O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Mehnat birligiga 
to„g„ri keladigan mahsulot hajmi 
Vino (litr) 
Mato (metr) 
Angliya 


Portugaliya 


Agar Angliya mehnat birligini vino sanoatidan to‗qimachilik 
sanoatiga o‗tkazsa, Portugaliya esa mehnat birligini to‗qimachilik 
sanoatidan vino sanoatiga o‗tkazsa, vino va mato ishlab chiqarishning 
umumiy hajmi ko‗payadi, vaholanki, bir vaqtning o‗zida har ikki 
iqtisodiyotda ham ishlab chiqarish bir xil mehnat sarfi asosida yuz 
beradi. Biroq Angliyada mehnat birligining vino sanoatidan ko‗chirilishi 
ishlab chiqarish hajmini 4 litrga qisqartiradi, Portugaliyada boshqa 
mehnat birligini vino sanoatida qo‗llanilishi ishlab chiqarish hajmini 8 
litrga ko‗paytiradi, shunday qilib umumiy holda jahon vino ishlab 
chiqarishi endi 4 litrga ko‗paydi. Xuddi shunday, Portugaliya mehnat 
birligining 
to‗qimachilik 
sanoatidan 
ko‗chirilishi, mato 
ishlab 


293 
chiqarishni 1 metrga kamaytiradi, Angliya sanoatiga qo‗shilgan mehnat 
birligi esa mato ishlab chiqarishni 2 metrga ko‗paytiradi va shu asosda 
matoning umumiy ishlab chiqarilishi 1 metrga oshadi. Shunday qilib, 
ikki mamlakat modeli uchun sanoat tarmoqlari o‗rtasida mehnatning 
ko‗chirilishi natijasida ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko‗payadi. 
Bizdagi keyingi muammo xalqaro savdo vositasida har ikkala 
mamlakatga foyda keltiradigan narxlarning o‗rnatilishini aniqlash 
hisoblanadi. Biz narxlarni barter sharoitida ko‗rib chiqamiz. Angliyada 1 
metr mato 2 litr vinoga teng keladi, mato narxi vinoning narxidan ikki 
barobar yuqori. Inglizlar 1 metr mato uchun 2 litrdan ortiq vino 
olsalargina, matoni vinoga almashtirishga rozi bo‗lishadi. Portugaliyada 
vino va matoga mamlakat ichidagi narxlari 8 litr vinoga 1 metr mato 
tashkil qiladi. Agar portugaliyaliklar 8 litr vinodan kamrog‗iga 1 metr 
mato oladigan bo‗lsalar, bu savdoni amalga oshirar edilar. Shu sababli 
biz vino va mato xalqaro narxlar ketma-ketligi mavjudligini hamda bu 
narxlar har ikkala mamlakatga ham naf keltirishi kerakligini hisobga 
olib, ushbu savdoda 7,9 litr vino 1 metr matoga va 2,1 litr vino 1 metr 
matoga teng narxlar oralig‗ida bo‗lganida foyda olish mumkin 
bo‗lganligi uchun mazkur narxlarni o‗rnatdik. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling