O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Qiyosiy ustunlik Smit ham, Rikardo ham mamlakatlarda mutlaq ustunlik bo‗lganda xalqaro ixtisoslashuv va savdoning afzalliklarini tan olishgan, lekin bir mamlakat barcha tovarlarni ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka ega bo‗lsa, unda nima bo‗ladi? Keling, misolimizni o‗zgartiramiz, faraz qilaylik Angliyada unumdorlik uch baravarga oshdi va buning natijasida mehnat birligiga to‗g‗ri keladigan mahsulotlar hajmi 14.2- jadvalda ko‗rsatilgan. Endi Angliya sanoatining ikkala tarmog‗i ham Portugaliyaga ko‗ra ancha unumdor; mos ravishda, mehnat vaqti bilan o‗lchanayotgan ishlab chiqarish sarflari ikkala tovar uchun ham Angliyada kam. Qiyosiy ustunlikning argumentlari 14.2-jadvaldagi ma‘lumotlar savdo har ikkala mamlakat uchun ham foydali ekanligini namoyish etmoqda. Vaholanki, Angliya ikkala tovarni ishlab chiqarishda ham mutlaq ustunlikka ega, bu mutlaq ustunlik emas, balki xalqaro savdo foydali bo‗la olishini aniqlab beradigan o‗ta muhim hisoblangan qiyosiy ustunlikdir. Ushbu misolda Angliya mato ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega, Portugaliya bo‗lsa vino ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega. Qiyosiy ustunlik har bir 294 iqtisodiyotda nisbiy unumdorlikni tadqiq qilish asosida aniqlanadi. Angliyaning matodagi qiyosiy ustunligini – Angliyada har bir qo‗shimcha metr matoni ishlab chiqarish 2 litr vinoning yo‗qotilishini bildiradi, xuddi shunday Portugaliyada 8 litr vinoga aynan shuncha metr matoni olish uchun xarajatlar talab qilinadi. Portugaliyaning vino ishlab chiqarishdagi qiyosiy ustunligi shunda ko‗rinadiki, Portugaliyada 1/8 metr matoning yo‗qotilishi bir litr vinoni beradi, Angliya bo‗lsa bir litr vinoni ishlab chiqarish uchun 1/2 metr matodan voz kechishi kerak. 14.2 jadval Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling