O„zbekiston respublikasi
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri – Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham isbotlaydi. Olingan ma‘lumotlarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (m. av. 589–512-y.) bo‗lganligi qayd etiladi. U Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko‗rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo‗lgan. «Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat‘iy nazar ularning ro‗shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g‗oyasi bilan sug‗orilgan. Unda xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‗g‗risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma‘naviy madaniyatlari o‗z aksini to‗gan. «Avesto»da Yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o‗ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning nomi ko‗rsatilgan bo‗lib, ulardan to‗qqiztasi (masalan, Sug‗diyona, Marg‗iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududida joylashgan. «Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana bordi. Ko‗chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi (ko‗chmanchilik) o‗rnini o‗troq yashash egallay boshladi, sug‗oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo‗lishi 27 o‗troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko‗rsata bordi. Ana shu o‗troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko‗chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko‗rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati beqiyos. «Avesto»da: «… yerga yaxshi, sog‗lom urug‗lar sepishdan ortiq savob ish yo‗q…» deyilib, xalq xo‗jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko‗rsatib beriladi. «Olam go‗zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki yerga urug‗ qadabdiki, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo‗lgina haqiqat bo‗lib, qolgani sarobdir», –deyiladi unda. Qo‗riq va bo‗z yerlarni o‗zlashtirish, uni jamoa o‗rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini ko‗paytirishga ham alohida e‘tibor berilgan. «Avesto»da yer, suv, havoni bulg‗ash, ifloslantirish og‗ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‗lmaslikka chorlaydi. Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi: «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog‗lom baquvvat bolalarga ega bo‗ladi… Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo‗l-ko‗l bo‗lsa, muqaddas so‗zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu yerda biz sog‗lom avlod to‗g‗risida, iqtisodiy va madaniy, ma‘naviy yuksalish o‗rtasida o‗zaro bog‗liqlik mavjudligi to‗g‗risida fikr yuritilganligini ko‗ramiz. O‗sha davrda aytilgan bunday fikrlar ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi. Bu noyob kitobda patriarxal urug‗ jamoasi uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli ma‘lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX–VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma‘naviy hayot haqida g‗oyat muhim ma‘lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy boyligidir. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling