O„zbekiston respublikasi


Yana iqtisodiy o„sish va taklif haqida


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
Yana iqtisodiy o„sish va taklif haqida 
 
Yangi klassik nazariya makroiqtisodga sezilarli ta‘sir ko‗rsatdi, 
lekin 
ular 
o‗zining nazariyalari uchun Keyns makroiqsodiy 
nazariyasidek ko‗p isbot yig‗a olmadilar. Statistik ma‘lumotlar javob 
topish uchun yetarli emas edi. Shu nuqtada makroiqtisodchilar iqtisodiy 
sikl muammolariga e‘tibor bermay qo‗ydilar va o‗sish iqtisodiyotiga 
79
―History of Economic
Thought‖ Harry Landreth, David C. Colander. 416-423 б. 


323 
ko‗proq e‘tibor qarata boshladilar. Bu davr talabi edi, Amerika 
iqtisodiyoti 1990-yillar davomida o‗sib keldi va hech qanday iqtisodiy 
siklga duch kelmadi.
Iqtisodiy o‗sish tahlili 1950-yillarda Xarrod-Domar modeliga 
javoban shakllantirlgan Solouning o‗sish modelini qayta ko‗rib 
chiqishdan boshlandi. Bu modelga ko‗ra iqtisodiy o‗sishga erishish oson 
emas, agar omad yuz o‗girsa, iqtisodiyot depressiyaga tushib qolishi 
hech gap emas edi. Solou modeli o‗zgarmas kapital/ishchi kuchi nisbati 
farazini olib tashlash orqali bu xulosaga qarshi chiqdi. Bu modelga ko‗ra 
iqtisodiyot har doim muvozanatli iqtisodiy o‗sish darajasiga qaytadi. 
Iqtisodiyot nomuvozanatlikda emas, balki muvozanatda. Solouning 
iqtisodiy o‗sish modeli neoklassik iqtsiodiy o‗sish modeli, deb ham 
atalib, asosan taklif omiliga e‘tibor qaratdi. Ishlab chiqarish hajmini 
belgilashda talabning ta‘siri yo‗q edi. Yangi klassiklarga bu yoqar edi va 
nima uchun davlatlarning o‗sish sur‘atlari har xil bo‗lishini tushuntirish 
uchun bu modelni yanada rivojlantirdilar. 
Makroiqtisodning iqtisodiy o‗sishga o‗rg‗u berishi uning tabiatini 
ham o‗zgartirib yubordi. O‗sish modellari taklifga asoslangan modellar 
bo‗lib, ularda talabga o‗rin yo‗q edi. Shunday qilib o‗sish modellari 
e‘tibor qozonib, Keyns modellari e‘tibordan chetda qoldi. Bu o‗sish 
modellari o‗rtamiyona va keyinchalik ommabop kitoblarga kiritilgan 
sari makroiqtisodda Keyns nazariyasining roli tushib bordi, uning 
o‗rniga zamonaviy makroiqtisodiyot fanida pulning miqdoriy nazariyasi 
va o‗sish nazariyalariga ko‗proq e‘tibor qilina boshlandi. Klassik o‗sish 
nazariyasi keyinchalik iqtisodiy o‗sishning endogen nazariyasi bilan 
to‗ldirildi. Iqtisodiy o‗sishning endogen nazariyasida texnologik 
o‗zgarish tashqaridan berilgan deb emas, balki endogen, ya‘ni modeldan 
kelib chiqadi, deb qabul qilinadi. U fan-texnika taraqqiyotiga sarflangan 
investitsiyalarning tabiiy natijasi sifatida qabul qilinadi. Iqtisodiy 
o‗sishning endogen nazariyasida samaradorlikning o‗sib borishi 
Me‘yoriy unumdorlikning pasayib borishidan tezroq amalga oshadi va 
buning natijasi o‗laroq doimiy iqtisodiy o‗sishni va hech qachon 
turg‗unlikka tushmaslikni kuzatishimiz mumkin. Shunday qilib, bu 
model asosiy makroiqtisodiy oqimni pessimizmga emas, yana 
optimizmga qaytardi. 
Iqtisodiy o‗sishga e‘tibor Keyns makroiqtisodiy nazariyasini 
chetga surib qo‗ydi. Keynscha modellar ishlatilar, lekin multiplikator va 
talab siyosatining ahamiyati tushib borar edi. Inflyatsiyaga qarshi 
kurashda monetar siyosat ishlatilar, fiskal siyosat esa amaliy jihatdan 


324 
noqulay edi, amalda siyosat taklif tarafiga beriladigan imtiyozlarga 
qaratilgan edi. 
Ammo Solouning iqtisodiy o‗sish modelida ham ayrim 
muammolar mavjud bo‗lib: u statistik faktlarga to‗liq to‗g‗ri kelmas edi. 
Modelga ikki o‗zgartirish kiritish orqali bu muammolarni hal qilish 
mumkin: bu model muvofiqlashtirildi va o‗rniga texnologiyaga 
asoslangan va Smit nazariyasiga borib taqaladigan yangi o‗sish 
nazariyasi yuzaga keldi. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling