O„zbekiston respublikasi


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana29.01.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1138315
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raimboyeva Ma\'mura OTO\'M kurs ishi

 
Qish keldi
Mana qish ham keldi. Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor 
qopladi. 
Uyning tomlari ham oppoq bo`ldi. Bolalar palto va qo`lqop kiyib qorda 
o`ynaydilar. Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor. Ular yalanglik chetidagi 
tepalikdan mazza qilib chana uchdilar.
Malik juda saxiy bola. U chanasini o`rtoqlari bilan birga uchadi (49 ta so`z.) 


Diktant matnini o`qib, ayrim tushunarsiz so`zlarni yo`l - yo`lakay 
tushuntirib boriladi, o`quvchilar yozmay, faqat eshitib esda saqlab qolishlarini 
eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qilinadi. Matn diktovka bilan 
yozdiriladi. O`qituvchi matnni yana bir marta sekin o`qiydi, o`quvchilar 
yozganlarni tekshiradilar. O`qituvchi matnni adabiy til normalariga rioya qilib 
o`qib berishi zarur. 
O`quvchilarni ishlari yig`ib olinib tekshiriladi. 
Tekshirilishi lozim bo`lgan BKM elementlari nomi va soni: 
1. 
Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so`zlarni aniqlash. 
2. 
Xat boshidan yozish. 
3. 
Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi. 
4. 
Ko`plik qo`shimchalarini to`gri yozish. 
5. 
Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish. 
6. 
Chiroyli yozuv. 
Diktant o`quvchilarni yozma nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega, diktant 
uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U 
sintaktik va leksik jihatdan sodda va tushunarli bo`lishi zarur. Diktant uchun 
tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Birinchi sinfda diktant yozishda mo`ljallangan matn to`rt - besh gapli bo`ladi. 
O`qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o`qiydi. Har bir so`zni diktovka qilib 
yozdiradi. Har bir gap tugagandan so`ng takrorlab o`qiydi. O`quvchilarga yangi 
gap bosh harflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo`yilishini ham o`rgatiladi. 
O`qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan 
rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi.


O`quvchilarni diktant yozishga tayyorlash, ular yo`l qo`yishi mumkin 
bo`lgan xatolarni oldini olish ustida muntazam ishlash odatlantirishning sharti 
hisoblanadi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling