Hobsonning bu qisqacha fikri uning ortodoksal nazariyaga qarshi 
bildirgan kuchli fikridan biroz ko‗proq edi. U Sayning qonunini rad etdi. 
Bo‗linishning ortodoksal nazariyasiga e‘tiroz bildirdi, ijtimoiy 
69
John A. Hobson, Work and Wealth (New York: Maxmillan, 1914), p. 293. 


268 
yordamning talabga javob bermaydigan me‘yori uchun qiymat tizimini 
tashkil etdi, ortodoksal nazariyaning me‘yoriy-pozitiv bo‗lishini ham rad 
etdi, axloqiy muhokama qilishni iqtisodiy tahlil qilishga qo‗shishni taklif 
qildi. Jamiyatda foyda omili salbiy natijalarga egaligini ko‗rsatib berdi 
va yuqoridagilarning hammasini aralashmaslik siyosati yakuni sifatida 
ko‗rsatdi. U ko‗plab asosiy noortodoksal mutafakkirlarning qismatini 
boshidan o‗tkazdi: u ortdoksallar tomonidan nazorat qilingan akademik 
jamiyatda qo‗lga kiritgan xizmatlariga befarq emasdi. Uning g‗oyalari 
yaxshilab ko‗rib chiqilmasdan rad etildi.
Keyinchalik Keyns Sey qonunini rad etganidan so‗ng u ortodoksal 
pozitsiadan ketdi, uning rivojlanishiga muvofiq ravishda Hobson ham 
o‗zgardi. 1936-yilda u Hobsonning Sanoat psixologiyasi asarini 
maqtadi. Bu kitob yaqin ellik yillar ichidagi birinchi va ko‗p jildli 
kitoblarning eng ahamiyatlisi edi. U ortodoksal guruh a‘zolariga qarshi 
g‗ayrat va dadillik bilan kurashishga harakat qildi. Mister Hobson 
harakatdan charchamadi, lekin bu baribir foydasiz bo‗ldi. U mukammal 
bo‗lishiga qaramay bugun unutilgan, mohiyatan bu kitobni nashr qilish 
iqtisodiy fikrlardagi bir davrdir
70
. Keyns e‘tiroz bildirishni davom 
ettirdi, u Hobsonni talabga javob bermaydigan iste‘mol nazariya-
chilarining noortodoksal iqtisodchilarining muhim guruhiga tegishli deb 
ta‘kidladi. 
Ko‗plab noortodoksal yozuvchilar qatori Hobsonning ichki 
mohiyatni tushunishi uni barqaror boshqarmadi. Shunday qilib hozirgi 
ortodoksal nazariyada Hobsonga tegishli ko‗zga tashlanadigan muhim 
jihat yo‗q. U ortodoksal iqtisodchilar gilam ostini supurishni 
rejalashtirgani kabi muammolarni namoyish qildi. Va nihoyat, bu 
muammolar aytilganda Hobson fikrlari e‘tiborga olinmay, iqtisodchilar 
tomonidan boshqa yechim taklif etildi. Shunga qaramay Hobson 
Britaniya iqtisodiy siyosatiga muhim ta‘sir ko‗rsatdi, uning g‗oyalari 
Mehnat partiyasiga ruhiy ta‘sir ko‗rsatishda ustunlik qila boshladi. 
Sanoatni ijtimoiy nazorat qilishi va barcha xizmat dasturlari bilan birga 
II jahon urushi davrida Britaniya Mehnat partiyasining dasturiga Jon A. 
Hobsonning iqtisodiyot fani manba sifatida olindi
71

70
J. M. Keynes, The General Theory of Employment, Interest, and Money (London: Maxmillan, 1936), 
pp. 364-365.
71
―History of Economic Thought‖ Harry Landreth, David C. Colander. 338-367 б. 


269 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling