O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Y = 0,09 : 3 = 0,03. 
Boshlang‗ich iqtisodiy parametrlarni bilgach, kelajakda bo‗ladigan 
o‗sish sur‘atini prognozlashtirish mumkin. Albatta, real o‗sish sur‘ati 
bunday hisoblashdan kelib chiqadigan o‗rtacha ko‗rsatkichdan farq 
qilishi mumkin. 
Aslida iqtisodiy o‗sish biz ko‗rib chiqqan model hisobga olmagan 
boshqa omillar ta‘sirida ham shakllanadi. Haqiqatda iqtisodiy o‗sish xo‗jalik 
sikli 
fazasiga, investitsiyalarning tuzilishiga, texnika 
yutuqlaridan 
foydalanishga va boshqa omillarga bog‗liq.
Dinamikadagi iqtisodiy o‗sish qanday bo‗ladi?


328 
Agar milliy daromadda jamg‗armaning S doimiy ulushi saqlanib 
qolinsa va kapital koeffitsiyenti o‗zgarmasdan qolsa, iqtisodiy o‗sish 
sur‘ati hisoblab chiqilgan (3 foiz o‗sish) darajada bo‗lishi mumkin. 
Dinamikadagi muvozanatga erishish muammosi. Iqtisodiyotda 
mutanosib o‗sish sur‘atini ta‘minlovchi S va K ning ―Me‘yordan‖ 
(bizning misolda S = 0.09, K = 3 ) og‗ishini bartaraf etuvchi avtomatik 
mexanizm yo‗q. Kapital sig‗imi koeffitsiyenti qisqa vaqt ichida 
―Me‘yordan‖ yuqori yoki pastga og‗ishi mumkin. Ushbu 
koeffitsiyentning Me‘yorli ahamiyati to‗la ish bilan bandlik sharoitida 
bir xil, to‗la ish bilan bandlik bo‗lmagan sharoitda boshqacha bo‗ladi. 
To‗la ish bilan bandlik sharoitida kapital sig‗imi koeffitsiyenti 
ancha past bo‗ladi (K = 2,85), negaki kapital ancha to‗la va intensiv 
ishlatiladi 
va 
natijada 
asbob-uskuna, 
stanok, 
xomashyoning 
yetishmasligi kelib chiqadi. To‗la ish bilan bandlik bo‗lmaganda teskari 
vaziyat yuzaga keladi (kapital sig‗imi koeffitsiyenti K, aytaylik 3,15 ni 
tashkil etadi). 
Ziddiyat shundaki, o‗sish sur‘ati yuqori bo‗lganda uni bir oz pasaytirish 
zarurligi taqozo etilsada, kapital sig‗imi koeffitsiyenti o‗sish sur‘atini yana 
ham tezlashtirib yuboradi. Pasayish davrida esa, ishlab chiqarish quvvatlari 
yetishmasligi kuzatiladi (Y/K ko‗rsatkich pasayadi) va iqtisodiy o‗sish sur‘ati 
yana ham sekinlashadi. Demak, bozor mexanizmining o‗zi rivojlanib 
borayotgan tizimini barqarorlashtirish o‗rniga uni tebratib turadi. 
Xarrod – Domar modeli bo‗yicha, dinamikadagi muvozanat shart-
sharoitlari to‗g‗risida gapirganda, yuqorida qayd qilib o‗tilganidek, 
haqiqiy jamg‗armalar bilan taxmin qilinadigan investitsiyalarning teng 
kelishi nazarda tutiladi. U Xarrod formulasida ifodalanadi: 
Y
w

K
r
= S, 
bu yerda, Y
w

K
r
– dinamik muvozanat uchun talab qilinadigan 
miqdorlar; 
K
r
– talab qilinadigan kapital koeffitsiyenti (kapital sig‗imi) miqdori; 
Y
w
– kafolatlangan o‗sish sur‘ati. 
―Kafolatlangan‖ va haqiqiy o‗sish sur‘atlari o‗rtasidagi farqlar 
sababli - milliy daromaddagi jamg‗arma hissasining va kapital sig‗imi 
koeffitsiyentining o‗zgarib turishi ta‘sirida dinamikadagi muvozanatga 
muntazam ravishda emas, balki vaqti-vaqti bilan xato va tuzatishlar 
orqali erishiladi. 
Haqiqiy o‗sish sur‘ati – bu milliy daromadning bir yildagi real 
o‗sishi:


329 
Y = 

V / V. 
―Kafolatlangan‖ o‗sish sur‘ati milliy daromadning kutilgan o‗sish 
sur‘atiga teng bo‗lgan taqdirdagina muvozanatga erishiladi. Agar 
kutilgan sur‘at ―kafolatlangan‖ o‗sish sur‘atiga muvofiq kelmasa, unda 
haqiqiy o‗sish sur‘ati ―Me‘yordan‖ ancha chetga og‗adi. 
Bunday chetga og‗ish va beqarorlik sababli, haqiqiy o‗sish sur‘ati 
―kafolatlangan‖ o‗sish sur‘atidan doimo chetga og‗ib turadi. Shu 
sababdan Xarrod fikriga ko‗ra iqtisodiy konyunkturaning tebranib 
turishi muqarrar. 
Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ―kafolatlangan‖ o‗sish sur‘atiga, 
yangi keynschilar fikri bo‗yicha, avtomatik tarzda doimo erishib 
bo‗lmasligi sababli, ular dinamik muvozanatga erishish uchun 
iqtisodiyotni davlat tartiblab turishi zarur, deb ko‗rsatadilar. 
Barqaror o‗sish shartlari. Iqtisodiy o‗sishning keynschilikka 
asoslangan tahlilida investitsiya muammosi asosiy hisoblanadi. Xarrod-
Domar modelida ko‗zda tutilgan maqsadlardan biri ana shu tahlilni 
kengaytirishga qaratilgan. Mazkur model qisqa muddatdagi (masalan, 
bir ishlab chiqarish doirasidagi) iqtisodiy o‗sish holatini emas, balki 
uzoq davrdagi iqtisodiy o‗sish egri chizig‗i qanday bo‗lishini aniqlashga 
yordam beradi. Model doimiy, bir Me‘yordagi iqtisodiy o‗sishga 
erishish uchun qanday shartlar zarurligini ko‗rsatib berishga yordam 
beradi.
Amerika iqtisodchilarining tahlilidan bir qator shart-sharoitlarning 
zarurligi kelib chiqadi: 
– iqtisodiy o‗sish nafaqat joriy investitsiyalar darajasini va davlat 
kapital qo‗yilmalarini qo‗llab-quvvatlashni, balki ularning ko‗payishini 
taqozo etadi; investitsiyalarning ko‗payishi iqtisodiy o‗sishga undovchi 
yangi kuch sifatida qaraladi; 
– bugungi jamg‗armalar o‗simi bilan kutiladigan investitsiyalar 
o‗simi o‗rtasidagi optimal nisbatni ta‘minlash: S = i ; I ; 
– talab (investitsiyalarni rag‗batlantirish) va taklifni (barcha ishlab 
chiqarish omillaridan foydalanish va to‗la ish bilan bandlik sharoitida 
yaratilishi mumkin bo‗lgan yalpi mahsulot) doimo balanslab turish 
zarur; 
– taklifning ko‗payishi bilan talabning oshishi o‗rtasidagi tenglik 
asosiy kapitalning ko‗payishini ta‘minlovchi investitsiyalarning hal 
qiluvchi ta‘siri asosida o‗rnatiladi. 


330 
Bu yerda shu narsaga e‘tibor berish kerakki, Xarrod-Domarning bir 
omilli modeli konkret andozalarni, iqtisodiy siyosat yo‗nalishlarini 
ishlab chiqish vositasi emas, balki nazariy tahlil vositasi hisoblanadi. 
Mazkur model faqat uzoq muddatli davrdagi o‗zgaruvchan iqtisodiy 
o‗sishni muvozanatlashtirib turadigan murakkab o‗zaro aloqalarni 
tushunishga yordam beradi. Kapital sig‗imi koeffitsiyenti qancha past 
bo‗lsa, jamg‗armadan foydalanish uchun imkoniyatlar shuncha ko‗p, 
kapital elementlari shuncha samarali bo‗ladi. Yuqori kapital sig‗imi 
koeffitsiyenti va uncha yuqori bo‗lmagan jamg‗arma darajasi talab 
uchun qulay sharoit yaratib beradi, ammo o‗sish sur‘ati nuqtayi 
nazaridan noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Model mualliflari 
iqtisodiy o‗sishni tartiblab turish uchun davlat aralashuvini zarur, deb 
hisoblaydilar. Bunday aralashuv barqaror iqtisodiy o‗sish sharti 
hisoblanadi. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling