Reja: Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va hossalari; Tuproq gumusi, uning tarkibi va hossalari; Tuproq paydo bo’lishida gumusning ahamiyati; Tаyanch ibоrаlаr
Download 60.28 Kb.
|
T1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tаyanch ibоrаlаr
Reja: Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va hossalari; Tuproq gumusi, uning tarkibi va hossalari; Tuproq paydo bo’lishida gumusning ahamiyati; Tаyanch ibоrаlаr: uglevodlar, oqsillar, organic kislotalar, oshlovhi moddalar, finonlar, guminlar, fraksiyalar. Tuproqning organik moddalari juda murakkab va xilma-xil birikmalardan, birikmalar guruhidan tuzilgan bo‘lib, odatda oz miqdorda bo‘ladi. Tuproqning to‘liq xususiyatlarini uning organik moddalari ifodalay olsa, bu tuproqqa organik tuproq deyilishi mumkin. Odatda bizning sharoitimizda tarqalgan tuproqlarda gumus deb ataluvchi modda miqdori 2% atrofida. Demak, agar organik modda qatoridagi gumus miqdori 2% bo‘lsa, qolgan mineral modda va alohida olingan elementlardan hamda qisman boshqa organik moddalardan iborat bo‘ladi. Xilma-xil birikmalardan iborat bo‘lgan tuproqning organik qismini 2 asosiy guruhga ajratish mumkin. 1. Bu guruh organik qoldiqlar qatoriga kiradi. Odatda organik birikmalarning o‘zlari yoki uning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan moddalardan va bevosita tirik organizmlarning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladi. Ular organik kimyoda ma’lum bo‘lgan oqsillar, aminokislotalar, sodda va murakkab uglevodlar, har xil tabiatga ega bo‘lgan organik kislotalar, yog‘lar, smolalar, lignin va boshqalardan iborat. Bular odatda tuproqdagi individual tabiatga ega bo‘lgan organik birikmalar bo‘lib, mineral tuproqlarda ularning, ya’ni organik moddalarning umumiy miqdoridan 10-15% ni tashkil qiladi. Individual tabiatga ega bo‘lgan organik modda deyilishiga sabab, bu guruhdagi moddalar alohida-alohida holatda tuproq tarkibida uchraydi. Bularning har biri xususiy o‘zaro farq qiluvchi kimyoviy va biokimyoviy xususiyatlarga ega. 2. Bu guruhga bevosita gumus moddalari kirib, mineral tuproqlarda ularning organik modda miqdoridan 85-90% ni tashkil qiladi. Bu deganimiz agar tuproq tarkibidagi organik uglerod 2% bo‘lsa, shu miqdorni 10-15% ni gumussimon qolgan 90-85% ni esa bevosita gumus moddalari tashkil qiladi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, organik moddalar ichida gumusga eng yaqin oqsillar, ya’ni oqsil tarkibi bilan gumus tarkibi, ayniqsa uglerod, vodorod miqdorlari o‘zaro yaqin turadi. Uglevodlar barcha o‘simliklarning to‘qimalarida uchraydi. Bular to‘qimaning 10-50% ini tashkil qiladi. Uglevodlarning asosiy qismini odatda klechatka, kraxmal, har xil qand moddalari tashkil qiladi va mikroorganizmlar uchun muhim energiya manbayi, gumus uchun esa tarkibiy qism bo‘lib xizmat qiladi. Uglevodlarning nomoyandalari monosaxaridlar, pentozlar, geksozlar, glyukozalar, fruktoza ( C6H12O6), disaxaridlar, ya’ni C12H22O11 maltoza, polisaxaridlar, kraxmal (C6H10O5)n, glikogen, sellyuloza (C6H10O5)P va boshqalar bo‘lib bular odatda fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi. Yog‘lar uglevodlardan ko‘proq energiya zahirasiga ega bo‘lib, o‘simlik to‘qimasida 1-3 dan 20-30% gacha bo‘ladi, ayniqsa urug‘da, mevada ko‘p bo‘ladi. Yog‘lar gidrolizi natijasida murakkab organik kislota olein va stearin hamda gletsirin hosil bo‘ladi. Lignin. Murakkab tarkibli qattiq, ya’ni mustahkam, parchalanishi qiyin bo‘lgan organik modda. O‘simliklar to‘qimasida 10-30% miqdorida uchraydi. Lignin uchun metoksil (-O-CH3) guruhi xarakterli. Lignin aromatik tuzilishga ega. Ligninni parchalanishi qiyinligini hisobga olib, ko‘pchilik olimlar gumus negizi lignindan iborat deyishadi. Bunday gipoteza, ya’ni lignindan gumus hosil bo‘lishi nazariyasi Flyayg tomonidan ishlab chiqilgan. Vosklar, ya’ni to‘yinmagan karbon kislotalarining efirlari. Smolalar-100 dan ortiq aromatik xarakterga ega bo‘lgan birikmalar aralashmasi. Turli xil tuproqlarda vosk va smolalar 2-14% gacha organik moddalar miqdorini tashkil qiladi. Organik kislotalar. Tuproqda ko‘pchilik quyi molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan kislotalar chumoli (HCOOH), oksalat (HCOOH)2 yoki C2H4O2 sirka (CH 3COOH) va boshqalar mavjud. Bulardan tashqari, resintez natijasida oksi-karbon kislotalar ham ( ferul, vanilin, kumar) hosil bo‘ladi. Oshlovchi moddalar ko‘p atomli fenollar hosilalari bo‘lib, o‘simliklarda 5-25% atrofida mavjud. Daraxt o‘simliklar po‘stida ko‘proq. Gumus hosil bo‘lishida bularga katta rol ajratiladi. Kul moddalar. Kul moddalar o‘simliklar tarkibida 2-3% dan 50-52% gacha bo‘ladi. Eng ko‘p kul galofitlarda bo‘lib, 60 dan ortiq elementga ega. Bularning hammasi gumus uchun manba hisoblanadi. Download 60.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling