O„zbekiston respublikasi


Zamonaviy makroiqtisodiyot istiqbollari


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
Zamonaviy makroiqtisodiyot istiqbollari 
 
Yangi iqtisodiy nazariya rivojlanishida bu rivojlanishlarning 
ahamiyatini tushinish uchun avvalambor, Keyns makroiqtisodi 
neoklassik nazariyaga hech qachon to‗g‗ri kelmaganligini bilishi zarur. 
Bu nazariya siyosiy talabga to‗g‗ri kelgani uchun va iqtisodiy 
hodisalarni 
standart 
klassik 
nazariyaga 
qaraganda 
yaxshiroq 
tushuntirgani uchun yuzaga kelgan.
Yangi klassik revolyutsiya Keyns makroiqtisodiy nazariyasiga 
to‗g‗ri kelmagani uchun u bilan bahslashdi va makroiqtisodiy nazariyani 
mikroiqtisodiy nazariyaga bo‗ysundirishga harakat qildi. Bu qandaydir 
ma‘noda neoklassik ta‘limotning oxirgi hayqirig‗i edi va u makro-
iqtisodiy asosni bo‗shashtira oldi, lekin makroiqtisodiy nazariyani 
mikroiqtisodiy nazariyaga qayta bo‗ysundira olmadi. U uni faqatgina 
alohida bo‗laklarga bo‗lib, alohida izchil bo‗lmagan, qayerda to‗g‗ri 
kelsa ishlatiladigan modellar rivojlanishiga yo‗l qo‗yib berdi. Bunday 
o‗ziga xos sharoitda Keyns ta‘limoti klassik ta‘limotdan ko‗p farq 
qilmas edi. Ikkala nazariya ham zamonaviy iqtisodiy nazariyaning bir 
xususiyati, ya‘ni real hayotni anglashda modellarni ishlatish usulidir
80

15.2. Iqtisodiy o„sishning Xarrod - Domar modeli 
 
XX asr 50-yillarining ikkinchi yarmiga kelib iqtisodiy o‗sish 
muammosiga bo‗lgan qiziqish kuchaydi va unga bag‗ishlangan bir 
qator iqtisodchilarning (R.Xarrod, E.Domar, J.Robinson, R.Solou va 
b.) asarlari vujudga kela boshladi. Bunga xo‗jalik dinamikasini 
ko‗pincha inkor etuvchi eski klassik nazariyaning hozirgi zamon 
iqtisodiy rivojlanishning real talablariga javob bera olmasligi sabab 
80
―History of Economic Thought‖ Harry Landreth, David C. Colander. 441-442-b.


325 
bo‗ldi. Hozir yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘ati rivojlangan mamlakatlar 
uchun oddiy bir hol hisoblanadi. 
Iqtisodiy o‗sishga bo‗lgan keynschilik yondashuvi taxminan XX 
asrning 70-yillarigacha yetakchi o‗rinni egallab keldi. Ammo 1974-
1975-yillardagi krizis talabni rag‗batlantirishga asoslangan keynschilik 
yondashuvini qayta ko‗rib chiqishga majbur etdi. Endi iqtisodchilar 
keynschilik 
qoidalarini 
oydinlashtirish, 
konkretlashtirish 
bilan 
shug‗ullanishga, iqtisodiy o‗sishning yangi modellarini ishlab chiqishga 
kirishdilar. 
Tadqiqotchilar iqtisodiy o‗sish omillari o‗rtasidagi nisbatlarning 
optimalligini aniqlashni, yuqori o‗sish sur‘atini va barqaror rivojlanishni 
ta‘minlovchi shart-sharoitlarni aniqlashni o‗z oldilariga vazifa qilib 
qo‗ydilar.
Iqtisodiy o‗sish sur‘atini aniqlashning oddiy modellaridan biri 
ingliz iqtisodchisi R.F. Xarrod (1900–1978) va amerikalik iqtisodchi 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling