O„zbekiston respublikasi
Shumpeter va uning iqtisodiy o„sish nazariyasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Shumpeter va uning iqtisodiy o„sish nazariyasi
Shumpeter 30 yoshga yetmasdan turib, 1912-yil birinchi nashrdan chiqqan va 1934-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan ―The Theory of Economic Development‖ (Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi) kitobida o‗zining iqtisodiy o‗sish nazariyasiga asos soldi. Ushbu ajoyib tamoyil sirliligicha saqlanib qoldi, chunki u 50 yil mobaynida bozor iqtisodchilari o‗rtasida mashhur bo‗lib kelgan iqtisodiy model shakllanishi uchun asos bo‗lib xizmat qildi. Kinoyali tarzda olib qaralsa, Shumpeter gipotezaning ekonometrik asoslari iqtisodiyotda, shuningdek, raqobat muhiti mavjud va unda salbiy natijalarga erishish mumkin bo‗lgan sohalarda matematikaning qo‗llanilishi tarafdori bo‗lgan. Shumpeterning iqtisodiy o‗sish jarayoni bo‗yicha izohlari an‘anaviy qoliplarga mos tushmadi, u iqtisodiy o‗sishning noiqtisodiy sabablarini keltirib o‗tmagan. U ba‘zi muhim iqtisodiy omillarni tahlil etishiga qaramasdan, tizimdagi o‗tgan iqtisodiy o‗sishning asosiy elementlarini hamda kelajakdagi iqtisodiy o‗sishga xalal beruvchi elementlarni noiqtisodiy elementlar qatoriga kiritdi. Shumpeter asarida keltirib o‗tilgan iqtisodiy omillarning tahliliga e‘tibor qaratib o‗taylik. Umuman olganda u kapitalizm sharoitida iqtisodiy faoliyatdagi o‗zgarishlarni aniqlab, tahlil qilishiga qaramasdan, Seyning qonunini qabul qildi. Uning fikriga ko‗ra depressiya o‗zini o‗zi tartibga soluvchi jarayon sanalib, to‗la bandlik bo‗lmagan hollarda tenglik vujudga kelmaydi. Marks depressiyani biror-bir tizimda umumiy yemirilishga olib keluvchi kelishmovchiliklar asosi sifatida qabul qilgan bir sharoitlarda, Shumpeter depressiya jarayonini tizim uchun zararsiz hol sifatida E‘tirof etdi. Ular iqtisodiy o‗sish umumiy jarayonlarning ajralmas qismi ekanligini nazarda tutdi. Iqtisodiy o‗sish biror iqtisodiy davrning eng rivojlangan bosqichi sanaladi, chunki ushbu davr 318 iqtisodiyotga kiritilgan yangi mahsulot va texnologiyalardan keladigan pirovard natijalarni o‗zida aks ettiradi. Depressiyaning natijasi boshqariluvchi, samarali faoliyat olib boruvchi korxonalarni chetga surgan holda iqtisodiyotni larzaga solishda ishtirokchi bo‗lib qatnashishi sanaladi, shuningdek, ushbu jarayon sog‗lom iqtisodiyot, boshqariluvchi, samarali faoliyat yurituvchi korxonalarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beradi. Ammo Shumpeter fikricha, iqtisodiy o‗sishning asosiy elementlari noiqtisodiy omillar sanalib, jamiyatning institutsional tuzilmasida namoyon bo‗ladi. Shumpeter tadbirkorlar, deb nomlanganlarning ish faoliyatini sanoatlashgan olamda sodir bo‗lgan ulkan iqtisodiy o‗sish, deb baholagan. Tadbirkor Shumpeter fikricha, shunchaki biznesmen yoki ish boshqaruvchi emas, balki u tabiatan tavakkalchilikka qo‗l uradigan va iqtisodiyotga innovatsiyaviy mahsulotlar va texnologiyalarni olib kiruvchi noyob shaxs sanaladi. Shumpeter ixtiro va innovatsiya tushunchalariga aniq izohlar berib o‗tadi. Faqatgina kam shaxslar guruhgina, ya‘ni uzoqni ko‗ra biluvchi innovatsiyaviy biznesmenlar yangi ixtironing potensialiga ega bo‗la oladilar hamda uni o‗zlarining shaxsiy manfaatlari yo‗lida foydalanadilar. Ammo ularning manfaatlari iqtisodiyot uchun ham naf sanaladi. Tadbirkor tomonidan muvaffaqiyatli innovatsiyaning kiritilishi natijasida boshqa bir qancha biznesmenlar da‘vo bilan chiqishadi hamda yangi mahsulot va texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‗yicha yoyilishini aytib o‗tishadi. Iqtisodiyotda iqtisodiy o‗sishning haqiqiy manbayi innovatsiyaviy tadbirkorlarning faoliyatida aks ettirilib, riskka moyil bo‗lmagan tadbirkorlar jamiyati faoliyatida namoyon bo‗lmaydi. Shuning uchun iqtisodiy o‗sish tadbirkorlar faoliyatini qo‗llab- quvvatlovchi va rag‗batlantiruvchi institutsional xususiyat orqali shakllanadi; xususiy mulkchilik hamda davlatning aralashmaslik siyosati ustun bo‗lgan mamlakatlarda ilk kapitalizm ildizlari iqtisodiy o‗sishga ideal tarzda mos keladi. Bu davlatning aralashmaslik siyosati va shunga moyil bo‗lgan hukumatning muhimliligini qanchalik o‗zida aks ettrmasin, Shumpeter tahlilining mazkur qismi iqtisodiy o‗sishning klasssik nazariyasi bilan nazariy va ideologik bog‗liqlikda o‗rganiladi, ammo klasssik nazariya kapital jamg‗armasi hajmining iqtisodiy omillarini ifodalagan bir sharoitda, Shumpeter iqtisodiyotda tadbirkorlar o‗rnini tahlil etishda noiqtisodiy, madaniy va sotsiologik omillarni keltirib o‗tadi. Mazkur iqtisodiy qarashlar va bozor iqtisodiyotiga 319 asoslangan yangi klassik iqtisodiyot nuqtayi nazaridan qarashlar Shumpeter fikrlari bo‗yicha quyidagicha ko‗rsatib o‗tilgan: Bir tizimda paydo bo‗layotgan o‗zgarishlarni boshqa bir tizimda amalga oshirilgan qator o‗zgarishlar orqali amalga oshirib bo‗lmaydi. Imkon boricha pochta xodimlarini ko‗proq jalb qilingki, temir yo‗l xizmatiga hojat qolmasin 75 . Hozirgi kunga qadar ko‗pchilik kitoblardagi iqtisodiy g‗oyalar Shumpeter kuzatuvlari kelajakdagi iqtisodiy o‗sish va kapitalizmning shakllanishi haqida borganligini tasdiqlaydi. Marks kapitalizmning batamom yemirilishi qarama-qarshiliklar kelib chiqishi natijasida sodir bo‗lganligini taxmin qilgan bir davrda, Shumpeter uning tugashini muvaffaqiyat mahsuli sifatida faraz qilgan. U bezori tadbirkorlarning jasoratli amallariga asoslangan iqtisodiy o‗sishning romantik qarashlariga ega bo‗lgan ideologik konservativ iqtisodchi edi. U ushbu jarayonning davomiyligini ko‗rishni niyat qildi, shunga qaramasdan, tadbirkorning kapitalizm sharoitlarida bankrot bo‗lishini hamda jamiyatda intellektual qatlamning yuqori darajadagi o‗rnining paydo bo‗lishini kutdi. Muvaffaqiyatli tadbirkor sanoat sohasida riskdan qochuvchi, kam samara bilan ishlayotgan korxonalar o‗rtasidagi raqobat orqali g‗olib chiqqan katta korxonalar rivojlanishini qo‗llab-quvvatlaydi. Ammo katta firma tezda riskdan qochishga moyil hamda ehtiyotkor bo‗ladi va u innovatsiyaviy tadbirkorlar tomonidan emas, balki byurokratik tashkilot tomonidan boshqariladi. Shundan so‗ng byurokratik katta firma tadbirkorlarni sekin-asta yo‗q qila boshlaydi va ularning o‗rniga ―mulohazali‖ ish yurituvchilarni qo‗yadi. Yollanma ish yurituvchilar tadbirkorlarni ishga yollagan paytda, katta korxonalarga egalik qilish befarq egalik qilish hisoblanadi. Sotsializmning haqiqiy izdoshlari, – deydi Shumpeter Vanderbilt, unga da‘vat etuvchi intellektual shaxs yoki targ‗ibotchilar emas, Karnegi va Rokfellerlar esa bundan mustasno‖ 76 . Shumpeter gigant firmalar bir qancha kichik, o‗z egalari tomonidan boshqariluvchi firmalarni yo‗q qilib yuborsa, kapitalizmni siyosiy qo‗llab-quvvatlovchilarning kattagina qismi chetga chiqishiga ishondi. Shumpeterning xulosasiga ko‗ra kapitalizmning muvaffaqiyatli tomoni xususiy mulkchilikning eski tamoyillarini bartaraf etishda va u uchun kurashishning foydasizligida edi. Tadbirkor ishidan ketgan taqdirda 75 J. A. Schumpeter, The Theory of Economic Development, trans. Redvers Opie (Cambridge, Mass.: Harvard University Press, 1934), p. 64. Italicized in the original. 76 J. A. Schumpeter, Capitalism, Socialism, and Democracy, 3rd ed. (New York: Harper, 1950), p. 134. 320 yollanma ish yurituvchi va aksiyadorlar xususiy mulkchilik tamoyilini himoya qila olmay qolishadi. Ularning munosabati ishchi kuchi sinfi va jamiyat o‗rtasida keng yoyiladi. ―Oxir-oqibat bunga chidab tura oluvchi hech kim qolmaydi (nafaqat uchastka ichida, balki undan tashqarida ham).‖ 77 Bundan tashqari kapitalizmning yana bir muvaffaqiyatli tomoni kapitalist tomonidan topilgan boylik hamda daromaddagi o‗zgarishlar ―aytilgan so‗z qudrati bilan qurollangan‖ va ―amaldagi hodisalar uchun bilvosita javobgarlikka‖ ega bo‗lgan jamiyatda intellektual guruhlarning ko‗payishiga imkon yaratganligi sababli ham jarayonni tezlashtirar edi.‖ 78 Ba‘zi hollarda ular hukumat byurokratiyasining bir qismi sanaladi, ammo eng muhim tomoni shundaki, hattoki ommaviy kommunikatsiyaning yuqori darajalarda rivojlanishi orqali ular jamiyatni kapitalizm institutlaridan g‗azablanganlar hamda norozilar sinflariga ajratishadi. Shumpeter sekin-astalik bilan, ammo ishonchli tarzda yaqinlasha- yotgan sevimli tizimning barbod bo‗lishini oldindan ko‗ra bildi. Tadbirkorning yo‗q bo‗lib ketishi hamda davlat aralashmaslik siyosatining tugallanishi natijasida hukumat iqtisodiyotga yana va yana aralashishidan voqif bo‗lgan edi. Keynsga o‗xshagan ba‘zi bir iqtisodchilar mazkur ichki ishlarga aralashish siyosatini kapitsalizmni saqlab qolishning yo‗li sifatida ko‗rishdi, ammo Shumpeter buni kapitalizmning batamom yakunlanish alomati, deb bildi. ―Mulkchilik alomatlarining yo‗qolishi‖ va tadbirkorlikning tugallanishi natijasida Shumpeter oldingi iqtisodiy o‗sish uchun zamin yaratgan iqtisodiyotdagi dinamik element g‗oyib bo‗lishini bashorat qildi. Shumpeter ba‘zi tahsinlarga sazovor bo‗ldi, lekin asosiy bozor iqtisodchilaridan bunday E‘tirofga ega bo‗la olmadi. Uning norasmiy yo‗nalishi standartlashayotgan rasmiy yo‗nalish modeliga mos tushmas edi. Bu faqatgina makroiqtisodiyotning asosiy qismini tashkil etgan hamda iqtisodiy o‗sishga alohida e‘tibor qaratgan, shuningdek, iqtisodiy o‗sishning rasmiy modelini yaratib bergan 1950- yillarda R.Xarrod, E.Domar, R.Solov va T.Svan asarlarida o‗z aksini topdi. Ushbu rasmiy iqtisodiy o‗sish modellariga qiziqish 1930-yillarda sodir bo‗lgan depressiya hodisasi tufayli ahamiyatsiz bo‗lib qoldi va shundan kelib chiqib, iqtisodiy davr nazariyalariga alohida e‘tibor qaratildi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling