O‘zbекisтоn rеspubliкаsi


Download 433.5 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi433.5 Kb.
#1489694
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Usmoniylar turklar imperiyasi Муслимбек

ASOSIY QISM:

XVI asr boshida Usmoniyalar harbiy – feodal monarxiyasi Bolqon yarim orolini bo`ysundiradi. Imperiya yerlari Osiyoda va Shimoliy Afrikada ham tarqaladi. Turklar istilosi Bolqon xalqlarining ijtimoiy – iqtisodiy rivojini sekinlashtiradi.Xristianlar davlat lavozimlarida xizmat qilishi , qurol taqib yurishi mumkin emas edi. Turk hukumati hokimiyatni mustahkamlash uchun Bolqonga Kichik Osiyodan turk ko`chmanchilarni ko`chirib keltiradi. Ular hosildor yerlarda , strategik muhit rayonlarda joylashtirilib , mahalliy aholi haydab yuboriladi.Ba`zida yirik shaharlardan xristian aholisi tomonidan ko`chirilgan. Turklar hokimiyatini mustahkamlashning boshqa vositasi mahalliy aholini musulmonlashtirish bo`lgan.Asirlar va qul qilib sotilganlarning ko`plari islom dinini qabul qiladi , chunki turk qonunlariga ko`ra musulmonlar qul bo`lish mumkin emas edi. Musulmon dinini qabul qilgan xristianlardan turk hukumati sulton gvardiyasini - yanicharlar korpusini tashkil qilgan. Xristianlarni musulmon diniga o`tkazib , Kichik Osiyoga o`qishga yuborganlar ( va ulardab yanicharlar qo``hinini tuzganlar ).Mulk va imtiyozlarini saqlab qolish uchun ko`plab Bolqon feodallari, savdogarlari, hunarmandlari islom diniga o`tganlar.Turklashgan xristianlar o`z xalqidan aloqasi uzilib , turk tili va madaniyatini o`zlashtiradi.Bular natijasida turklar soni oshib, istilo etilgan hududlarda turk hokimiyatini mustahkamladi. Musulmonlikni qabul qilgan serblar , greklar , abbanlar davlatda va armiyada katta lavozimlarni egallashgan.


Qishloq aholisi o`rtasida musulmonlashtirish Bosniyada , Makedoniya va Alba niyaning qator hududlarida tarqaladi. Imperiyaga kirgan hududlar yirik harbiy-ma`muriy birliklarga - beylerbeylikka, yoki viloyatlarga bo`linadi. Ular o`z navbatida sanjoqlarga bo`lingan.Viloyat va sanjoq boshliqlari joylarda fuqarolik hokimiyatini amalga oshirgan va mahalliy qo`shinga rahbarlik qilgan.Sud hokimiyati mustaqil qozilar qo`lida bo`lgan. Boshqaruvning bunday harbiy - ma`muriy tartibi hamma joyda tarqalmagan.Chet hududlarda , Gretsiya , Albaniya va Chernogoriyaning tog`lik rayonlarida turklar faqat belgilangan soliq olish bilan cheklanganlar.
Turklar istilosi Bolqonga provaslav cherkovining iqtisodiy qudrati va siyosiy ta`sirini kuchsizlantiradi.Monastir va cherkovlardan yerlari tortib olinadi.Ko`plab cherkovlar buzilib ketadi.Bolgariya va Serbiya provaslav cherkovining mustaqilligi yo`qoladi.Bolqondagi hamma provoslav aholisi Konstantinopoldagi grek patriarxligiga bo`ysundiriladi.
XVI asrda Bolqondagi harbiy - ma`muriy va savdo markaziga aylangan ba`zi shaharlar rivojlana boshladi.Chunki turk hukumati va armiyasi shahar hunarmandchiligi va savdoning rivojlanishidan manfaatdor edi.Konchilik va qurilish bilan bog`liq yangi hunarlar paydo bo`ladi. Hunarmandchilik tsexlari musulmon va xristianlar uchun alohida tashkil qilingan ( esnat , yoki rutet ).Ular faoliyati davlat tomonidan nazorat qilingan : sulton farmonlari bilan ularning huquq va imtiyozlari belgilangan.
Savdogarlar ham tsexlarga uyushganlar.
Odatda turklar savdo bilan kam shug`ullanganlar. Savdogarlar asosan grek, slavyan, armyan , yevreylardan iborat bo`lgan.Tashqi savdoda Venetsiya , Genuya , Nemis savdogarlari muhim o`rin tutishgan.Turklar xorijiy sanoat mahsulotlarini ko`paytirish uchun savdogarlarga imtiyozlar berib , boj to`lovlarini kamaytirganlar.Bu esa Bolqon savdogarlari faoliyatini qiyinlashtirib, mahalliy hunarmandchilikning rivojiga to`siq bo`ladi.Shahar va qishloq o`rtasida ayirboshlov ahamiyati katta emas edi.
XVI – XVII asrlarda mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan mayda savdo va hunarmandchilik markazlari ko`payganligi kuzatiladi.Ularning o`sishi qishloq aholisining ko`plab kelishi hisobiga ekanligi natijasida bunday shaharlarda mahalliy hunarmand va savdogarlarning ko`payishiga olib keladi.Ayniqsa savdo va harbiy yo`llarga joylashgan shaharlar tez rivojlanadi.M : Belgrad , Saraevo , Sofiya , Salanika.Shu tariqa bunday shaharlarga xristian aholisi ko`paya boradi.
XVI asrda savdo yo`llarining O`rta yer dengizidan Atlantika okeaniga ko`chishi , Italiya shaharlarining tushkunligi Bolqon yarim orolining ichki shaharlarining Adriatika bilan savdo aloqalarini zaiflashtirardi.Biroq bu hududlarning Markaziy Yevropa bilan aloqasi kengayib boradi.Jiddiy siljishlarga qaramasdan Bolqon mamlakatlari iqtisodiy jihatdan boshqa Yevropa davlatlaridan orqada qolgan edi.Istilo etilgan mamlakatlarda nisbatan turk - usmoniylarga feodal munosabatlar rivojlanishning quyi bosqichida edi.Bolqon yarimoroli istilo etib , turklar mavjud feodal munosabatlarni o`zgartirmaydi.Trtiblarni o`z ehtiyojlariga moslashtirishga urinadilar.
Vaqt va mulk ( shaxsiy ) yerlardan tashqari yerlarinig katta qismi davlatga , yoki sultonga tegishli hisoblangan. Bu yerlar turk feodallariga len egaligi sifatida berilgan. Ular orasida harbiy lenlar ko`pchilikni tashkil qilgan : kichikroqlari - timar , yiriklarizeamet.Ularning egasi – sipohilar sulton suvoriylari safida xizmat qilganlar va len miqdoriga qarab ma`lum qo`shin to`dalab berish kerak bo`lgan.Oliy harbiy boshliqlar va amaldorlar katta len – xoss olganlar.Yer fondining bir qismi davlatda qolib , sulton va uning oilasining shaxsiy domeni hisoblangan.
Len egalari qator feodal huquq va imtiyozlardan foydalanganlar.Turk qonunlari renta hajmini va feodallarning dehqonlarga munosabatini qat`iy belgilagan.Feodallar o`z yurisdiksiyalariga ega bo`lmaganlar , lenlarini boshqarishda to`la mustaqil emas edilar.
Feodallar asosan musulmonlardan iborat bo`lgan Istiloning dastlabki davrida ko`plab mayda feodallar – xristianlar saqlangan edi , biroq vaqt o`tishi bilan ular musulmonlikni qabul qilganlar yoki yerlaridan mahrum bo`lganlar.XVII asrga kelib xristian diniga e`tiqod qiladigan feodallar qolmaydi.Aholining katta qismoni tashkil qilgan feodal qaram dehqonlar – ra`iyat o`zlarining yerlariga merosiy egalik qilganlar.
Hamma mehnatga yaroqli aholi xiroj yoki juzya to`lagan.Feodallar pul solig`i ( ispanja ) va ushr olganlar.Cherkovdan ham soliq olingan.
Dehqonlarning katta qismi yerga biriktirilgan bo`lib , feodal yoki mahalliy hokimiyat ruxsatisiz ketib qolishi mumkin emas edi.Turk qonunlari qochoqlarni 10 - 15 yil izlashga muddat belgilangan.Chorvachi jamoalar ham soliq to`laganlar. Ular nisbatan mustaqil edilar , xususiy kishilarga biriktirilmagan.Ba`zi dehqob jamoalari soliqlar o`rniga davlat foydasiga ishlab berganlar.Ular chegara xizmatini o`taganlar , yo`llarni tozalaganlar va h. Iqtisodiy va huquqiy jihatdan ular qulay ahvolda bo`lganlar.
Turk davlatining rivojlangan davri XV asr va XVI asr I yarmiga to`g`ri keladi. Sulton Sulaymon davrida ( 1520 - 1566 ) turlar Yevropa Osiyo va Agrikada yirik istilolarga erihsadilar. XVI asr o`rtasidan boshlab tushkunlik alomatlari ko`rina boshlaydi.Markaziy hokimiyat kuchsizlanib , mahalliy poshsholarning separatistik hokimiyatlari kuchaydi. Davlat xazinasi kamayib, harbiy kuchlar va harbiy - feodal tuzum emirila boradi.XVI asrda Evropa davlatlarida ijtimoiy – siyosiy vaziyatning o`zgarishi tuayli Yevropa davlatlariga qarshi urush qiyinlashdi.Davlat xazinasi daroadining asosiy manbalaridan biri – bosib olingan hududni talash talash yo`qqa chiqadi.
Yanicharlar savdo va hunarmandchilik bilan shug`ullana boshladilar , yerlar sotib olganlar.Sipohilar harbiy majburiyatdan bosh tortib , yerlarini merosiy qilishga harakat qiladilar.Feodallarning bir qismi yerlaridan mahrum bo`ladi.Lenlar ba`zida savdogar va so`dxo`rlar qo`liga o`tib ketadi.
Usmoniylar imperiyasi ijtimoiy - iqisodiy tuzumidagi o`zgarishlar ijtimoiy kurashni keskinlashtirib yuboradi.Aholining ahvoli yomonlashadi va Bolqonga milliy ozodlik harakatlari avjiga chiqadi.
XV asr oxirida Albaniya Rumeliya viloyatlari qo`shib olinadi.Alban feodallari islom dinini qabul qilib, turklarga xizmatga o`tadilar.Albaniyaning tekislik hududlarida turklarning harbiy len va ma`muriy tartiblari o`rnatilari, tog`lik hududlarda aholidan soliq olish bilan cheklanganlar.Aholi asosan chorvachilik bilan shug`ullangan , tog`u – toshlardan o`zlashtirilgan yerlarda dehqonchilik qilganlar.Yetishmovchilik aholini boshqa joylarga ko`chib ketishga , Yevropa davlatlari qo`shinida yollanib xizmat qilishga majbur qilgan.Tog`larda patriarxal munosabatlar hukm surgan.Bir ajdoddan tarqalgan bir necha o`n oila fis deb atalgan territorial jamoani tashkil etgan.
Haydaladigan yer , yaylov fisga tegishli bo`lsada, har bir oila o`z uyi va mulkiga egalik qilgan.Fis boshliqlari kengashni ( qubend ) tashkil qilgan.
XV asr oxirida Usmoniylar butun materik Gretsiyasini bo`ysundirdilar.XVI asr va XVII asrda Turkiya va Venetsiya o`rtasida Egoy va Loniya dengizidagi orollar uchun urush boradi.Rodos , Kipr va boshqalar gekinlin bilan turklar qo`liga o`tadi , urush tugaydi grek yerlarida aholi kamayib , iqtisodiy tushkunlik boshlanadi.Tarixdan ma’lumki Misr davlatchilikka asos solingan ilk mamlakatdir. Misrda bundan 5000 yil avval Misrda davlatchilikka asos solingan. Misr o’z tarixi davomida juda ko’p urishlar, sulolar almashinuvi, davlatlar bosqini va qo’zg’alonlarga guvox bo’lgan. Mana shu gapimizning isboti sifatida Misrning bizning mavzuimizgacha bo’lgan davrini qisqacha ko’rib chiqsak.
Misrning qulay geografik joylashuvi va boy tabiiy sharoiti qadimdan boshlab kishilarni o’ziga jalb qilib kelgan. Mana shu holatlar keyinchalik biz ko’rib chiqadigan mavzuda, yani “Misr Usmonlilar imperiyasi tarkibida” mavzusida ham o’z aksini topadi. Faqatgina bu davrga kelib Misrga g’arb davlatlari qiziqa boshlaydilar.
Misrda ilk odamlar arxelog D.D. Klarkning ma’lumotiga ko’ra 80 – 90 ming yil oldin kelib joylashganlar.1 Olimlar bundan tashqari 25 – 30 ming yil avval Fayum voxasida ham odamlar yashaganliklarini aniqlashgan. Bu voxadan o’sha davrga tegishli juda ko’plab ashyoviy dalillar topilgan. Milloddan avvalgi VI – V mingyilliklarda aholi soni ortib, ilk qishloqlar paydo bo’la boshlagan.
Misrning tub aholisi qorachadan kelgan, xushqomat va kamsoqol bo’lishgan.
Bundan tahqari Misrda aholi sonini ortishida janubdan kelgan – nubiyaliklar,
Markaziy Afrikadan kelgan – liliputlar, g’arbdan kelgan – liviyaliklar, shimoli – sharqdan kelgan – giksoslar, habashlar, ossurlar, forslar, yunonlar, makedonlar va rimliklarning xissasi katta. Bu xalqlar ham keyinchalik misrlilar bilan aralashib ketib, misrliklarga aylanganlar. Ammo bir narsani aytib o’tish kerakki ushbu xalaqlarning hammasi bir vaqtning o’zida kirib kelmagan, bular birnecha yillar ichida Misrnin egallaganlar, bazilari esa Misrga ko’xhib kelib shu yerni o’zlarining asosiy makonlariga qylantirganlar.
Yuqorida Misrda odamlar qachondan boshlab paydo bo’la boshlaganliklari haqida aytib o’tdim, endi esa Misrdagi ilk davlatlarga urg’u bersak.
Miloddan avvalgi IV – ming yillikda Nil qirg’oqlari atrofida ilk shahar – davlatlar paydo bo’la boshlaydilar. Bu shahar davlatlar “nom” lar deb atlaib ularning soni 42 ta bo’lgan. Xar tarafga yoyilib ketgan mamlakatlar ikkita davlatda birlashadilar: Yuqori Misr (Janubiy podsholik) va Quyi Misr (Shimoliy podsholik). Taxminan ming yil davomida bu ikki davlat – janub shimol ustidan g’laba qozongunga qadar bir – birlari bilan dushman bo’lganlar.
Misr tarixini ikkiga bo’lib o’rgansak bo’ladi: birinchi davr ilk davlatchilikka asos solingan davrdan arablar iste’losigacha bo’lgan davr, ikkinchi davr Misrda Islom dini kirib kelishi va hozirgacha bo’lgan davr.
Misr tarixida qadimgi podsholik davri beshta davrni o’z ichiga oladi, bular: 1. Ilk podsholik davri – miloddan avvalgi 3100 – 2800 yillarda
Qadimgi podsholik davri – miloddan avvalgi 2800 – 2250 yillarda
O’rta podsholik davri – miloddan avvalgi 2040 – 1750 yillarda
Yangi podsholik davri – miloddan avvalgi 1584 – 1085 yillarda
So’ngi podsholik davri – miloddan avvalgi 1085 yildan Misr Vizantiya ta’siriga tushib qolgunga qadar (milodiy 395 yil).2

Bu podsholiklarda qanday voqealar sodir bo’lganini ko’rib chiqsak.


Ilk podsholik davri ikki davlatni, yani yuqori va quyi Misrni birlashtirilishi bilan ahamiyatga molik. Yuqori Misr poshohi Narmer Quyi Misrga bostirib kirgan, mana shu voqeadan boshlab Misrda yagona davlat tuzish uchun kurashlar boshlanib ketgan. Miloddan avallgi III mingyillikda Yuqori Misr shohi Mina (Menes) ikki davlatni yagona bayroq ostida birlashtiradi. Mina bundan tahqari Memfis shahrini qurdirib uni poytaxtga aylantirgan va birinchi sulolaga asos solgan.3 Ilk podsholik davrida ikkita sulola vakillari hukmronlik qilganlar. Ikkinchi sulola davridan boshlab
Misr podshohlari fir’avnlar deb atala boshlaganlar.
Qdimgi podsholik davrida esi Misrda 3 – 6 sulola vakillari hukmronlik qilganlar. Bu davrda podsholar asosan davlatni kengaytirish, mustahkamlash va markazlashtirish uchun ko’plab harakatlar olib borganlar. Ayniqsa 4 sulola vakillari
Nubiya, Falastin, Liviya va Sinayga juda ko’plab yurishlar qilganlar. Bu davr yana shunisi bilan mashhurki, miloddan avvalgi 2715 – 2613 yillarda 3 sulola vakillari hukmronligi davrida dunyoga mashhur Misr piramidalari quriladi. Misrda qurilgan ilk piramida bu fir’avn Joser piramidasidir. Eng katta piramida esa fir’avn Hufu piramidasidir. Bu piramidaning balandligi 150 metr bo’lgan.
Bu davr oxirlariga kelib Misrda bo’linish kuztiladi. Misr mayda davlatchlarga bo’linib ketadi va mana shu mayda davlatlar hukmronlik uchun bir – birlari bilan qonli urushlar olib boradi. Bunga esa piramidalar qurilshi sabab bo’ladi, chunki bu qurilishlar juda ko’plab mablag’ talab qilar edi. Mana shu tarqoqlik davrida Misrda 7
– 10 sulola vakillari hukomronlik qilganlar. Bu davr o’z ichiga 2192 – 2040 yillarni oladi.
2040 yilga kelib Fiva hukmdori Mentuxatep Gerakleopol podsholariga qarshi kurashib yuqori va quyi podsholiklarni birlashtiradi, hamda Markazlashgan Misr davlatiga ikkinchi marotaba asos soladi. Bu davrga kelib Fiva Misr poytaxtiga aylanadi. O’rta podsholik davrida 11 – 13 sulolalar hukmronlik qilganlar. Bu davrda ham fir’avnlar iste’lochilik yurishlarini amalga oshirganlar. Ular Nubiya, Sinay, Finikiya, Falastin, hattoki Frot daryosi sohillarigacha borganlar. Lekin bu davr ham osoyishtalik bilan o’tmagan miloddan avvalgi XIX asrdan boshlab o’rta podsholik tushkunlikka yuz tutadi. 13 sulola davridan boshlab o’zaro urushlar kuchayib ketgan.
Bundan sillasi qurigan jabrdida xalq 1750 yilli qo’zg’alon ko’targan.
Bu davrga kelib Misrni zaiflashib qolganidan foydalanib Giksoslar kirib keladilar. Ular avval Misrga tinch yo’l bilan ko’chib kiradilar, keyinchalik ular Misrda Avoaris shahriga asos soladilar. Misrga ilk bor otlarni Giksoslar olib kirganlar. Giksoslar Misrda miloddan avvalgi 1710 – 1580 yillarda hukmronlik qilganlar. Giksoslar 15 – 16 sulolaga mansub edilar.
XVI asr boshlariga kelib Misrda ozodlik harakatlari kuchayadi. Bu harakatlarga 17 sulola vakillari Fiva hukmdorlari boshchilik qilganlar. Giksoslarga qarshilk harakatni Kamesu boshlaydi. Kamesudan keyin harakataga ukasi Yaxmos I boshchilik qilgan. U giksoslarni mamlakatdan butunlay chiqarib yuboradi.
Giksoslar quvib chiqarilgach Misrda yangi podsholik davri boshlangan. Bu davrda 18 – 20 sulola vakillari hukmronlik qilgan. Bu davrda Misr hududi ancha kengayib janubda Nubiyaga, shimol va shimoli – sharqda O’rtayer dengizining sharqiy sohillarigacha cho’zildi. Bu davrda Qadimgi Misr tarixidagi eng ko’p iste’lochilik yurishlari amalga oshirilgan. Eng ko’zga ko’ringan iste’lochiolar bular Tutmos I va Tumos III.
Miloddan avvalgi XIV asr o’rtalariga kelib ahvol yomonlashadi. 1320 – 1085 yillarda hukmronlik qilgan XIX sulola vakillari bu holatga barham beradilar. Bu sulola asoschisi – Ramzes I.4
1085 yili Ramzes XI vafotidan so’ng 20 sulola vakillari tugab, Misr davlati ikkiga bo’linib ketgan. Janubiy Misr Fiva hokimlari qo’liga, shimoliy Misr 21 sulola asoschi Tanis hukmdori Smendes qo’liga o’tgan. Shu voqea bilan Yangi podsholik davri tugaydi.
Miloddan avvalgi XI asr boshlarida Yangi podsholik tugatilgandan so’ng so’ngi podsholik davri boshlanadi. Bu davrda Misr tashqi davlatlar ta’siriga tushib qoladi. Bu davr Liviya – Sais davri deb ham ataladi. Chunki bu davrda yollanma qo’shinda liviyaliklar hukmronlik qilib, asta – sekin hokimiyatni egallaydilar.
Bundan tashqari Misr miloddan avvalgi VIII – VII asrlarda Efiopiyaliklar, miloddan avvalgi 671 – 655 yillarda Ossurlar, miloddan avvalgi 525 – 404 yillarda forslar, miloddan avvalgi 332 yilda Aleksandr Makedonskiy, miloddan avvalgi 30 yilda Rim imperiyasi tarkibida bo’ladi. Milodiy 395 yilda Misr Vizantiya ta’siriga tushib qoladi, shu bilan qadimgi Misr tarixi o’z nihoyasiga yetadi.
Bundan keyin davr haqida qisqacha aytib o’tadigan bo’lsak, Misrni 640 yili arb harbiy qo’mondoni Amr ibn al – As egallaydi. Shu davrdan boshlab Misrda Islom dini keng yoyila boshlaydi va Misr Arab xalifaligi tarkibiga qo’shiladi5. Kelgusida Misrda – Ummaviylar, Abbosiylar, Ixshidlar, Fotimiylar, Ayubiylar, 1250 yildan boshlab mamlyuklar hukmronlik qilishadi. Faqatgina bu davrlarda Misrning avvalgi poytaxtlari o’z axamiyatini yo’qotib 969 yilda asos solingan Qohira shahri markazga aylanadi. Mana shu mamlyuklar hukmronligini oxiri va Misrni usmonlilar tomonidan zabt etilishi bilan bizning mavzuimiz boshlanadi.

Download 433.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling