O„zbekiston respublikasi


 E.Denison: iqtisodiy o„sish «arifmetikasi»


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

15.4. E.Denison: iqtisodiy o„sish «arifmetikasi» 
Biz iqtisodiy o‗sishning bir omili, (Xarrod, Domar) va ikki omilli 
(Duglas, Kobb) modellarini ko‗rib chiqdik. Amerika iqtisodchisi 
Edvard Denison ulardan farqli o‗laroq iqtisodiy o‗sish muammosiga 
omillarni maydalashtirish va detallashtirish orqali yondashdi. U turli 
mamlakatlardagi iqtisodiy o‗sishni aniq tasavvur qilish uchun iqtisodiy 
o‗sish sur‘atiga ta‘sir etuvchi bir talay omillarning «hissasini» hisoblab 
chiqishga harakat qilgan. 
Denison G‗arbiy Yevropa, Yaponiya, AQSh mamlakatlarida o‗sish 
sur‘atlari nega bir-birlaridan keskin farq qilishini, unga ta‘sir etuvchi 
sabablarni (omillarni) aniqlashni o‗ziga maqsad qilib qo‗yadi. Bunda 
iqtisodiy o‗sishda qaysi omil birlamchi, qaysi omil ikkilamchi rol 
o‗ynashini ham tadqiq qiladi. 
Tahlil keng statistik materiallar yordamida olib borildi. 23 omil, 
jumladan, ta‘lim darajasi, professional tayyorgarlik, bilim tarqatish, 


332 
asosiy kapitalning ―yoshi‖ va boshqa omillar ta‘sirini aks ettiruvchi 
mufassal jadval tuzildi. Turli omillarning amal qilishi bir-biriga 
chirmashib ketdi. Ba‘zi omillar iqtisodiy o‗sishga to‗g‗ridan to‗g‗ri ta‘sir 
ko‗rsatsa, ba‘zilari bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. 
Amerika iqtisodchisi barcha omillarni ikki guruhga ajratadi: 
«jismoniy» (mehnat va kapital) va «unumdorlik» (texnologiya, 
joylashish, ko‗lami, ixtisoslashuv). O‗z navbatida, yiriklashtirilgan 
omillar ancha mayda shakllarga ajratiladi; masalan, kapital – uy joy, 
xalqaro aktivlar, imorat-inshootlar va asbob-uskunalarni o‗z ichiga olsa, 
mehnat esa, ishchilarning soni, jinsi, yoshi bo‗yicha tuzilishi, ta‘lim va 
ishlatilgan vaqtni o‗z ichiga oladi. Mehnatni o‗lchashda ketma-ketlik 
uslubidan foydalaniladi. Avvalo, ishlovchilarning umumiy soni keyin 
unumdorlikka ta‘sir etuvchi ishlovchilarning sifat tavsifi hisobga olinadi 
va shunga o‗xshash. 
Denisonning statistik raqam, hisob-kitob va xulosalarini aniq 
tasavvur etish uchun uning «Iqtisodiy o‗sish sur‘atidagi farqlar 
tadqiqoti» kitobida 12 mamlakat misolida alohida davrlar uchun berilgan 
tuzilgan quyidagi jadvalni ko‗rib chiqamiz. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling