O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

«Osiyo fojiasi». Atoqli shved iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi 
Gunnar Myurdal o„zining 1968-yili chop etilgan «Osiyo fojiasi» 
kitobida rivojlanayotgan mamlakatlar (Janubiy Osiyo mamlakatlari) 
iqtisodiy o‗sishini ancha chuqur tahlil qildi. Uning ko‗rsatib berishicha, 
kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o‗sish qiyinchiliklari
ko‗pchilik G‗arb mutaxassislari aytganlaridek, kapital yetishmasligida 
emas, balki 
mehnat 
resurslarining 
yetishmasligidadir. 
Mehnat 
resurslarning yetishmasligi, deganda bir vaqtda ishchi kuchining 
taqchilligi va ishchi kuchining ko‗pligi tufayli bo‗ladigan ziddiyat 
nazarda tutiladi. Bunday ziddiyatning asosiy sababi qishloq xo‗jaligining 
juda qoloqligi: eski tuzilma, kadrlar tayyorlash va ta‘limning past 
darajasi tufayli u sanoat va shaharga erkin ishchi kuchini yetkazib 
berishga qodir emas. 
Myurdal iste‘mol bilan jamg‗armani bir-biriga qarshi qo‗yish 
mumkin emasligini qayd qilib o‗tadi. Iste‘molni oshirmasdan 
rivojlanayotgan mamlakatlarda muvaffaqiyatli iqtisodiy o‗sishga erishib 
bo‗lmaydi. Nafaqat jamg‗arish Me‘yorini ko‗paytirish, balki aholining 
turmush darajasini oshirish uchun resurslarni topish, zamonaviy ishlab 
chiqarish talablariga javob beradigan ishchilarni shakllantirish uchun 
sharoit yaratish kerak. 
Myurdal davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini asoslab berdi. 
Davlat iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va texnologik qayta o‗zgarishlarni 
amalga oshirishi lozim. Myurdalning isbotlab berishicha, aholining 
o‗sishini nazorat qilish, qishloq xo‗jaligi yerlarini taqsimlash, sog‗liqni 
saqlash va ta‘lim sohalarida chuqur islohotlarni o‗tkazish zarur. 
Iqtisodiy rivojlanishning muhim shart-sharoitlaridan biri – jiddiy 
institutsional qayta o‗zgarishlarni amalga oshirish. Eskirgan odat va 
an‘analarni tugatish juda katta ahamiyatga ega. 
Myurdal kam rivojlangan mamlakatlar xo‗jaligini rivojlantirish 
uchun to‗sqinlik qilayotgan illatlarni, ya‘ni davlat apparati korrupsiyasi, 
amaldorlar va yirik kapital egalarining jamiyat manfaatlariga xilof 
ravishda o‗zlarining egoistik manfaatlarini amalga oshirishi, yuqori 
boshqaruv xodimlarining imtiyozli holatini ko‗rsatib beradi. 


337 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling