O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Muhokama uchun savollar 1. Nima sababdan hozirgi zamon Xitoy iqtisodchisi uchun Adam Smitni o‗rganishdan ko‗ra Guan Szini o‗rganish zarur bo‗lishi mumkin? 2. Yunonlar va sxolastlar yetishmovchilikning to‗liq ma‘nosi va oqibatlarini tushunganlar, degan ta‘kidlashning ma‘nosi nima? 3. Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, sotsiologik va psixologik jihatlarini umumiy jamiyatdan ajratishni to‗g‗ri, deb o‗ylaysizmi? 4. Samaradorlikning qaysi jihatlari ayrim yunon mutafakkirlarini qiziqtirdi? 5. Iqtisodiy faoliyatning to‗g‗riligi bo‗yicha Aristotelning qarashlari qanday bo‗lgan? 6. O‗z iste‘molingiz tarkibini baholash uchun Aristotelning ehtiyoj bilan talablar o‗rastidagi farqdan foydalaning. 7. Feodal jamiyati bozor iqtisodiyoti jamiyatidan qanday farq qiladi? 8. Platon, Aristotel va Avliyo Tomas Akvinskiy qarashlarida xususiy mulkning maqsadga muvofiqligi bo‗yicha qanday farqlar mavjud? Ular qarashlarini taqqoslang. 9. Adolatli narx konsepsiyasini tushuntirib bering va adolatli narxni obyektiv aniqlashning qiyinchiliklari to‗g‗risida bayon yozing. 10. Sudxo‗rlik konsepsiyasning rivojlanishini tushuntirib bering va bu g‗oyadan bizning jamiyatimizda qay tarzda hamon foydalaniladi? 42 III BOB . O„RTA ASR IQTISODIY QARASHLARI 3.1. «Buyuk ipak yo„li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o„rni Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog‗lovchi qadimgi savdo yo‗li - Buyuk ipak yo‗li, deb ataladi. Bu yo‗l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo‗li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo‗l m.av. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo‗llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O‗rta Yer dengizi mamlakatlari o‗rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o‗ynagan. Manbalarga qaraganda Sariq dengiz qirg‗oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‗l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib, biri shimoli-g‗arbga, ikkinchisi janubi-sharqqa yo‗nalgan. Karvon yo‗lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo‗lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887- yil ushbu yo‗nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo‗li» degan nisbat beradi va bu ibora muomalaga kiritiladi. Shimoliy yo‗l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashqar orqali Dovon (Farg‗ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So‗g‗dning markazi Samarqand va Marg‗iyona (Marv) ga yo‗nalgan. Ipak yo‗li Farg‗ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo‗lingan. Janubiy qismi O‗zgandan O‗sh, Quva, Marg‗ilon, Qo‗qon orqali Xo‗jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o‗tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo‗lning uzviy bo‗lagi hisoblangan. Bu yo‗l Sharq va G‗arbni turli jabhalarda bog‗lovchi yo‗ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar). Shu karvon yo‗li orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gazlamalar, gilamlar va oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. XV-XVI asrlardan bu yo‗lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo‗lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug‗ildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling