Reja: Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va hossalari; Tuproq gumusi, uning tarkibi va hossalari; Tuproq paydo bo’lishida gumusning ahamiyati; Tаyanch ibоrаlаr
Tuproq paydo bo’lishida gumusning ahamiyati
Download 60.28 Kb.
|
T1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘oriladigan tuproqlarda gumusning guruhli tarkibi
Tuproq paydo bo’lishida gumusning ahamiyati
Gumus tarkibidagi organik moddalar, alohida birikmalar qanchalik murakkab va ahamiyatli bo‘lmasin, tuproqni tavsiflashda gumusning o‘zidek rol o‘ynay olmaydi. Tuproqshunoslikning genetik muammolarini yoritish va tuproqning mahsulot ishlab chiqarishdagi o‘rnini belgilash uchun tuproqdagi gumusga tavsif berish zarur hisoblanadi. Organik moddalar tizimida Tyurin ikki asosiy xususiyatni ajratdi. 1. Tuproqdagi gumus kislotalarining (GK, FK, GMK) shakllanishini va hosil bo‘lishi, ya’ni gumifikatsiya jarayonining oxirgi mahsulotigacha tushuntirdi. 2. Organik moddalar bilan tuproqning mineral qismi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va uning natijasida har xil harakatchanlikka ega bo‘lgan organo-mineral birikmalarning hosil bo‘lishini tushuntirdi. Bu hosil bo‘lgan moddalarning harakatchanligi esa gumus kislotalaridan ham, mineral moddalardan ham farq qiladi. Gumusning guruhli tarkibi – gumussimon va bevosita gumus moddalar miqdori va to‘plamidan iborat. Bu joyda guruh tushunchasi o‘zaro xususiyati va tarkibi jihatidan yaqin bo‘lgan moddalarni anglatadi. Muhim guruhlarga GK (qora va qo‘ng‘ir GK bilan), GMK, FK, gumin va gumus uchun spetsifik bo‘lmagan birikmalar kiradi. Spetsifik bo‘lmagan birikmalar har xil bo‘lib, ular uchun xarakterli xususiyat organik erituvchilarda erish qobiliyati hisoblanadi. Bularga lignin, lipidlar va boshqalar kiradi. Gumusning guruhli tarkibi, uning umumiy miqdorlari har ekologik sharoitlarda xilma-xil tuproq tiplari va ayirmalarida bir xil bo‘lmaydi. Bu boradagi ishlardan B.Machigin (1957), G.Yuldashev (1993) ma’lumotlarini ko‘rishimiz mumkin. 13.1-jadval. Sug‘oriladigan tuproqlarda gumusning guruhli tarkibi
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Cgk:Cfk nisbati bo‘z tuproqlarga nisbatan o‘tloqi saz va o‘tloqi botqoq tuproqlarida yuqori, ya’ni >1. Bu ko‘rsatkich ularning gumusida GK ko‘pligidan dalolat beradi. Gumusning guruhli tarkibi gumifikatsiya jarayonining xususiyligi va tuproqning biokimyoviy faolligini ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan o‘tloqi tuproqlarda gumifikatsiya jarayoni nisbatan yaxshi ekanligini jadvaldan ko‘rishimiz mumkin. Download 60.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling