O„zbekiston respublikasi
Raqobat ustunligi nazariyasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
14.6. Raqobat ustunligi nazariyasi
Hozirgi davrda xalqaro savdo nazariyasida raqobatda ustunlikka erishish, uni ushlab turish muammosi birinchi o‗rinda turadi. Jahon bozorida peshqadamlikni qo‗ldan bermaslik uchun yuqori sifatli mahsulotlarni taklif qilish va raqobatga bardosh berish qurbiga ega bo‗lish zarur. Shu narsa ayonki, hech bir mamlakat tovar va xizmatlarning barcha turlari bo‗yicha raqobatbardosh bo‗lishi mumkin emas. Hech bir mamlakat o‗zi uchun mumkin bo‗lgan raqobatdagi ustunlikni doimo saqlab turishga kafolat bera olmaydi. Raqobatdagi ustunlikka erishish ilm-fan, texnika, texnologik yangiliklar asosida qo‗lga kiritiladi va keskinlashib boradi. Alohida firmalar qo‗lga kiritilgan ustunlikni yangi texnologiyalardan foydalanish, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, ishni samarali olib borish yo‗li bilan ushlab turadi. Raqobat ustunligini ushlab turishda davlatning qo‗llab-quvvatlashi, o‗zgaruvchan va samarali tashqi siyosatning roli katta. Bunday siyosat korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va rag‗batlantirishga, qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Chet el raqobatchilari oldida ustunlikni qo‗lga kiritish va ushlab turishni korxonalar o‗zlari amalga oshirishlari kerak. Ishlab chiqarish omillariga suyangan holda jahon bozorida u yoki bu mamlakatning ustunlikni qo‗lga kiritishi o‗ziga xos xususiyatga ega. Ishlab chiqarish omillarining o‗zi borgan sari o‗zgaruvchan, ko‗chib yuruvchan bo‗lib boradi. Kapital investitsiya qilinadi va boshqa mamlakatlarga oqib o‗tadi; ishchi kuchi ish haqi ancha yuqori, mehnat sharoiti ancha yaxshi mamlakatlarga ko‗chib o‗tadi; fan-texnika yangiliklari ham eksport, ham import qilinadi. Ishlab chiqarish 308 omillarining xalqaro harakati nazariyasi o‗ziga xos xususiyatga ega. Shu bilan birga bu yerda ham xalqaro tovar va xizmatlar savdosi sohasidagi rag‗batlantirish va qonuniyatlar deyarli bir xil amal qiladi. Tashqi savdo munosabatlari va ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati konsepsiyalarida va olib borayotgan siyosatda asosiy qoidalar hisobga olinadi. Odatda, mamlakat iqtisodiyoti eksport kvotasi miqdoriga bog‗likligi nazarda tutiladi. Kichkina mamlakatlarda odatda, bunday kvota yuqori negaki, bu mamlakatlarning iqtisodiyoti tashqi savdoga ancha katta darajada bog‗liq bo‗ladi. Shu narsa ham ayonki, har qanday mamlakat milliy xo‗jaligining holati tashqi savdo va to‗lov balansini aniqlab beradi. Agar eksport importdan ancha ortib ketsa, mamlakatning to‗lov balansi tanqisligi kuchayadi, bu uni tashqaridan qarz olishga majbur etadi. Natijada bunday mamlakatning qarzlari ko‗paydi, har xil salbiy oqibatlar kuchayadi. Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, tashqi savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini bir xil baholab bo‗lmaydi. Bu yerda universal mezon amal qilmaydi. Samaradorlik va foydalilik nafaqat tashqi valyuta tushumlariga bog‗liq, balki jahon va ichki narxlar dinamikasiga, savdo operatsiyalari miqyosiga, hisob-kitob tizimiga ham bog‗liq. Tashqi savdo nazariyalari va siyosati ildizi odatda, to‗lov balansi holatiga borib taqaladi. To‗lov balansi milliy valyutaning ishonchli va barqarorligini, mamlakatning moliyaviy majburiyatlari va qarzlari bo‗yicha hisob-kitob qilish qurbiga ega ekanligini, iqtisodiy siyosat samaradorligini baholashni, tashqi iqtisodiy aloqalarning amaliy ahamiyatini ko‗rsatib beradi. Hozirgi davrda jahon savdosining xalqaro kapital harakatiga bog‗liqligi kuchayib bormoqda. Jahon kapitali oqimi tovarlar oqimidan oshib borayapti. Xalqaro kapital oqimining kuchayishi yevrovalyuta bozori va xalqaro obligatsiyalar bozorida namoyon bo‗lmoqda, bu bozorlarning ko‗lami ancha kengaymoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib shuni aytish mumkinki, samarali tashqi savdoga, uning dinamikasi va tuzilishiga ta‘sir etuvchi turli-tuman omillarning barchasini hisobga oladigan amaliyotda bironta ta‘limot amal qilmaydi. Iqtisodiy nazariyalarda tajribalar umumlashtiriladi, prinsiplar shakllantiriladi, kerakli xulosalar chiqariladi, lekin tayyor andozalar yo‗q. Hamma qabul qilgan, yagona xalqaro ayirboshlash nazariyasi amal qilmaydi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling