O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Buyuk ipak yo„li
44 Xitoy, Qirg‗iziston, O‗zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Qora dengiz orqali Yevropa (Parij, Rotterdam)ga yetkazuvchi yo‗l loyihasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Endi esa, moziyga qaytib, e‘tiborni O‗rta Osiyoning Buyuk ipak yo‗li o‗rni va eksport potensialiga qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O‗zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma‘lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‗lgan. Tarixiy va hozirgi ma‘lumotlarga ko‗ra bu hudud yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o‗rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb- hunarga mehr qo‗yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyat kasb etgan. Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi hamda serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchi rol o‗ynagan. Shu sababli bilim, ilm makoni bo‗lgan kitob savdo-sotig‗i yetakchi o‗rinni egallagan. Hozirgi davrda xorijiy davlatlar kutubxonalaridan ko‗plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari topilmoqda va o‗z vatani, O‗zbekistonga qaytarilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, o‗z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo‗lining asosiy faoliyatlaridan biri bo‗lgan, demak, bu yerdan chetga ko‗plab fan va san'at asarlari chiqarilgan. Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o‗rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog‗dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo‗lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni o‗rganishgan. Tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar, savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, hajga boruvchilar, harbiy qo‗riqchilar bo‗lgan. Butun yo‗l boshidan oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o‗tilgan. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling