Reja: Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va hossalari; Tuproq gumusi, uning tarkibi va hossalari; Tuproq paydo bo’lishida gumusning ahamiyati; Tаyanch ibоrаlаr


Fulvokislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari


Download 60.28 Kb.
bet4/8
Sana28.12.2022
Hajmi60.28 Kb.
#1011793
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
T1

Fulvokislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari


Fulvokislota tushunchasi, ya’ni atamasi fanga Sven Oden (1919) tomonidan kiritilgan. U Bersellius tomonidan ajratib olingan va nomlangan bo‘lib, kren va apokren kislotalarini birlashtirdi. Hozirgi kunda fulvokislotalar degan atama to‘g‘risida aniq bir qarashlar yo‘q.


Ko‘pchilik olimlarning fikricha kislotalar ta’sirida cho‘kmaydigan barcha organik kislotalarga va ularning fraksiyalariga fulvokislotalar deb qarash mumkin. Lekin buning nozik, joyi shunday qabul qilinsa, bu holda yuqori molekulyar, lekin bevosita gumusga tegishli bo‘lmagan organik moddalar ham shu guruhga qo‘shiladi.
Shuni alohida aytish kerakki, Bersellius kren kislotasini mineral suv manbayidan aniqladi. Gumusli tuproqning suvli so‘rimidan ham ajratgan.
Mulder bilan Germanlar ham nordon eritmadan gumin kislotalarini cho‘ktirgandan keyin kren kislotasini ajratadilar.
Bersellius fikricha, apokren kislota bu havoda oksidlangan kren kislotasi bo‘lib, GK ga o‘xshaydi, qo‘ng‘ir rangli, erishi qiyin bo‘lgan modda.
Bersellius, Mulder, Germanlar qo’riq modda tariqasida kren va apokren kislotalarini, misli tuzlarni ajratgan. Bu mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra kren va apokren kislotalari tarkibidagi S 44-49 % bo‘lib, buni kislorodga nisbatan oladigan bo‘lsak, u bilan teng, ya’ni O2 44-49 %, GK ga nisbatan O2 ga boy. Esingizda bo‘lsa, GK da O2 30-32% edi. 1919-1920 yillarda kren va apokren kislotalari indivudual xususiyatga ega bo‘lgan kislotalar deb qabul qilingan. O‘sha vaqtdayoq kren va apokren kislotalar tuproqning mineral qismini tez parchalashi hamda kalsiy, magniy, aluminiy, temir va boshqalar bilan turli tuzlar hosil qilishi aytilgan.
1930-yillarda kren va apokren kislotalariga bo‘lgan qiziqish keskin kamayib, 1940-yillari Tyurin va Ponamarevalar yana bu masalani ko‘tardilar. Tyurin, Ponamarevalarning tuproqda bu guruhni ajratib podzol hosil bo‘lishidagi FK rolini rivojlantirdilar.
Tyurin, Ponamarevalar ma’lumotlariga ko‘ra FK oksikarbon kislotalari guruhiga kiradi, ya’ni bularning kislotali gidrolizi natijasida furfurol hosil bo‘ladi. FK larni singdirish sig‘imi yuqori bo‘lib 100g. FK uchun 7000 mg.ekv. gacha bo‘ladi.
FK lar tuproq minerallariga parchalovchi ta’sir qiladi. Oksidlar bilan ayniqsa R2O3, ya’ni Fe2O3, AI2O3 lar bilan hosil qilgan birikmalari ko‘p va harakatchan.
FK temirli tuzlarining harakatchanligi aluminiyli tuzlariga nisbatan yuqori. Shunisi qiziqki, keyingi vaqtda FK ga qiziqish so‘nganday, ya’ni FK masalasi hal qilinganday ko‘rinadi. Bu borada shuni unutmaslik kerakki, keyingi vaqtda sarg‘ish, ya’ni 0,1 n NaOH va Na4P2O7 eritmasidan GK ni cho‘ktirgandan qolgan moddalarning hammasi FK deb kelinmoqda. Bu noto‘g‘ri bo‘lib, bu eritmada Dragunov, Visotskaya, Bak va boshqalar uglevodlar, glyukozalar fenolli birikmalar, azotli moddalarni ham FK qatori borligini isbot qildilar.
Drozdova 1955-yili torfdan, podzol tuprog‘idan xromotografiya usuli yordamida FK tarkibidan aromatik tabiatga ega bo‘lgan birikmalar: fenolli glikozid, kinoid tabiatli moddalarni ajratdi.
Kuxarenko, Vedenskayalar ham xromotografiya usuli yordamida FK tarkibi aromatik tuzilishga ega ekanligini isbot qildilar. Bu guruhlar GK ga ham xosligi bizga ma’lum. Demak, ular o‘rtasida qandaydir o‘zaro yaqinlik bor. Karboksil va fenol guruhlari borligi FK larning almashinuvchi reaksiyaga moyilligini bildiradi, ya’ni FK osongina almashinish reaksiyasiga qatnashadi.
Keyinchalik infraqizil spektroskopiya usulida Kasatochkin, yapon olimlari Kobo, Tatsukavo va boshqalar ham bu xulosani isbotlab shu fikrga qo‘shildilar.
Spektrlarni solishtiradigan bo‘lsak, FK spektorlari GK spektorlariga to‘g‘ri keladi, aniqrog‘i yaqin keladi.
Xullas, FK uncha yetilib pishmagan GK deb fikr yuritilishi mumkin. GK bilan FK o‘rtasidagi aloqalar Freytag fikricha, GK <=> Fk bo‘lishi ham mumkin.
FK tarkibida 40-52% C, 4-6% H, 40-48% O, 2-6% N mavjud. FK ning butun molekulasi va shakli yaxshi o‘rganilmagan. Kononova fikricha, FK GK ning boshlang‘ich hosil bo‘lish stadiyasiga to‘g‘ri keladi, ya’ni FK lar to‘la pishib yetilmagan GK lar demakdir.

Download 60.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling