O‘zbekiston respublikasi


MALAKAVIY AMALIYOT DAVRIDAGI TALABALARNING MAJBURIYATLARI VA VAZIFALARI


Download 63.17 Kb.
bet2/6
Sana11.05.2023
Hajmi63.17 Kb.
#1450836
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
КУНДАЛИК

MALAKAVIY AMALIYOT DAVRIDAGI TALABALARNING MAJBURIYATLARI VA VAZIFALARI:
Talaba malakaviy pedagogik amaliyot davomida quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:

  • oliy o‘quv yurtida malakaviy pedagogik amaliyot boshlanishiga bag‘ishlangan anjumanlarda qatnashish;

  • malakaviy pedagogik amaliyot o‘tkaziladigan o‘quv yurti va pedagogik jamoa bilan umumiy tanishish, o‘quv yurti ma’muriyati, yoshlar yetakchilari bilan o‘tkaziladigan suhbatlarda qatnashish;

  • o‘quv yurtining o‘quv binosi, moddiy-texnik bazasi, fan kabinetlari, kutubxona fondi bilan tanishish;

  • o‘quv yurtining ichki tartib-intizomlari bilan tanishish, unga bo‘ysinish va tarbiyalanuvchilar tomomidan bajarilishida pedagogik jamoaga yaqindan yordam ko‘rsatish;

  • o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmuni bilan tanishish, fan tarbiyachilarining olib borayotgan ishlarini kuzatish, ularni tahlil qilish, fikr-mulohazalarini kundalik daftarga qayd etish;

  • guruh rahbarlarining ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining rejalarini o‘rganish, ushbu reja asosida amaliyot davomida o‘tkaziladigan tadbirlarni shaxsiy ish rejasiga kiritishi;

  • tarbiyalanuvchilar jamoasi bilan olib boriladigan tadbirlarda ishtirok etish, ilg‘or va tajribali tarbiyachilarning ish tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va fikr-takliflarini kundalik daftariga qayd qilib borish;

  • o‘quv fanlari bo‘yicha mashg’ulot jadvali, o‘quv yili uchun tuzilgan mavzuviy reja, DTS, dasturlarni o‘rganish va o‘tkaziladigan mashg’ulotlar mavzusini aniqlash, o‘zaro mashg’ulotlarni taqsimlash va ushbu mashg’ulotlarni kuzatish va tahlil qilishda qatnashish;

  • malakaviy pedagogik amaliyot davomida ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ekskursiyalar asosida shaxsiy ish rejasini tuzish va amaliyot tarbiyachisiningga tasdiqlatish;

  • o‘quv fanlari bo‘yicha mashg’ulotlar va guruhdan tashqari ishlar, ekskursiya va boshqa ishlarning mavzusini, maqsadini, vazifalarini aniqlash va talab darajasida o‘tkazish yo‘llarini belgilash;

  • o‘quv fanlari bo‘ycha o‘tkaziladigan mashg’ulotlarda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, namunaviy mashg’ulot ishlanmasini tayyorlash va uni tasdiqlatish, MTT tarbiyachisi va metodistlardan tegishli maslahatlar olish va tasdiqlatish, ushbu mashg’ulotlarni zamon talabiga mos tashkillashtirish malakasini egallash;

  • ta’lim-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta’lim-tarbiya jarayonini insoniylashtirish va demokratlashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ular bilan olib boriladigan mashqlar mazmuni va o‘tkazilish tartibi, shaxsga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish yo‘llarini o‘rganish;

  • malakaviy pedagogik amaliyot davomida talabalar tomonidan o‘tkaziladigan mashg’ulotlar, guruh tarbiyachisining sifatida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuzatish, ularning tahlilida qatnashish, fikr-mulohazalarini kundalik daftarlariga yozib borish;

  • bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish, tajriba-sinov materiallarini tayyorlash va o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish;

  • ta’lim muassaslari tomonidan tarbiyalanuvchilarning ota-onalari, «Mahalla», «Sog‘lom ona va sog‘lom bola» «Oila», ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishish, ota-onalar majlislarida faol ishtirok etish;

  • pedagogika, psixologiya va MTT gigienasi bo‘yicha berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va talab darajasida bajarish;

  • malakaviy pedagogik amaliyot hujjatlari (kundalik daftar, mashg’ulotlar tahlili, mashg’ulotlar rejasi, shaxsiy ish rejasi v.h.larning bajarilishi)ni o‘z vaqtida va talab darajasida bajarish;

  • o‘quv fanlari metodbirlashmalari majlislarida va o‘quv o‘rinlarining pedagogik kengashlarida ishtirok etish. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarning mazmuni bilan tanishish;

  • malakaviy pedagogik amaliyot yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan anjumanda ishtirok etish va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirish.


Download 63.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling