O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIII BOB. NEOLIBERALIZM VA IJTIMOIY BOZOR XO„JALIGI 13.1. Neoliberalizm konsepsiyasi
Muhokama uchun savollar
1. Institutsionalizm paydo bo‗lishining tarixiy-iqtisodiy shart- sharoitlari. 2. Nega institutsionalizm neoklassik nazariyaga muqobil hisoblanadi? 3. ―Institutlar‖, deganda nimani tushunasiz? 4. T.Veblenning ―bekorchi sinf‖ nazariyasidagi asosiy g‗oyalar nimalardan iborat? 5. U.Mitchellning iqtisodiy sikl nazariyasining o‗ziga xosligi nimada? 6. J.Gelbreytning ―texnostruktura‖ nazariyasining o‗ziga xosligi nimada? 7. Konvergensiya nazariyasini hozirgi zamonga bog‗lab tushuntiring. 8. ―Industrial jamiyatdan keyngi jamiyat‖ konsepsiyasidagi asosiy g‗oya nimaga qaratilgan? 275 XIII BOB. NEOLIBERALIZM VA IJTIMOIY BOZOR XO„JALIGI 13.1. Neoliberalizm konsepsiyasi Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davrida tovarli iqtisodiyotning o‗ziga xosligini aks ettirganligidir. Liberalizm iqtisodiy siyosat sifatida erkin tadbirkorlik tizimini xo‗jalikni tashkil etishning ancha qulay shakli, deb qaragan. Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlash va foydalanishni ta‘minlaydigan yagona tartiblovchi mexanizm hisoblangan, davlat esa, ba‘zi bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit bo‗yicha ―tungi qorovul‖). XX asrning 30-yillari o‗rtalariga kelib keynschilikning rivoj- lanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo‗nalish inqirozi namoyon bo‗la boshladi. Uning natijasida: bir guruh iqtisodchilar o‗zlarining qarashlaridan voz kechgan holda keynschilikka qo‗shilib ketdi va bu yangi ta‘limotni ancha to‗g‗ri, deb hisoblashdi; ikkinchi guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida davlatning xarakteri, o‗rni va roli to‗g‗risidagi o‗z qarashlarini himoya qildi va ularni qayta o‗zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil etishdi. Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal konsepsiyasining asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va ularning amaliyotda amal qilishi ko‗rsatib berildi, neoliberalizm oqimi va maktabi shakllantirildi, shuningdek, mazkur konsepsiyaning mohiyati va mazmuni to‗g‗risida bir butun tushunchalar yaratildi. Neoliberalizm: xususiyati va asosiy belgilari. Neoliberalizm, bozor munosabatlari tizimi xo‗jalik yuritishning ancha samarali shakli ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o‗sish uchun eng qulay shart- sharoitlarni yaratib berishi to‗g‗risidagi qoidaga asoslanadi. Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo‗jalik tuzilmalarining yetakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi. Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni boshqarib boradigan, lekin o‗yinda ishtirok etishga haqqi bo‗lmagan hakamga o‗xshatadi. 276 Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal konsepsiyasi vakillari L.Erxardning – ―mumkin bo‗lgan barcha joyda – raqobat, qayerda zarur bo‗lsa o‗sha yerda – tartiblash‖ qoidasiga amal qilgan holda, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish va iqtisodiyotdagi nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida tadbirkorlarning erkin va barqaror amal qilishga ko‗maklash zarurligini isbotlab berdi. Neoliberalizmning asosiy belgilari: – bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini E‘tirof etgach, neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilishni nazorat qilish bo‗yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin, deb hisoblaydi; – zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta‘minlashda iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo‗llab-quvvatlaydi; – monopoliyani milliy xo‗jalikning har tomonlama rivojlanish yo‗lidagi to‗siq, deb e‘lon qiladi va iqtisodiyotdagi monopol moyillik bilan kurashning zarurligini asoslab beradi; – o‗zini keynschilikka va xo‗jalik hayotiga faol aralashuv tamoyiliga asoslangan totalitarizmga qarshi raqib, deb hisoblaydi. XX asrning 30-yillaridayoq erkin raqobat tizimini cheklovchi iqtisodiyotni davlat tartiblashining keynschilik g‗oyalariga qarshi davlatning iqtisodiyotga aralashuvining muqobil neoliberal chora- tadbirlari turli mamlakatlarda ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi zamon sharoitida ―neoliberallar‖ nomi bilan ataluvchi bir qancha maktablar amal qiladi. Unga Chikago (M.Fridman), London (F.Xayek), Frayburg (V.Oyken, L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin. “Ordoliberalizm” nima? Ikkinchi Jahon urushidan keyin neoliberalizm g‗oyalari eng avvalo, G‗arbiy Germaniya amaliyotida muvaffaqiyatli qo‗llanila boshladi. Bu yerda 1948-yildan neoliberalizm Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. O‗sha yili V.Oykenning muharrirligi ostida xo‗jalik va ijtimoiy tuzum to‗g‗risidagi neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni ―Ordo‖ nomi bilan chop etildi. V.Oyken ishlatgan ―Ordo‖ so‗zi ―Tabiiy tuzum ... erkin bozor xo‗jaligi‖ tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi ―Oyken maktabi‖ ta‘sirida hatto ―ordoliberalizm‖ deb atala boshladi.\ Ordoliberal konsepsiyasi asosida ―ijtimoiy bozor xo‗jaligi‖ konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqqan iqtisodchi professorlar Alfred Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, Vilgelm Repke va Lyudvig Erxardlar hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling