O„zbekiston respublikasi
D.Rikardoning iqtisodiy ta‟limoti
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- David Rikardo (1772–1823)
- Rikardo: uslub, siyosat, predmet
6.2. D.Rikardoning iqtisodiy ta‟limoti
David Rikardo (1772–1823) klassik iqtisod maktabining atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. U Londonda badavlat birja makleri yahudiy Avraam Rikardo oilasida tug‗ilgan. Oiladagi o‗n yetti farzandning uchinchisi bo‗lgan David yoshligida muntazam ta‘lim olgan emas va u hech qachon kollej va universitetlarda ham o‗qimagan. Lekin u otasi yordamida tijorat sirlarini yaxshi o‗rgangan va 16 yoshidayoq kontora va birjada otasiga yordamchi bo‗lib ishlagan. D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo‗ldi. Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo‗ladigan nikohiga qarshi edi. Oradan 5–6 yil o‗tgach, D.Rikardo birjada o‗ynab yirik boylik orttirdi (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug‗iladi, David Rikardo (1772–1823) . 122 keyinchalik bu oila yana beshta farzand ko‗radi). D.Rikardo 1810-yilga kelib London moliya dunyosidagi yirik shaxslarning biriga aylanadi. 1799-yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning ―Odamlar boyligi ...‖ asarini o‗qib chiqqach, unda birinchi bor siyosiy iqtisodga bo‗lgan jiddiy qiziqish paydo bo‗ladi. Shundan keyin u siyosiy iqtisod bilan shug‗ullana boshladi va hammani qiziqtirgan savollarga javob berishga harakat qildi. Rikardo: uslub, siyosat, predmet Rikardo iqtisodiy ta‘limotlarda o‗zining sof nazariyasi bilan iqtisodiyot rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan. U sanoat davriga xos ilmlarni hajm va uslubda abstrakt tahlil orqali ko‗rib chiqdi. Rikardo uslubiyoti D.Rikardogacha Adam Smit siyosiy iqtisodni tahlil qilishda ikkita yo‗nalishda: 1. O‗z davrining iqtisodiyotini deduktiv nazariya orqali. 2. Zamonaviy va tarixiy institutlar to‗g‗risidagi tasvir orqali amal- ga oshirgan. Smitning bu usuli ―tarixiy tavsiflovchi materiallar‖ nazariyasini boyitganligidir. Rikardo aksincha, o‗z ishida sof nazariy yondashuviga asoslandi. U o‗z davrining iqtisodiyotini abstraksiyalash va deduktiv usulni qo‗llash bilan amalga oshirdi. Uning sof nazariyasidagi matematik texnikasi biroz qo‗pol bo‗lsa-da bugungi kunning matematiklarini hayratga solmoqda. Garchi Rikardoning usuli yuzaki va sof nazariy bo‗lsa ham, amaliy iqtisod, siyosiy iqtisodiyot uning kuchli tomonlari bo‗lgan. Jumladan, uning don masalasi bo‗yicha olib borgan tadqiqotlari uning Angliyadagi ijodi – bug‗doy importi va undan olinadigan daromadni taqsimlashga o‗z ta'sirini ko‗rsatmagan bo‗lsada, keyinchalik bu nazariya unga amaliy masalalarni aniq tahlil qilish uchun zamin bo‗ldi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling