O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM
VAZIRLIGI
TURON ZARMED UNIVERSITETI
«ISH YURITISH VA XODIMLARNI BOSHQARISH»
FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: HUJJATLARNI(KLASSIFIKATSIYASI) TASNIFLANISHI
Bajardi: 4-41 IQTS-22 guruh talabasi
Azimov Hamidjon Salimovich
Tekshirdi: Ravshanova G.R.
BUXORO-2023
3
KIRISH
Hozirgi sharoitda texnikaning rivojlanishi va axborot tizimining tezligi
korxona, tashkilot va turli firmalarda ish yuritishni yaxshi yo`lga qo`yibgina
qolmay, balki uni samarali va tez yo`lga qo`yilishi ko`zda tutilmoqda.
O`zbek tili Davlat tili maqomini olgan korxona
va tashkilotlarda ish
yuritish ya’ni hujjatlar bilan ishlash o`zbek tilida olib borilmoqda. Bu esa o`z
navbatida boshqaruv xodimlarining ishlarini yengillashtirmoqda.
Respublikamizda keyingi paytlarda kompyuterlar bilan ishlash yaxshi
yo`lga qo`yilmoqda va shu bilan birga internet orqali
chet el tajribalaridan
foydalanilgan holda axborotlarni uzatish, xatlarni jo`natish,
fikr almashinish
xattoki shartnomalar tuzish ishlari ham amalga oshirilmoqda
Har qanday qarorni tayyorlanishi va uni xodimlarga yetkazilishida ham
kopyuterdan foydalanilmokda.
Bundan tashkari qarorlar, yangi qonun-
qoidalarni va shu kabi ishlarni tez yetkazish
borasida faks va zamonaviy
axborot vositalaridan unumli foydalanilmoqda. Mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan siyosatlardan biri tadbirkorlarga qulayliklar yaratishdir. Bu
qulayliklar bo`lar bo`lmas Hujjatlarni to`ldirish, ularni
tegishli shaxslarga olib
borib imzolatish va shu kabilarga chek qo’yishdan iboratdir. Tadbirkor yangi
ish yuritmoqchi bulsa turli tashkilot va firmalarga
kechayu-kunduz hisobot
berishi va ularga o`z faoliyatini maqsadini tushuntirib berish kabi ishlardan
ozod bo`lmoqda. Bu o`z navbatida korxonalarda ish yuritishni ixchamlashtirib,
samara bermoqda. Ish yuritishni takomillashtirish yo`llaridan biri - ish yuritish
xodimlari faoliyatiga ilmiy usullarni joriy qilishdir.
Hujjat tuzishni o`rgatish maxsus ta’lim tizimida eng dolzarb masaladir.
Idora xodimlarini tayyorlash va ular malakasini
oshirish kurslarini hamma
joyda tashkil qilish zarur. Kollej va oliy o`quv yurtlarida hujjat tuzishga oid
maxsus kurslar joriy etish maqsadga muvofiqdir.