O„zbekiston respublikasi


 Qiyosiy ustunlik nazariyasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

14.2. Qiyosiy ustunlik nazariyasi 
A.Smitdan farqli o‗laroq, David Rikardo mamlakatlar o‗rtasidagi 
tovar ayirboshlashda mutlaq xarajatlardagi farq muhim emas, deb 
hisobladi. Yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek xarajatlarda mutlaq 
ustunlikka ega bo‗lmagan mamlakatlar nima qilishlari kerak? Bir qator 
misollar bilan D.Rikardo ―xarajatlardagi mutlaq ustunlik‖ mamlakatlar 
o‗rtasidagi tovar ayirboshlashning zarur sharti emasligini isbotlab berdi. 
Savdo qilayotgan mamlakatlar o‗rtasida qiyosli xarajatlar farq qilishi 
kifoya. 
Shu asosda D.Rikardo qiyosiy ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu 
nazariya butun dunyo ilm-fani va savdosida hamma tan olgan nazariya 
hisoblanadi. Mazkur nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har 
bir mamlakat o‗zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan 
xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o‗rtasidagi farqni 
qiyoslab ko‗rgan holda tashqi savdoda ishtirok etadi. Muayyan tovarni 
ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan 
qulayroq bo‗lishi mumkin. Shu bois, qiyosiy ustunlik nazariyasiga 
binoan mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan holda u yoki bu 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak. 
D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan 
miqdordagi vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab 
chiqarish uchun esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga). 
Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab chiqarish uchun 120 kishilik 
mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat sarflash 
zarur. Garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o‗zida Angliyaga 
nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo‗lsa ham, bu 
sharoitda Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap 
shundaki, resurslarni gazlama ishlab chiqarishdan Angliyaga nisbatan 
katta qiyosiy ustunlikka ega bo‗lgan vino tayyorlash tarmog‗iga 
72
―History of Economic Thought‖ Harry Landreth, David C. Colander. 108 б. 


291 
o‗tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo‗li bilan 80 kishilik mehnat 
sarflari hisobiga, ya‘ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga gazlama 
olishi mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham foydali
negaki, u o‗z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani 
sotish yo‗li bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati 
hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin 
(ya‘ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa 
ko‗rinadiki, qiyosiy ustunlik mavjud bo‗lsa, ixtisoslashuv va 
ayirboshlash ikkala mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan 
mamlakatlar o‗rtasida mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning 
ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.
Qiyosiy xarajatlar g‗oyasi – bu o‗zaro foyda ko‗rish g‗oyasidir. 
Unga ko‗ra ―... Fransiya va Portugaliyada vino tayyorlanishi, Amerika 
va Polshada don yetishtirilishi, Angliyada metall buyumlari va boshqa 
tovarlar ishlab chiqarilishi kerak‖. Lekin qiyosiy xarajatlar nazariyasida 
bir qator soddalashtirishlar mavjud bo‗lib, tashqi iqtisodiy aloqalarda 
bo‗ladigan qiyinchiliklar aks ettirilmagan. D. Rikardo modeli –bu ikki 
mamlakat o‗rtasidagi savdo modelidir. Mazkur model qiyosiy 
xarajatlarning 
o‗zgarishini, savdo qilayotgan mamlakatlarning 
unumdorlik imkoniyatlaridagi farqlarni ham hisobga olmaydi.

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling