O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Jon Kennet Gelbreyt
(1909-2006) 270 T.Veblen o‗z nazariyasida – texnokratiya jamiyatda oldingi qatorlarda bo‗lishi kerak, deb aytgan bo‗lsa, J.K. Gelbreyt esa, u amalga oshirildi, deb tasdiqlaydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining barcha eng muhim hodisalarini J.K.Gelbreyt zamonaviy texnika taraqqiyotining to‗g‗ridan to‗g‗ri va bevosita natijasi, deb tushuntiradi. Texnika va texnologiya uning fikriga ko‗ra hozirgi zamon kapitalizmi uchun xarakterli bo‗lgan yangi iqtisodiy belgilarni vujudga keltiradi. Ulardan eng muhimi rejalashtirishdir. Korporatsiyalarni boshqaruvchi texnostruktura ularning ish faoliyatini bir necha yil oldinga rejalashtiradi. Rejalashtirish va bitimlar tizimi (xomashyo, asbob-ukunalar, ilmiy va konstruktorlik ishlanmalarini yetkazib berish bo‗yicha) barqarorlikni keltirib chiqaradi, raqobatni esa bartaraf etadi. Chunki reja raqobat bilan unchalik «chiqisha olmaydi». Shuning uchun hozirgi zamon iqtisodiyotida muttasil va har tomonlama korporatsiyalararo shartnomalar tuzuladiki, ular bozorning boshqarilib turilishini, barqaror bo‗lishini ta‘minlaydi. Stixiyali bozor va erkin raqobat faqat darsliklarda qolib ketadi, zamonaviy rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti esa, uzoq muddatli rejalashtirish asosida texnostruktura bilan boshqarilib turiladi. J.K. Gelbreyt o‗zining keyingi asarlarida texnostrukturaga nisbatan tanqidiy fikrlarni bildirgan. U texnostrukturani «bozor tizimini» ekspluatatsiya qilishda (mayda va o‗rta biznesni), davlat amaldorlari bilan qo‗shilib ketishda, qurollanish ketidan quvishda, tabiiy resurslardan foydalanishdagi isrofgarchilikda, bozorga ta‘sir ko‗rsatishning monopolistik uslublarini qo‗llashda aybladi. Yirik korporatsiyalar davlat mashinasi bilan uzviy bog‗langan va undan naf ko‗radi: qulay buyurtmalarni va soliq imtiyozlarini oladi, raqobat kurashida siyosiy mexanizmlardan foydalanadi. J.K. Gelbreyt davlat va jamiyat tomonidan texnostruktura faoliyati tartibga solinib turilishini qayd qilib o‗tadi. U shuningdek, mayda va o‗rta tadbirkorlikni va ijtimoiy texnostrukturani (uy-joy qurilishini, ijtimoiy transportni, tibbiy xizmatni, qishloq xo‗jaligini, san‘atni) davlatning qo‗llab-quvvatlashini talab qilib chiqdi. «Bozor tizimida» bahoni va ish haqini bevosita tartiblash uning fikricha, tadbirkorlarda va ishchilarda kelgusidagi baho va daromadlarga bo‗lgan ishonchini uyg‗otadi. Bu ishlab chiqarish va xususiy investitsiyalarning barqarorlashuviga olib keladi. Davlatning aralashuvi, 271 eng avvalo, «bozor tizimi» zarar ko‗radigan inflyatsiyani to‗xtatish uchun ham zarur. Hukumat korporatsiyalar bilan nufuzli kasaba uyushmalarining o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish jarayoniga aralashuvi va yirik biznesdagi baho va mehnat haqi darajasini bevosita nazorat qilib turishi kerak. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling