O„zbekiston respublikasi


 Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy fikrlar


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
2.4. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy fikrlar 
Qadimgi Yunonistonda ham iqtisodiy fikrlar yanada rivojlantirildi. 
Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus 
tadqiqot obyektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning 
zamondoshi Ksenofont (m.av. 430–355) asarlarida yaqqol ko‗rish 
mumkin. Uning ko‗p sonli asarlari ichida «Daromadlar to‗g‗risida» va 
«Ekonomikos» (xo‗jalik to‗g‗risida ta‘lim) kabi maxsus iqtisodiy 
asarlari alohida ahamiyatga ega. 
Ksenofont «Daromadlar to‗g‗risida» asarida Afina davlatining 
iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo‗lini tavsiya etadi: 
9
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 47-b. 


32 
1) xorijiy kishilardan olinadigan soliqni 
ko‗paytirish, 
ularning 
Afinaga 
kelishini 
rag‗batlantirish; 
2) kumush qazib olishni kengaytirish; 
3) qullar savdosini tashkil etish. 
Ksenofontning «Ekonomiks» asarida hamda 
uning alohida mulohazalarida quldorlik xo„jaligi 
iqtisodiyotiga xarakteristika beriladi.
Ksenofont 
qishloq 
xo‗jaligini 
xalq 
xo‗jaligining 
eng 
asosiy 
tarmog‗i, 
deb 
hisoblagan. «Qishloq xo‗jaligi rivojlansa, – deb 
yozadi u, – boshqa faoliyat turlari ham 
rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va 
quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo‗ladi». 
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixiga birinchilardan bo‗lib mehnat 
taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o‗zining 
«Kiropediya» asarida shunday yozadi:
«Kichkina shaharlarda bitta ustaning o‗zi yotoq joy, eshik, plug, stol 
yasaydi, ko‗pincha o‗sha odamning o‗zi uy ham quradi... Albatta, 
bunday har xil hunar bilan shug‗ullanuvchi odam hammasini bir xilda 
yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir 
buyumga ko‗pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli har bir ustaga o‗zini 
Ksenofont
(m.o. 430–355)
 


33 
boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko‗p joylarda o‗sha hunarning hatto bir 
qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, 
boshqasi esa – ayollarning. Ba‘zida esa odam faqat boshmoq uchun 
yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib 
berib, to‗rtinchisi esa – ularning hammasini birlashtirib tikib, hayot 
kechirish uchun haq oladi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, kim muayyan 
cheklangan ish turi bilan shug‗ullansa, o‗sha uni eng yaxshi qilib 
bajarishga qodir». 
Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya‘ni uning 
foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo‗lib tushungan 
ham 
Ksenofont 
hisoblanadi. 
Bundan 
tashqari 
natural-xo‗jalik 
konsepsiyasi tarafdori va shunga ko‗ra sudxo‗rlikka qarshi bo‗lganiga 
qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos 
bo‗lgan muomala vositasi va jamg‗arish vositasi funksiyalarini ko‗rsatib 
bergan. 
Gesiodning g‗oyalari eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlab 
og‗zaki tarzda talqin etiladi. Gesiodga taalluqli eng muhim asar 
xudolarning tug‗ulishi to‗g‗risidagi ―Teogoniya‖ asaridir. Gesiodning 
fikricha, yetishmovchilik insonning cheksiz istaklari va cheklangan 
resurslar bilan bog‗liq holatidan vujudga kelmaydi, balki bu Pandora 
tomonidan qutini ochib, chiqarib yuborilgan yovuzliklardan biridir. 
Gesiodning iqtisodiy g‗oyalari uning iqtisodiy masalalarga qiziqishni 
boshlab bergan va ikki asr davomida muhokamalarga sabab bo‗lgan 
―Ishlar va Kunlar‖ asarida berilgan. Dehqon bo‗lsada, Gesiodni 
samaradorlik muammosi qiziqtirgan. Ushbu davrda samaradorlik 
tushunchasi bir necha konteksda ishlatilgan. Samaradorlik mahsulotni 
ishlab chiqarishga sarf qilingan resursga bo‗lgan munosabati bilan 
o‗lchangan. Mavjud resurslar bilan iloji boricha eng ko‗p mahsulot 
ishlab chiqrishga erishish uchun maksimal samaradorlik qabul qilinishi 
lozim bo‗lgan. Mahsulot va resurslarning o‗lchov birliklari natural 
o‗lchamlarda (masalan, bir akr bo‗g‗doyning bushellari) yoki pul 
birliklarida (masalan, doll hisobida) ko‗rsatilishi mumkin. Hozirda 
kimdir samaradorlikka unumdorlik nuqtayi nazaridan emas, balki 
chiqimlar nuqtayi nazaridan qaraydi (masalan, bir akrdan olingan 
bo‗g‗doy bushellari qiymati yoki mahsulot birligining qiymati). 
Mahsulot miqdorini maksimal darajada oshirib, yoki chiqimlarni 
minimal darajada kamaytirib samaradorlikni oshirish mumkin. 
Ko‗pchilik fermerlar va ishlab chiqaruvchilar samaradorlikka qiziqish 
bildiradilar: albatta, qadimgi davrdan klassik davrgacha ushbu holat 


34 
davom etgan. Qadimda samaradorlik muammosi ishlab chiqaruvchining 
darajasi va xonadoniga bog‗liq bo‗lgan. Samaradorlik masalasini 
iqtisodiyot darajasida o‗rganish boshlanganida nozik va murakkab 
masalalar to‗plamiga duch kelinadi. Ushbu holatda hech kim 
unumdorlikda chiqimlarni tabiiy o‗lchovlarda o‗lchay olmasligi, hatto 
ular to‗laqonli bo‗lmasalarda pullik o‗lchamlarga o‗tganligi orqali 
yaqqol namoyon bo‗ladi. Qadimgi yozuvchilarni jamiyat miqyosidagi 
samaradorlik qiziqtirmagan, ular iqtisodiy yetishmovchilik tushunchasi 
va uning oqibatlarini amalda o‗rganmaganlar. Kelib chiqishi yunon 
(grek) tilidan olingan ―Economics‖ (Iqtisodiyot) so‗zi Ksenofontning 
―Oeconomicus‖ asarining nomidan olingan. Lekin yunonlar tomonidan 
ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish xonadon miqyosida 
boshqarishga tegishli hisoblangan. Geradot, Ksenofont va boshqa 
qadimgi yozuvchilar iqtisodiyot bo‗yicha samaradorlikning aniq 
masalalari bilan shug‗ullanmasdan ishlab chiqarish va xonadon 
miqyosida samaradorlikka tegishli bo‗lgan muammolar to‗plami bilan 
shug‗ullanganlar. Ishlab chiqarish va xonadon miqyosida samaradorlik 
to‗liq tushuncha sifatida aniqlanishidan avval iqtisodiyot fan sifatida 
anchayin taraqqiy topgan edi (bu o‗n to‗qqizinchi asr oxirida marjinal 
tahlil va differensial hisoblashdan foydalanilganidan so‗ng vujudga 
keldi). Geradotdan keyin taxminan to‗rt yuz yil o‗tib Ksenofont 
tomonidan samarali boshqarish tushunchasi Geradotga qaraganda 
kengroq tartibda rivojlantirildi va xonadon, ishlab chiqarish, harbiy va 
davlat ma‘muriyati miqyosida keng qo‗llanildi. Mazkur holat mehnat 
taqsimotini amalda qo‗llash orqali samaradorlikni mukammallashtirish 
imkoniyatini berdi. Mehnat taqsimotiga Aristotel va keyinchalik boshqa 
olimlar tomonidan ham alohida e‘tibor berildi.
10
Natural xo‗jalik konsepsiyasi yunon mutafakkiri Platonning (m.av. 
427–347) iqtisodiy qarashlari uchun ham xarakterli bo‗lgan. Bu uning 
«Davlat» va «Qonunlar» asarlarida o‗z aksini topgan. Birinchisida ideal 
davlat tuzumi loyihasi shakllantirilgan bo‗lsa, ikkinchisida real haqiqatga 
ancha yaqin davlat tasvirlangan. Platon «Davlat» asarida ideal ijtimoiy 
tuzum nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga katta hissa qo‗shdi. 
Ideal ―davlat‖da yashovchi kishilar uch toifaga ajratib ko‗rsatiladi: 
1. Faylasuflar. 
2. Harbiylar. 
3. Oddiy toifa – yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar. 
10
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b. 


35 
Bunda ijtimoiy manfaatlarni himoya qilishda oqsuyaklarning 
(faylasuflarning) roliga yuqori baho beriladi, negaki, ular boshqa bir 
toifa – harbiylar (armiya) bilan birga davlatning boshqaruv apparatini 
tashkil etgach, olimning fikriga ko‗ra butun jamiyatni boshqaradi. Bunda 
faylasuflar ham, harbiylar ham hech qanday mulkka egalik qilmaydilar 
(davlat manfaatlari yo‗lida chalg‗ib ketmaslik uchun); ularning moddiy 
ta‘minotini tekischilik tamoyili asosida davlat o‗z zimmasiga oladi. 
Barcha xo‗jalik ishlari, shu jumladan, mulkka egalik qilish, uni tasarruf 
etish ideal davlatdagi uchinchi toifa hisoblangan – yer egalari, 
savdogarlar va hunarmandlar zimmasiga yuklanadi. Qullar – erkin 
fuqarolar mulki va shuning uchun «Davlat» asari muallifi tomonidan 
ular hech bir toifaga kiritilmadi.
«Qonunlar» asarida Platon boshqa bir loyihani tavsiya etadi va unda 
davlat ta‘minotida bo‗lgan, ya‘ni yuqori toifali «fuqarolarning» moddiy 
ta‘minoti to‗g‗risidagi oldin ilgari surilgan g‗oyalar rivojlantirilgan. Bu 
yerda faylasuf tenglik tamoyilida jamiyat tuzilishining ayrim ijtimoiy-
iqtisodiy unsurlarning tavsifini boshqalardan oldin ko‗ra bilgan. Xususan, 
barcha fuqarolar Platon fikricha, ideal davlatda (qur‘a bo‗yicha) uy-joy, 
yer olishlari mumkin. Buning ustiga yer faqat unga egalik qilish va 
undan foydalanish huquqi bilan (ya‘ni to‗la bo‗lmagan mulk huquqi) 
berilgan bo‗lsa ham, uni olgan kishi keyinchalik bolalarining biriga 
aynan shu shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega bo‗lgan. 
Fuqarolar umumiy mulkining qimmati to‗rt martadan ko‗p farq 
qilmasligi kerak.
Platonning har ikkala loyihasida o‗xshashlik mavjud: davlatni 
boshqaruv apparati (birinchi loyihada) va fuqarolar (ikkinchi loyihada) 
oltin va kumushga ega bo‗lishlari va sudxo‗rlik bilan shug‗ullanishlari 
mumkin emas. U xuddi Ksenofontga o‗xshab dehqonchilikni 
iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq, deb hisobladi, hunarmandchilik va 
savdoni jamiyatda uncha e‘tiborli bo‗lmagan mashg‗ulotlar turiga 
kiritdi. 
Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon birinchilardan bo‗lib 
bahoning asosi va darajasi to‗g‗risidagi savolni o‗rtaga tashladi. Uning 
fikricha, baho davlat hokimiyati tomondan tartibga solinib turilishi 
kerak, bundan tashqari asos sifatida shunday baho olinishi kerakki, u 
o‗rtacha foyda olishni ta‘minlasin. 


36 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling