O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
«Artxashastra» ta‟limoti
Qadimgi Hindiston xo‗jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o‗rganishning asosiy manbayi «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.av. IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptianing maslahatchisi Kautilya yozgan, deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo‗lib, 28 «artxa» so‗zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma‘nosini bildiradi. Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to‗g‗risida ko‗rsatmalar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga bag‗ishlangan, uchinchi va to‗rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash masalalari ko‗rib chiqilgan, so‗ngra tashqi siyosat usullari to‗g‗risida, maxfiy xizmat, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to‗g‗risida so‗z yuritiladi. «Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to‗rtta «ilmni» bilishi zarurligi to‗g‗risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. «Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko‗riladi. Mamlakatda qishloq xo‗jaligi, eng avvalo, dehqonchilik asosiy soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o‗rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko‗chib kelganlarga yer soliq to‗lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning siyosati yerni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, – deyiladi asarda – odamlardan tashkil to‗gan. Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o‗xshaydi – undan na sut sog‗ib olib bo‗ladi, na nasil». «Artxashastra»da davlatning manfaatini ko‗zlagan holda xo‗jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e‘tibor beriladi. Kim o‗z yerini ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo‗jayinlarga berish tavsiya etiladi. Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko‗rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zaxirasi bo‗lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta‘minlashga erishiladi. «Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan. «Sug‗orish tizimlarini qurish, – deyiladi unda – hosilning manbayi hisoblanadi...» Sug‗orish tizimiga yetkazilgan har qanday zarar uchun og‗ir jazo, hatto o‗limga mahkum etish tavsiya etiladi. «Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini yechishga katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo‗jaliklari foydasidan, har turli soliq va boj to‗lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga mablag‗ ajratib kelgan. Davlat xo‗jaligi va soliq tizimi bilan bog‗liq 29 bo‗lgan moliya idoralarining to‗g‗ri ishlashi uchun «Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat‘iy hisob-kitob hujjatlari olib borilishi zarur. Podsho xazinani o‗g‗irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi kerak. Ammo bu yerdagi o‗g‗irlikni aniqlash juda qiyin bo‗lgan. «Artxashastra» xazina mulkini o‗g‗irlashning 40 xil usulini ko‗rsatib beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko‗ra, osmondagi qushning yo‗lini aniqlash osonligini qayd qilib o‗tadi. «Suvda suzib yurgan baliq o‗sha suvdan ichayaptimi, yo‗qmi bilib bo‗lmaganidek, ishga biriktirilgan amaldor mulkni o‗zlashtirayaptimi, yo‗qmi aniqlab bo‗lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste‘mol qilishning har xil usullarini o‗rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o‗zgartirib turish tavsiya etiladi. Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra» podshoni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni ko‗paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» da‘vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko‗rsatib berdi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling