О`збекистон республикаси


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi


Download 220 Kb.
bet3/13
Sana05.01.2023
Hajmi220 Kb.
#1080056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
doc 2021 10 28 13 56 44 Грунтлар механикаси ШКХ 3 к

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fani asosiy umum kasbiy fani hisoblanib 5 semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan oliy matematika, nazariy mexanika, chizma geometriya, qurilish ashyolari, muxandislik geodeziyasi, muxandislik-geologiyasi, kurilish konstruksiyalari, qurilish mexanikasi, qurilish texnologiyasi fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Xar qanday bino va inshootning er sathidagi mustahkamligi va turg‘unligi avvalo uning zaminidagi gruntning hossalariga bog‘liq. Geologik va gidrogeologik nuqtai nazardan o‘ta murakkab bo‘lgan gruntlar turli hossalarga ega bo‘lganligi bois ularda zamin va poydevor barpo etish qurilish ishlarining asosiy hajmini tashkil etadi.
SHuning uchun muayyan sharoitlarda bino va inshootlarni loyihalash va barpo etish jarayonida ular zamini va poydevoriga alohida talablar qo‘yiladi. Fanning o‘zlashtirish jarayonida olingan bilimlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish ishlab chiqarishi amaliyotida qo‘llanilishi lozim bo‘lganligi bois qurilishda ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyat kasb etadi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron ko‘rgazmalar, virtual stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va tajriba darslarida mavzuga mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanini o‘qitishda ko‘rgazmali qurollar, texnikaviy vositalar va boshqa didaktik materiallardan (texnologik xaritalar, mehnat jarayonlari xaritasi, topshiriqlar, mashqlar) tashqari zamonaviy kompyuterlar, multimedia va internetlardan, hamda video kassetalardan foydalanish usullari tavsiya etiladi. O‘quv jarayonlarida talabalarning mantiqiy samarali fikr yuritishga o‘rgatish uchun ularning ijodkorlik kuchidan foydalanish texnologiyalari qo‘llaniladi.
Ta’lim berishning aql (miya)ni zo‘r berib ishga soladigan usullardan, ish uchun foydali o‘yinlardan, mojaroli vaziyatlardan va boshqa ish bilarmonlik o‘yinlaridan ham samarali foydalanish tavsiya etiladi.



Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling