O‘zbекisтоn rеspubliкаsi


Milliylik va baynalmilliylik dialektikasi


Download 433.5 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi433.5 Kb.
#1489694
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Usmoniylar turklar imperiyasi Муслимбек

Milliylik va baynalmilliylik dialektikasi. Millat va millatlararo munosabatlar jamiyat hayotida katta o‘rin egallaydi. Milliy rivojlanishni va millatlararo munosabatlarni barqaror takomillashtirib borish ko‘pmillatli har qanday davlat uchun muhim amaliy ahamiyatga molikdir. Respublikamizda insonparvar, demokratik jamiyat qurish uchun avj olgan hozirgi sharoitda millatlararo madaniyatni yangi bosqichga ko‘tarmoq uchun odamlar milliy ongni va umuminsoniy qadriyatlarni, ayniqsa baynalmilal his-tuyg‘ularni shakllantirish muhim ahamiyatga molikdir. Buning uchun esa eng avvalo, milliylik va baynalmilliylik orasidagi dialektik aloqadorlik mexanizmini to‘la tushunib olmoq darkor.
Milliylik deganda, eng avvalo, o‘z millatini ulug‘lash va uni himoya qilish, milliy g‘urur va nafsoniyat tuyg‘usini o‘zining tili, adabiyoti, madaniyati va san’ati, dini, tarixi va urf-odatlari, barcha ma’naviy qadriyatlarni qadrlash, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan ona diyorini ardoqlash, uning tabiati, daryo va ko‘llari, musaffo osmoni bilan faxrlanish tushuniladi. Baynalmilliylik boshqa millat va elatlar manfaatini hamisha e’tiborga olish ularning tili, adabiyoti, madaniyati, san’ati, tarixi, dini, urf-odatlarini himoya qilish, qadrlay bilish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, bisotida baynalmilliylik tuyg‘usi bo‘lgan inson dastlab o‘z millati yoki elatining milliy qadriyatlarini uzlashtirib oladi. Milliy qadriyatlarni uzlashtirish orqali boshqa millat va elat yaratgan umuminsoniy qadriyatlarni, ya’ni insoniyat yaratgan barcha ilg‘or progressiv qadriyatlarni o‘zlashtiradi.
Milliylik va baynalmilliylik inson faoliyatining bir ikkinchisi bilan dialektik aloqador bo‘lgan eng muhim his va tuyqulardir. Bu ikki xislat ikki darajada biri ikkinchisisiz yashay olmaydi, mavjud ham bo‘la olmaydi. Inson faoliyatidagi bu ikki tuyg‘uning biri kuchsizlansa ikkinchisi ham darhol zaiflashadi. Lekin shuni alohida ta’kidlash zarurki, baynalmilliylikning zaminida milliy ong yotadi. Chunki insonda milliylik tuyg‘usi bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millat elatga mansubligini his qila olmasa, o‘sha millat yoki elatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy manfaatlarini tushunib yetmasa, uni himoya qila bilmasa, urf-odatlari va rasm-rusumlariga rioya qilmasa, madaniyati, tili, adabiyoti va tarixidan yiroq bo‘lsa, bunday kishi chinakam baynalmilalchi bo‘la olmaydi.
Ma’lumki milliy munosabatlar ijtimoiy munosabat-larning ajralmas qismidir. Shuning uchun ham milliy va millatlararo munosabatlarda ijtimoiy hayotimizning iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy va boshqa sohalarida ruy berayotgan o‘zgarishlar, qiyinchililar, ziddiyatlar o‘z aksini topmay qolmaydi. Har g‘qanday rivojlanishga ziddiyatlar xosdir. Binobarin o‘zaro milliy munosabatlar rivoji uchun ham muqarrardir. Eng muhim, ziddiyatlarni yuzaga keltirib turadigan jihatlarni ko‘ra bilish, hayot o‘rtaga qo‘yadigan savollarga o‘z vaqtida to‘g‘ri javob topib berish zarur. Afsuski, o‘tmishda milliy siyosatning yutuqlari haqida keragidan ortiqcha darajada gapirilsa, ammo maskur sohadagi jiddiy kamchiliklar, buzilishlar, xatolar, muammolar haqida lom-lum deyilmadi, jiddiy kiyinchaliklarni ko‘rib ko‘rmaslikka olindi.
Sovet hokimiyati yillarida amalga oshirilgan tarbmyaviy-mafkuraviy ishlarimizda baynalmilliylik milliylidan ajratib qyilgan. Zo‘r baynalmilliylik haqida gapirdigu, milliy g‘urur haqida lom-lum demadik. Umumta’lim maktablarining dasturida milliy madaniyatni, millat tarixini, milliy tilni o‘qitishga e’tibor berilmadi. Natijada yigit va qizlarimizning ko‘pchiligi milliy qadriyatlarimizdan benasib bo‘lib voyaga yetdilar.
Totalitar davlat uzoq yillar bir tomonlama olib borgan tarbiyaviy-mafkuraviy ishlari, ya’ni milliylikka asoslanmagan, milliylikdan ajralgan baynalminal tarbiya oqibatida odamlarning milliy manfaatlari poymol qilindi, milliy g‘urur bug‘ib qo‘yildi.
Chunki mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidla-ganidek, SSSRda kommunisti mafkuraningeng muhim maqsadi-ahalini baynalmillashtirish hamda markazning “sovet xalqi” degan o‘ziga xos sotsial birlikni shakllantirish g‘oyasini oshirish chog‘ida barcha milliy xususiyatlari asosiy to‘siq hisoblangani sir emas.
Sobiq totalitar sovet dalatining milliy masalani hal qilishdagi zo‘ravonlik siyosatiga volga bo‘yida yashaydigan kalmiqlar, shuningdek, chechenlar va ingushlarning ko‘chirilib yuborilishi, qirim tatarlari, mesxetiyalik turklarning zo‘ravonlik bilan o‘z ona-Vatanlaridan mahrum qilib Markaziy Osiyoga ko‘chirilib yuborishlari misoldir.
Milliy masalani hal qilishning jirkanch ko‘rsatkichlaridan yana biri shu buldiki, iloji boricha millatlarni bir-biriga zo‘ravonlik bilan qo‘shib yuborishi ham amalga oshirildi. Taniqli etnograf S.I.Brukning keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, 1926 yilda o‘tkazilgan aholi ruyxati bo‘yicha sobiq sovet hududida 194 ta etnik birli yashagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1970 yilda 101 taga tushib qoldi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, ular katta millatlarga qo‘shib yuborilsa, oqibatda ular o‘z ona tillari, urf-odatlar, an’analari va qadriyatlaridan asta-sekinlik bilan mahrum bo‘lgan.
Sobiq totalitar sovet davlati SSSR hududida yagona tilni shakllantirish milliy madaniyatlar o‘rniga yagona madaniyat vujudga keltirish borasida ham katta ishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa til sohasida olib borilgan siyosatda rus tili rasmiy tilga aylanib bordi va kuklarga ko‘tarib maqtaldi. Ammo o‘z ona tilini esdan chiqarib o‘zligini yuqotib manqurtga aylanib borayotgan millatlar haqida hech qayerda gapirilmas va yozilmas edi.
Milliy rivojlanishni tashkil qilish va millatlararo munosabatlarni takomillashtirish sobiq totalitar sovet davlati olib borgan siyosat nazariy jihatdan yaroqsiz ekanligini hayot tasdiqladi.
Bunday farqli ravishda milliy rivojlanish va millatlararo munosabatlarni takomillashtirib borishdagi dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida to‘plangan tajribalar shundan iborat-bo‘ldiki, bu mamlakatlarning ko‘pchiligida har bir millatning sonidan qa’tiy nazar riojlanish uchun ishlab chiqilgan huquqiy jihatlar real hayotda amalga oshirilishiga katta e’tibor berildi. Milliy ehtiyojlarning muntazam ravishda qondirilib borilishi asosida davlatlar o‘z atrofida tabiiy ravishda turli millat va elat vakillarini birlashtiradi hamda demokratik fuqa-roviy jamiyat qurishga erishdilar.
Milliy va millarlararo munosabatlar masalasida yo‘l qo‘yilgan hato va kamchiliklar qanday salbiy oqibatlarga olib kelganligini bilish, milliy masalada kelajakda bunday vaziyatlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularni keltirib chiqargan va rivojlantirib yuborgan sabablarni keng va atroflicha idrok qilish maqsadga muvofiqdir. hozirgi kunning asosiy vazifasi milliy masalada o‘tmishda ro‘y bergan nuqson va kamchiliklarni sanab o‘tishdangina iborat bo‘lmay, bali bugungi kunning vazifalari va kelajak haqida ilmiy asosda aniq-ravshan, fikr yuritishdir.
Milliy munosabatlarni yanada takomillashtirishda barcha millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlikni kuchaytirish, ularning hamkorligini mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan har bir milliy madaniyatdagi ijobiy yutuqlar, foydali tomonlarni doimiy ravishda o‘rganib, ularni keng va atroflicha foydalanish milliy madaniyatlarni o‘zaro boyitishning, kishilarni baynalminal ruhda tarbiyalashning zarur yo‘llaridan hisoblanadi.
Kishilarni baynalminal ruhda tarbiyalashda turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni, hamkorlikni riojlantirishda insoniyat madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lgan turli tillarni mukammal egallash katta ahamiyat kasb etadi. Har bir til xalqning ma’naviy boyliklarini chuqurroq egallab olishi, millatlar va xalqlarning hayoti, tarixi, madaniyati va psixologiyasini chuqur tushunib olish uchun muhim o‘ringa ega. shuningdek jahon millatlari o‘rtasidagi do‘stlikni, hamkor-likni mustahkamlash va rivojlantirishda boshqa xorijiy tillarni bilish katta ahamiyat kasb etishi hammamizga ayon.
Ma’lumkiota-bobolarimiz bir necha chet tillarni, jumladan, arab, fors, sankrit, lotin, yunon va boshqa tillarda nodir asarlar yozib qoldirishgan. Umuman, har bir ko‘p millatli davlatning mustaqil ishlab chiqilgan milliy siyosiy konsepsiyasi bo‘lishi shart.
Davlatning faoliyatida amalga oshiriladigan milliy siyosat har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilanishi, millatlarning teng huquqligini ta’minni millatlararo munosabatlarni hisobga olish, bir millatlik, mahalliychilik, shovinizm va millatchilikni nazarda tutadi.
Xulosa qilib aytganda, professor A.Choriyev ta’kidla-ganidek: “Davlat mafkurasining asosini tashkil etuvchi umum-milliy, umumdavlat g‘oyasining bo‘lishi tarixiy zaruratdir. Chunki, har qanday davlat sharoitida ham uning turli millat va elatlarga, maslak va manfaatlarga mansub fuqarolari uchun umumiy g‘oya zarur. Yagona davlat hududida yashovchi barcha millatlar va elatlar manfaatiga mos tushuvchi umummilliy, umumdavlat g‘oyasi bo‘lmasa, ko‘p milltli davlat sharoitida u yoki bu millat manfaati oyoq osti bo‘ladi.
Xuddi shuning uchun ham turli millat va elatlar yashayotgan O‘zbekiston sharoitida barcha millat va elatlarning milliy manfaatiga mos tushuvchi umummilliy g‘oya ularni nurafshon kelajak-insonparvar, demokratik jamiyat qurishdek oliyja-nob maqsad atrofida birlashtiradi.
XULOSA:
Xulosa qilib aytganda bu davlat dastlab Kichik Osiyoning shim. g’arbiy qismi Eski shahar va Anatoliya hududida saljuqiylarnint Ko’niya sultonligiga tobe kichik bir beklik (beylik) shaklida tashkil topgan. Bu beklikning ilk hukmdori Erto’g’rul bo’lsa qam uning o’g’li — Usmonbey davrida beklik mustaqil davlatga aylanganligi uchun uning nomi bilan Usmonli bekligi deb atalgan. Keyinchalik bu davlat Usmonli turk imperiyasi nomini olib, o’rta asrlarda jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Usmon I va uning o’g’li Urxon bek (bey) unvonini qabul qilgan bo’lsa, Urxonning o’g’li Murod I davridan boshlab hukmdorlar sulton deb atalgan.
Usmon G’oziy davridayoq qo’shni Vizantiya imperiyasiga qarshi bir qancha harbiy yurishlar qilinib, Qoracha Hisor va Yor Hisor qal’alari, Bursaning atroflari egallangan.
Uning o’g’li Urxon G’oziy Vizantiyaning Bursa, Nikeya, Nikomediya shaharlarini istilo qilib, 14-a. ning o’rtalaridayoq Qora dengiz va Marmar dengizi sohillariga chiqqan. Bu davrda usmonli turklar (ular o’g’uz turklarining qay urug’iga mansub bo’lgan) Dardanell bo’g’ozidan o’tib, Yevropa hududiga kirishgan. 1356-y. da Bolqonni zabt etish tugallanib, Yevropa hududida yangi Rum eli (Rumeliya) viloyati ta’sis etilgan. Aynan shu paytdan Usmonlilar davlatini saltanatga aylanish jarayoni boshlangan. 1360-y. yanichar (turkcha: yangi cherik) — maxsus piyoda qo’shin tashkil qilingan.
Davlatning dastlabki poytaxti Melangiya, 1326—62 y. larda Bursa bo’lgan. Sulton Murod I, 1362-y. da poytaxtni Bursadan Edirna (Adrianopol)ga ko’chirgan. Uning hukmronlik davrida Yevropada yangi hududlar zabt etilgan. Kosovo maydonida bo’lgan jang (1389) da serblar maglubiyatga uchragach, Serbiya U. t. i. ga qo’shib olindi. Sulton Boyazid I Yildirim Bolgariyaning poytaxti Tirnovo (1393)ni egallab, Nikopol ostonalarida salibchi ritsarlarning birlashgan 60.000 kishilik qo’shinini maglubiyatga uchratdi (1396) va Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni qamal qilishga kirishdi. U Bolgariya, Valaxiya, Makedoniya, Fessaliyani o’z davlati tarkibiga kiritdi. Biroq, 1402-y. da bo’lgan Anqara jangit Amir Temur qo’shinidan Usmonli turk imperiyasining maglubiyatga uchrashi Vizantiya imperiyasini mukarrar halokatdan saqlab qoldi. Sulton Mehmed I va Murod II hukmronliklari davrida qo’ldan ketgan hududlar qaytarib olingan. Adolatli va insofli hukmdor sifatida nom chiqargan Murod II G’oziy 1422-y. Konstantinopolga hujum qiladi. Varna yaqini (1444-y. 10 noyab.) va Kosovo maydoni (1448-y. 17 — 19 dek.)da chexvengerlar qo’shinini mag’lubiyatga uchratib, 1449—50 y. larda Albaniya ustiga 2-marta yurish qilgan.
Murod II ning o’g’li Mehmed II Fotih turk qo’shinlariga shaxsan o’zi qo’mondonlik qilib, jahongirlik siyosatini olib borgan. U Sharqiy Rim imperiyasi — Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni 40 kunlik qamaldan so’ng egallab (1453-y. 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatgan. Konstantinopol turkcha Istanbul nomi bilan atalib, poytaxt bu yerga kuchirilgan. Bu g’alabadan sung Mehmed II Fotih Bolqon va Markaziy Yevropa mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Serbiya (1459), Moraviya (1460), Bosniya (1463), Valaxiya (1476), Albaniya (1479) Trapezund — Trabzon (1461) egallangan. Qrim xonligi tobe davlatga aylantirilgan (1475). Oq qo’yunli davlati hukmdori Uzun Hasanga qarshi harbiy harakatlar kuchaytirilgan. Yevropaning Italiya, Germaniya, Avstriya kabi davlatlari hududlarini egallash rejasi tuzilib, amaliy harakatga o’tilgan. Bu davrda harbiy va ma’muriy boshqaruv sohasida katta islohotlar o’tkazilib, ulkan saltanatni mustahkamlash choralari ko’rilgan. Ayniqsa, adabiyot, san’at va me’morchilik gullabyashnagan.
Sulton Boyazid II, Salim I va Sulaymon 1 Qonuniy hukmronlik qilgan davrlarda saltanat haddan tashqari kuchaygan. Xususan, Salim I Yovuz Eron safaviylari shohi Ismoil I qo’shinini yanchib tashlaydi (1514-y. 23 avg.). Iroq, Shom (Suriya), Falastin, Misrni egallab, Qohiraga kiradi (1517). Bu paytda Misrdan tashqari Shim. Afrikaning Jazoir hududi, shuningdek, Bolqon, Arabiston, Jan. Sharqiy Anadolu ham Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirgan. Halabda bo’lgan juma namozi (1516-y. 28 avg.)da sulton Salim I ga «ikki muqaddas shahar xizmatchisi» faxriy unvoni berilib, xalifa sifatida uning nomi xutbaga qo’shib o’qilgan (Usmonli sultonlar shu kundan e’tiboran to 1924-y. gacha ayni paytda islom olamining xalifasi ham hisoblangan). Sulton Sulaymon I ham jahongirlik siyosatini davom ettirgan. Vengriya bosib olingach, turklar Venani 1marta qamal qilishgan (1529). Polsha va Ukrainaga qo’shin jo’natilib, Egey dengizidagi Rodos va b. orollar ishg’ol qilingan. Sulaymon I Qonuniy «Muqaddas Rim imperiyasi»ga qarshi kurashish uchun Fransiya qiroli Fransisk I bilan birinchi fransuzturk siyosiy shartnomasi va savdo bitimini imzolagan (1535). 1556-y. ga kelib Usmonli turk imperiyasiga Kichik Osiyo hududi, G’arbiy Gruziya, G’arbiy Armaniston, Livan, Suriya, Iroq (Bag’dod bilan birga), Falastin, Hijoz, Yaman, Misr, Tripoli, Jazoir, Yunoniston, Bolgariya, Vengriya, Serbiya, Bosniya, Valaxiya, Transilvaniya, Moldaviya, Qrim kirgan. Bu paytda u jahondagi eng qudratli saltanatlardan biri hisoblangan. Saltanatning ulkan hududi 3 qit’a: Yevropa, Osiyo, Afrikaning katta kismini egallagan bo’lib, uning mayd. 8 mln. km2ga yetgan. 16-a. da turklarning kuchli dengiz floti butun Urta dengiz havzasini nazorat qilib turgan.
Sulton Murod III xukmronligi davrida Kipr o. bo’ysundirilgan. Bu paytda Gibraltar bo’gozidan Fors qo’ltig’igacha, Dunaydan Nil sohillarigacha bo’lgan hudud sultonlikka qaragan.
Biroq 17-a. oxiridan boshlab sultonlikning harbiy, siyosiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshlagan. Yevropa mamlakatlari o’zaro ittifoq tuzib, Usmonli turk imperiyasiga qarshi kurashga chog’langanlar. Vena atrofida bo’lgan 2jangda turk qo’shini Avstriya, Germaniya, Polshaning birlashgan armiyasidan yengilgan (1683). Muntazam davom etib turgan RossiyaTurkiya urushlari (167681, 168499, 171011, 176874, 178791, 180712, 182829, 185356, 187778, 191416 va b.) oqibatida Usmonli turk imperiyasi astasekin zaiflashib borgan. Hatto bu paytda vahhobiylarning ta’siri kuchayib, ular inglizlarning yordamida Fors qo’ltig’idagi ElXasa (1792), Karbalo (1801), Makka va Madina (1803—06)ni egallab, turklarga qarshi qirg’in uyushtirgan.
Salim III va Mahmud II hukmronliklari davrida saltanatni parchalanib ketishdan saqlab qolish uchun islohotlar o’tkazilgan. Sulton Abdulmajid yana islohotlar (q. Tanzimat) o’tkazish (1839) orqali, bir tomondan, sultonlik inqirozini to’xtatishga, ikkinchi tomondan, yangi turk ziyolilarini (ular o’zlarini ya n g i u s monlilar deyishgan) shakllantirishga muvaffaq bo’ldi. Bu paytda bo’lgan Qrim urushide. Turkiya o’zining eski raqibi Rossiya imperiyasi ustidan g’olib chiqdi hamda Qora dengiz va Dunay daryosidagi mavqeini qayta tikladi. Tanzimat va 1876-y. da qabul qilingan dastlabki konstitutsiya sulton Abdulhamid II tomonidan bekor qilingach (1878), mamlakatda istibdod davri boshlangan. Bu davrda sultonlik Yevropa davlatlariga iqtisodiy jihatdan qaram bo’la boshlagan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida «Ittihod va taraqqiy» partiyasi a’zolari mamlakatda konstitutsion monarxiya o’rnatish uchun qat’iy harakat qilishgan (q. Turkiya).

Download 433.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling