O„zbekiston respublikasi
Abu Ali Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Abu Ali Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari
Ulug‗ mutafakkir Ibn Sino 280 dan ko‗p asarlar yozgan, ular tibbiyot, matematika, astronomiya, kimyo, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag‗ishlangan. Ibn Sinoning inson ehtiyojlari, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to‗g‗risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon tabiat ne‘matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne‘matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne‘matlarini o‗zlashtiradi, inson esa o‗z mehnati bilan o‗ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug‗ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo‗lib yashasalar ham yolg‗iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda o‗zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o‗zaro yordamga muhtoj bo‗ladilar». Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiq qiladi. U jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik, deb hisoblaydi. «Odamning o„z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo„lgan ehtiyoji, – deb yozadi Ibn Sino, – hammani hunar o„rganishga undaydi». O‗rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‗lovchi yirik moddiy- madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Yevropadagi tovarlarga bo‗lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo‗lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog‗u toshlardan, qumu cho‗llardan olib o‗tish osonmidi, buning uchun ma‘lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko‗rish kerak bo‗ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u yerdan nima olib qaytish, karvon yo‗lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko‗pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg‗oniy, Ibn Sino, Ibn Ro‗shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko‗plab Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling