О`збекистон республикаси
Download 220 Kb.
|
doc 2021 10 28 13 56 44 Грунтлар механикаси ШКХ 3 к
- Bu sahifa navigatsiya:
- I SH CH I O‘ Q U V D A S T U R
- 100 soat
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI U R G A N CH D A V L A T U N I V E R S I T E T I
“Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar ” f a n i d a n I SH CH I O‘ Q U V D A S T U R
Urganch - 2021 Ishchi dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019_ yil 5-июлда ro‘yxatga olingan o‘quv dasturi asosida tuzilgan. Tuzuvchi: dots. Q. O. Quryozov Taqrizchi: dots. Raxmanov.B.S. UrDU “Qurilish ” kafedrasi” professori «Qurilish » kafedrasining ____________ 2021yildagi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan. Bayonnoma №__ Kafedra mudiri: dots. Axmedov.K.K. Mazkur «Ishchi dastur» texnika fakulteti ilmiy kengashida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan. ____________ 2021yildagi №__-sonli bayonnomasi Texnika fakulteti dekani dots.Qurbanov.M.Q. Kirish Ushbu fan dasturi 5610100 – Xizmatlar soxasi (uy-joy, kommunal va maishiy xizmatlar), 5340900 – Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish, 5340300 – SHaxar qurilishi va xo‘jaligi , 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi, 5111000 – Kasbiy ta’lim (SHaxar qurilishi va xo‘jaligi), 5111000 – Kasbiy ta’lim (5610100 – Xizmatlar soxasi (uy-joy, kommunal va maishiy xizmatlar), 5111000 – Kasbiy ta’lim (5340200 - Bino va inshootlar qurilishi), yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr - quruvchilarni tayyorlashda mutaxassislik fanlardan biri - « Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar »ning asosiy masalalarini o‘z ichiga oladi. Unda tog‘ jinslari va gruntlar haqida umumiy ma’lumotlar; gruntning turlari, tarkibi va hossalari; gruntlar mexanikasining maxsus qonunlari; gruntlarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash hamda hisoblash usullari; grunt qa’ri bo‘ylab zo‘riqishning tarqalish qonuniyatlari va ularni turli amaliy echimlarga tadbiqi; tashqi yuk ta’sirida gruntning zichlashuvini aniqlash usullari va ularning mohiyati; grunt zichlashuvi haqidagi konsolidatsiya nazariyasi va uning amaliy ahamiyati; gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash usullari; gruntdan suv sizish qonuniyatlari va konsolidatsiya sharoitida grunt mustahkamligini o‘zgarishi; inshoot cho‘kishini aniqlash usullari; cho‘kishning davomiyligi; o‘ta cho‘kuvchan gruntlar va ularning xususiyatlari; qiyaliklar va tirgovich devorlar turg‘unligini hisoblash asoslari; zilzilabardosh gruntlar. Poydevor loyihalash uchun zarur ma’lumotlar; zamin va poydevor hisoblashga oid chegaraviy holatlar; zamin va poydevor turlari; sayoz poydevorlar va ularning turlari; sayoz poydevorlar loyihalash; sayoz poydevorlar hisoblash usullari; markaziy va nomarkaziy yuklangan poydevorlar o‘lchamlarini aniqlash usullari; poydevor turg‘unligini hisoblash; poydevor cho‘kishini hisoblash; qoziqli poydevorlar va ularning turlari; qoziqli poydevorlar loyihalash asoslari; qoziqli poydevorlar hisobi; chuqur poydevorlar, ularning turlari va qo‘llanish sharoitlari; pastlashuvchi quduqlar loyihalash va hisoblash usullari; yupqa qobiqli poydevorlar va ularni o‘rnatish texnologiyasi; kesson poydevorlar barpo etish texnologiyasi; inshoot zaminidagi bo‘sh gruntlarni mustahkamlash; gruntlarni zichlash va qotirish usullari; o‘ta cho‘kuvchan gruntlarda poydevor loyihalash; zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar; zamin va poydevorlarni ta’mirlash asoslari. Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling