O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
Qiyosiy ustunlik 
Xalqaro savdoga doir qiyosiy ustunlik nazariyasi Rikardoning 
naqadar donishmand ekanligini namoyon etdi. Mazkur nazariya orqali u 
erkin savdoning shart-sharoitlarini yengillashtirdi, Adam Smitning 
xalqaro chegaralardan tovarlar o‗tishidan olinadigan samara tahlilini 
kengaytirdi. Agar A mamlakati B mamlakatiga nisbatan arzonroq tovar 
ishlab chiqarsa, B mamlakati esa boshqa tovarni A mamlakatga 
qaraganda arzonroq ishlab chiqarsa, ikkala mamlakat ham hududiy 
ixtisoslashuv va savdo orqali samara olishi mumkin.
Xalqaro savdo terminologiyasi bilan aytganda, agar bir mamlakat 
biron-bir tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‗lsa, 
boshqa mamlakat esa boshqa tovarni ishlab chiqarishda mutlaq 
ustunlikkga ega bo‗lsa, ularning har biri tovar ixtisoslashuvi orqali 
boshqalarga qaraganda arzon narxda ishlab chiqarib, samara olishlari 
mumkin. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixchilari qiyosiy ustunlik nazariyasi 
asoschisining nomini aytishda bir to‗xtamga kelganlari yo‗q. Asosiy 
nomzodlar ichida Rikardo, Robert Torrens (1780- 1864) va Djeyms Mill 


292 
(1773-1836)lar joy olganlar. Qanday bo‗lmasin bu Rikardoning keyingi 
iqtisodiy ta‘limotlarga ta‘sir ko‗rsatgan qarashlaridan biri edi. 
Mutlaq ustunlik 
Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasini davom ettirishdan avval, 
ikki mamlakat va ikki tovar asos qilib olingan xalqaro savdo modelini 
ko‗rib chiqamiz, bunda har bir mamlakatda tovarlardan bittasini ishlab 
chiqarishda mutlaq ustunlik bo‗ladi. 14.1-jadvaldagi ma‘lumotlarga 
ko‗ra Angliya Portugaliyaga nisbatan mato ishlab chiqarishda mutlaq 
ustunlikka ega. Ma‘lumotlar bu ustunlikni mahsulot hajmi bo‗yicha 
ifodalab berayapti, lekin bu ustunlikni qiymat jihatdan ham ko‗rib 
chiqish mumkin. Shunday qilib, mehnat vaqti birligida o‗lchangan mato 
ishlab chiqarish qiymati Portugaliyaga nisbatan Angliyada kam 
chiqayapti. Xalqaro savdoni amalga oshirish mumkinligini ko‗rsatish 
uchun eng avvalo, bu ikki mamlakat ushbu savdodan foyda olishi 
muqarrarligini ko‗rsatish zarur. Vino va matoni yalpi ishlab chiqarish 
ixtisoslashuv asosida ko‗payadigan bo‗lsa va bunda ikkala mamlakatga 
ham naf keltira oladigan vino va mato xalqaro narxlariga va savdo 
sharoitlariga erishiladigan bo‗lsa, xalqaro savdo uchun asos vujudga 
keladi. 
14.1 jadval 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling