O„zbekiston respublikasi


Boshqariladigan valyuta nazariyasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Boshqariladigan valyuta nazariyasi
Bu nazariya 1929-1933-yillardagi xalqaro iqtisodiy krizis davrida
davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi tarafdorlarining nazariyalariga 
qarshi holatda vujudga keldi. Bunda valyuta davlat tomnidan tartibga 
solinish nazariyasi ilgari surilgan. Bu ikki yo‗nalishda mavjud bo‗lgan.


312 
Birinchi yo‗nalish – suriladigan paritet yoki boshqariladigan 
standart nazariyasi. Bu nazariya I.Fisher va J.M. Keyns tomonidan 
yaratilgan. I.Fisherning fikricha, pul birligini oltin pariteti asosida 
boshqarish pulning to‗lovga qobiliyatini barqarorlashtiradi. Keyns esa 
egiluvchan paritet tarafdori bo‗lgan. U milliy valyuta kursini tushirib 
bahoga ta‘sir o‗tkazish va shu orqali eksportni, mamlakatdagi ishlab 
chiqarish va bandlikni yaxshilash, shuningdek, tashqi bozor uchun 
kurashni taklif qilgan. 
Ikkinchi yo‗nalish – muvozanat yoki neytral valyuta kursi 
nazariyasi, bunda to‗lovga qobiliyatlilik pariteti o‗rniga milliy 
iqtisodiyot uchun mos neytral valyuta kursini o‗rnatish ilgari surilgan.
Yetakchi valyutalar nazariyasi 
Bu nazariyaning asoschilari amerikalik iqtisodchilar J.Vilyams, A. 
Xansen, ingliz iqtisodchilari R.Xoutri, F.Grexem va boshqalar 
hisoblanadi. Bu nazariyaning mohiyati quyidagilarni E‘tirof etadi: 
Valyutalarni yetakchi (dollar va funt sterling), qattiq (boshqa 
rivojlangan mamlakatlar valyutalari: Yaponiya iyeni, Shveytsariya 
franki 
va 
boshqalar) 
va 
yumshoq, 
ya‘ni xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarda aktiv bo‗lmagan valyutalarga bo‗linishi lozimligi. 
Dollarning oltinga qaraganda yetakchi roldaligi 
1) Barcha mamlakatlarning valyuta siyosatida dollarga tayanishi va 
uni rezerv valyutaligini mamlakatning milliy manfaatiga teskari bo‗lgan 
taqdirda ham qo‗llab-quvvatlashi zarurligi. 
Bretton-Vuds tizimi inqirozi dollarning yetakchiligiga bir oz bo‗lsa 
ham putur yetkazdi. Shuningdek, AQSh valyutasi ham boshqa valyutalar 
singari barqaror emasligi o‗z tasdig‗ini topdi. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling