O„zbekiston respublikasi


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana29.01.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1138315
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raimboyeva Ma\'mura OTO\'M kurs ishi

Erkin diktant - diktantning bayonga yaqin turi bo`lib, o`quvchilarni ravon 
bayon yozishga tayyorlaydi.
Diktant deb atalishining sababi - o`quvchi matnni diktovka qiladi, erkin 
deyilishining sababi esa matnni o`qib berilgan qismidan esda qolganini erkin 
ravishda yozishdir. Diktant uchun 3-5 abzasga bo`lingan matn tanlanadi. Matn 
o`qilishidan oldin zarur qoidalar takrorlab eslatiladi. O`qituvchi avval matnni 
yaxshi o`qib beradi, so`ngra abzasma-abzas o`qib yozdiriladi. Birinchi abzas 
oq`iladi, o`quvchilar esda qolganini yozadilar, ikkinchi abzas o`qiladi o`quvchilar 
esda qolganini yozib bo`lgach, uchinchi abzas o`qiladi. Diktantning bu turi to`g`ri 
yozuvga o`rgatishning nutq o`stirish vazifasi bilan uyg`unlashtirib amalga 
oshirishga yordam beradi. 
Masalan, uchinchi sinfda "Fe`l" mavzusi o`tib bo`lingach o`qituvchi biz, 
bog`, gul, qo`shni, termoq, o`ynab o`tib ketmoq, adashib qolmoq, qidirmoq, topib 


kelmoq, so`zlarini doskada yozib berib, "Bog`da" mavzusida gaplar tuzishni 
topshiradi. O`quvchilar quyidagicha gaplar tuzib yozadilar:
Biz bog`da gullar terdik, Nafisa o`ynab bog`dan boqqa o`tib ketdi. U adashib qoldi, 
biz Nafisani qidirdik uni qo`shni bog`dan topib keldik. 
Ijodiy diktant imloni o`zgartirishni o`rgatishni nutq o`stirish bilan 
uyg`unlantirib amalga oshirishga imkon beradi, bolalardan matn tuzishga faol 
munosabatda bo`lishini talab qiladi.
Kontrol diktant kontrol yoki tekshiruv diktanti o`quvchilar olgan bilim hosil 
qilgan ko`nikma va malakalarni tekshirish uchun o`tkaziladi. Kontrol diktantdan 
ayrim vaqtda o`qitish vositasi yoki imloviy malakalarini hosil qilishga qaratilgan 
mashq turi sifatida ham foydalaniladi. Kontrol diktant mustaqil diktant deb ham 
nomlanadi. Chunki o`quvchi qandaydir vazifani mustaqil bajarishda o`z kuchini 
sinaydi, o`zi bilgan qoidani o`qituvchi diktovka qilgan matnga tatbiq qiladi. 
Kontrol diktant o`qituvchiga u yoki bu qoidaga oid mavzuni o`quvchilar qay 
darajada o`zlashtirganligi haqida ma`lumot beradi va keyingi mashg`ulotlarni 
to`g`ri rejalashtirishga imkon beradi. O`qituvchi butun sinfdan ayrim o`quvchilar 
nimani o`zlashtirmagani, nimani takrorlash, kimga qanday yordam berish, qanday 
mashqlar ishlatish kerakligini aniqlab oladi. 
Diktantlar kuzatilgan natijani berish uchun uni tashkil etish va o`tkazishda 
ayrim talablarga rioya qilish zarur.
1. 
Kontrol ish ma`lum bir mavzu o`tilib, o`quvchilarda zarur malaka hosil 
bo`lgach, o`tkaziladi. Aks holda kontrol ish qiyinroq o`tkaziladi. 
2. 
Kontrol ish tekshirilganda yaqinda o`rganilgan mavzular bilan bir qatorda 
ilgari o`rgatilganlar yuzasidan yo`l qo`yilgan xatolar ham hisobga olinadi. 
3. 
Diktant uchun materiallar sifatida ma`lum bir mavzudagi bog`lanishli tekst 
ba`zan alohida gaplar olinadi. Har bir sinf uchun so`zlar soni quyidagicha 
belgilangan: 


1-sinf ikkinchi chorak oxirida 20 so`z, yil oxirida 40 so`z; 
2-sinf ikkinchi chorak oxirida 55 so`z, yil oxirida 65 so`z ; 
3- sinf ikkinchi chorak oxirida 75 so`z, yil oxirida 85 so`z; 
Diktant tekstining qiyinligi o`rtacha bo`lishi, ma`lum qadar imlosi 
o`rganilmagan so`zlar kiritilmasligi yaqinda o`tilgan mavzuga oid 2-6 so`z bo`lishi 
talab etiladi. 
Diktant teksti O`quvchilarning turli qoidalarga oid yo`l qo`ygan xatolarini 
aniqlash, taqqoslash imkoniyatini beradi. Tekstda ma`lum bir qoidaga oid nechta 
so`z bo`lishini bilgan o`qituvchiga o`quvchilar yo`l qo`ygan xatolar hisobini olish, 
ular o’rtasidagi farqni aniqlash oson bo`ladi. 
O`qituvchi diktant tekstini o`qib, ayrim tushunarsiz so`z va iboralarni yo`l-
yo`lakay tushuntiradi, o`quvchilar yozmay, faqat tinglab esda saqlab qolishlarini 
eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qiladi. O`qituvchi yig`iq sodda 
gaplarni butunligicha, yoyik sodda gap va qo`shma gapni esa qismlarga bo`lib 
yana o`qiydi, o`quvchilar yozadilar. Gaplar qayta o`qilganda o`quvchilar 
yozganlarini tekshirib ko`radilar. 
Tekst diktovka bilan yozdirilgach, o`qituvchi tekstni yana bir marta sekin 
o`qiydi, o`quvchilar yozganlarini tekshiradilar. 
Masalan, 1-sinfda so`zlarni so`roq berish orqali bir-biridan farqlash; 
2-3 sinflarda so`z turkumlarini, otlarning egalik qo`shimchalarini topib, 
shaxs-sonini aniqlash, qaysi kelishikda turlanganini farqlash, fe`llarning qaysi 
shaxs-sonda turlanganini, zamonini aniqlash, xatolarni hisobga olish va ular ustida 
ishlash. 
O`qituvchi o`z o`quvchilarining imlo va grammatikadan qay darajada malaka 
hosil qilganini aniqlash va bu malakani takomillashtirib borish uchun ularning 
yozma ishda yo`l qo`ygan xatolarini hisobga olib borishi zarur. O`qituvchi diktant 


natijalarini hisobga olib boradigan daftariga eng bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar 
uchun alohida varaq ajratib, ular yo`l qo`ygan xatolarni yozib boradi. Bu 
o`qituvchiga o`quvchilarning orfografik savodxonligi qanday o`sishini kuzatib 
borishga, ayrim o`quvchilarga sinfda va uyda bajarish uchun shaxsiy vazifalar 
berishga differensial yordam uyushtirishga imkon beradi. 
O`quvchilar yozma ishlarida yo`l qo`ygan xatolarini to’g’irlash ustida o`zlari 
ham mustaqil ishlaydilar. Buning uchun ular xato yozgan so`zlarini to’g’irlab 
ko`chirib yozish bilangina chegaralanmay, ularni hisobga oladilar. Oradan ma`lum 
vaqt o`tgach, o`qituvchi frontal suhbat vaqtida yoki o`quvchidan o`tilgan mavzuni 
so`rayotgan paytida zarur bo`lgan so`zlarni yozib berishini va qoidasini 
tushuntirishini so`raydi. Bu hildagi ish o`quvchilarni aktivlashtiradi. O`qituvchi 
chorak oxirida, yarim yilda, yil oxirida o`quvchilar ishida yo`l qo`yilgan xato va 
kamchiliklarni to`la analiz qilishi mumkin. U tipik xatolarni yozib borish va ularni 
o`quvchilar o`rgangan qoidalari asosida klassifikatsiya qilish natijasida sinfdagi 
o`quvchilarning grammatika va imlodan o`zlashtirishi haqida to`la tasavvurga ega 
bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilar yo`l qo`yayotgan xatolarning sababini bilishi 
muhim ahamiyatga ega. Xatolarning kelib chiqish sabablari turlicha bo`lib, 
asosiylari qo`yidagilar hisoblanadi: 
1. 
O`quvchi qoidani bilmaydi; 
2. 
Qoidani biladi, lekin uni yozuvda qo`llay olmaydi; 
3. 
Qoidalarni aralashtiradi; 
4. 
Yozayotgan so`zlarini ma`nosini tushunmay xato qiladi; 
5. 
Ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi, yoki noto`g`ri talaffuz qiladi, yozish 
jarayonida o`zini tekshirib bora olmaydi. 
O`quvchilarning grammatik bilim va to’g’ri yozuv malakalarini hisobga
olib, ona tilidan o`zlashtirishlari baholanadi. Boshlang`ich sinflarda bitta baho 


qo`yiladi, bunda o`quvchilarning savodli yozishi hal qiluvchi rol o`ynaydi. Ona 
tilidan bilim va malakalarini baholash me`yori I - IV sinflar rejasida berilgan. 
O`quvchilar yo`l qo`ygan xatoning oldini olish va to`grilashda yozma ishlarni 
tahlil qilish darslari katta ahamiyatga ega. Bunday darsning ko`rilishi kontrol 
ishning xarakteriga ko`ra turlicha bo`ladi.
Diktant tahlilida o`qituvchi bolalar diqqatini jamoa ishiga jalb etish uchun 
daftarlarni avval tarqatmaydi. Sinfda o`quvchilar yo`l qo`ygan tipik xatolar ustida 
ishlanadi. O`qituvchi doskada, boshqa o`quvchilar daftarlariga sinfdagi ko`p 
o`quvchi xatoga yo`l qo`ygan so`z, yoki gaplarni yozadilar; 
U yoki bu so`zning qanday yozilishi, nima uchun shunday yozilishi 
aniqlanadi, to`g`ri yozuv qoidalari takrorlanadi. 
Tipik xatolar juda ko`p bo`lmaydi, shuning uchun o`qituvchi ular tahlilini tez 
tugatib, takrorlangan qoidaga oid so`z tanlash, shu so`zni qatnashtirib gap yoki 
so`z birikmasi tuzish va uni yozishni mashq qilishi yaxshi natija beradi. Darsning 
ikkinchi qismida o`quvchilarning individual xatolari tahlil qilinadi. O`qituvchi 
o`quvchilar daftarlarini tarqatadi. Ular o`qituvchi tomonidan to’g’irlangan 
so`zlarni topadilar va daftarlariga yozadilar, ular ishtirokida gaplar tuzadilar va 
xokazo. 
Faqat bunday darslardagina emas, balki boshqa darslarda ham xatolar ustida 
izchil ravishda ishlab boriladi. 
Har bir dars, har bir o`quvchining javobi, har qaysi yozma ish o`quv 
predmetida berilgan bilimlarini o`zlashtirish darajasini ko`rsatib, o`qituvchi 
o`quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar, keyingi darslarda nimaga ko`proq 
e`tibor berish kerakligi haqida ma`lumot beradi. 
O`qituvchi alohida o`quvchi va butun sinf bilan olib boriladigan ishlarning 
aniq rejasini tuzish uchun sinf ishini diqqat bilan kuzatishi, og`zaki va yozma 
javoblarni to`g`ri baholab borishi, o`z daftarchasiga zarur ma`lumotlarni yozib 


borishi lozim. Grammatikadan - yozma grammatik tahlil, ma`lum sxema asosida
gap bo`laklari, so`z turkumi yoki so`z tarkibi jihatidan tahlil qilib, gap bo`laklari, 
so`z turkumlari haqida chizish bilan, so`z qismlarini ma`lum belgilar bilan gapdagi 
so`zlarning bog`lanishini sxema bilan ko`rsatish va shu kabilar.
Orfografiyadan- kontrol diktant: 
kerakli so`zlarni yoki tinish belgilarini qo`yib, bo`sh formada berilgan 
so`zlarga qo`shimchalar qo`shib gap tuzib, kitob yoki doskadan ko`chirib yozish;
berilgan tema asosida gap tuzish; 
hikoya tarzidagi tekst asosida bayon yozish; 
kichik hikoya yozish. 
Ba`zan lug`at va kontrol diktantdan ham foydalanish mumkin. Maktab 
tajribasida grammatik bilim bilan orfografik malaka birga tekshiriladi, masalan: 
diktant yozdirilib, matndagi ayrim so`z, so`z birikmasi yoki gap tahlil qilinadi. 
Grammatik tahlil uchun ikki yoki uchta topshiriq berilishi mumkin.
Uchinchi sinf o`quvchilariga 2-chorakda "Qish keldi" mavzusida diktant 
yozdiriladi. Bundan maqsad bilim, ko`nikma va malakalarini tekshirish bo`ladi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling