O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
v) «Xalq kapitalizmi»
Ikkinchi Jahon urushidan keyin institutsionistlar o‗zlari oldin taklif qilgan «boshqaruvchilar inqilobi» va «jamoa kapitalizmi» konsepsiyalarini davom ettirdilar. Mazkur konsepsiyaga binoan hozirgi zamon g‗arb mamlakatlarida hokimiyat ayrim shaxslar qo‗lida emas, balki jamoalar, eng avvalo, texnokratlar va menejerlar qo‗lida bo‗ladi. Bu mulkning juda ko‗p mayda aksionerlar o‗rtasida bo‗linib ketishi bilan va ishlab chiqarish jarayonining qiyinlashishi bilan bog‗liq. Institutsionalistlar tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy fandagi boshqa yo‗nalish – iqtisodiy rivojlanish nazariyasidir. Bunda asosiy e‘tibor iqtisodiy o‗sishning texnikaviy-xo‗jalik omillari (texnikaning rivoj- lanish darajasi, ijtimoiy mahsulotdagi investitsiyalar ulushi va b.)ga qaratilgan. XX asrning 40-yillari «xalq kapitalizmi» konsepsiyasi shakllandi, unda XIX asr oxiridan boshlab kapitalistik tizimda yuz bergan o‗zgarishlar qayd etiladi. Yirik korporatsiyalar va davlat tomonidan bozorning tartibga solinib turilishi bozordagi beqarorlikni va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini bartaraf etishga imkon beradi. Aksiyalarning keng tarzda tarqalishi yollanma ishchilarni kapital egalariga aylantiradi, bu hol asta-sekin kapitalistlar bilan yollanma ishchilar o‗rtasidagi qarama-qarshilikka barham beradi. Davlatning faol qayta taqsimlash siyosati, keng aholi qatlamining mulkchilikda va kichik biznesda qatnashishi, yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlari tufayli umumiy farovonlik darajasining oshishi – bular hammasi ijtimoiy guruhlar o‗rtasidagi tafovutni yo‗qotadi, sinfiy ixtilof asosini bartaraf etadi. Mazkur o‗zgarishlar jamiyatning ijtimoiy-psixologik holatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi va iqtisodiy rivojlanishga imkoniyat yaratib berdi. Bu xususida R.Xeylbruner tasdiqlaganidek: «kapitalizm yangi tizim tufayli ancha diqqatga sazovor va hech qachon boshidan kechirmagan uzoq muddatli iqtisodiy o‗sish yo‗liga o‗tdi… Ushbu tizim tufayli sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholining keng qatlamini o‗z ichiga olgan mislsiz gullab-yashnash qo‗lga kiritildi». Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling