Fanning maqsad va vazifalari
“Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarda xar qanday inshootning turg‘unligi va uzoq muddat davomli ishlashini ta’minlashda asosiy o‘rin tutuvchi uning er osti qismini tashkil etuvchi zamin va poydevorlarga oid ilmning asoslari bilan tanishtirish.
SHu bilan birga murakkab muxandis - geologik sharoitlarni nazarda tutgan holda texnik jixatdan asoslangan iqtisodiy samarador zamin va poydevorlar qurilmalarini, ularni loyihalashga oid bilim va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga inshoot zamini va poydevorini loyihalash va hisoblashning zamonaviy usullarini o‘rgatish va mustaqil ravishda amalda tadbiq etishga oid ko‘nikma hosil qilish.
Fanning ilmiy, nazariy va amaliy masalalari ma’ruza, amaliyot va tajriba ishlari, hamda o‘quv adabiyotlar yordamida mustaqil ta’lim yordamida o‘rganiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar
“Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- gruntlarning tuzilishi, tarkibi va hossalari, ularning mustahkamlik va deformatsiya ko‘rsatkichlari, tashqi yuk ta’sirida grunt qatlamining zo‘riqish holati, inshoot cho‘kishini aniqlash usullari, tabiiy va suniy zaminlar turlari va ularda poydevor loyihalash va hisoblash usullarini, shuningdek, zamin va poydevorlarning muqobil shakllarini tanlash va ularni hisoblashninig progressiv usullarini qo‘llashni bilishi kerak;
- zamin tarkibidagi gruntlarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash usullarini, inshoot zaminining zo‘riqish sharoitidan kelib chiqqan holda ularni mustahkamlik va turg‘unlik darajasini aniqlash , shuningdek
me’yoriy xujjatlar va adabiyotlar asosida elektron xisoblash mashinalaridan foydalanib turli xil poydevorlarni loyixalash va xisoblash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- tashqi yuk ta’sirida zaminning zo‘riqish xolatidagi deformatsiya boskichlarini to‘g‘ri baholash; gruntning tirgovich devorga nisbatan bosimini aniqlash, o‘ta cho‘kuvchan gruntlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularda poydevor loyihalash usullarini bilish, zilzila ta’siriga nisbatan gruntlarning mustahkamlik va deqormatsiyalanish xususiyatlarini va ularda zilzilabardosh poydevorlar barpo etish usullarini, shuningdek bo‘sh zaminlarni mustahkamlash bilan birga ularni ta’mirlash usullarini ham takomillashtirish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |