O'zbеkiston rеspublikasi


MAVZUSINI O’QITISHDA MODELLASHTIRUVCHI O’YIN METODINI QO’LLAB DARS O’TISHNI TAKOMILLASHTIRISH


Download 71.51 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi71.51 Kb.
#1513920
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hisob registrlari

MAVZUSINI O’QITISHDA MODELLASHTIRUVCHI O’YIN METODINI QO’LLAB DARS O’TISHNI TAKOMILLASHTIRISH


Mamlakatimiz kelajagi bo'lmish yoshlarga hozirgi kunda qator imkoniyatlar yaratilgan bo'lib, ta'lim sohasida ushbu borada qator islohot va yangiliklar olib borilmoqda. mamlakatimizda yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish jarayoni kundan-kunga jadallashib, malakali kasb egalarini tayyorlash masalasi takomillashib bormoqda. Barcha mutahasisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, muayyan mutahassislik bo'yicha tahsil olayotgan har bir shaxs o'z kasbining yetuk ustasi, ya'ni professional mutahassis bo'lib shakllanishi uchun bor imkoniyatlar sarflanyapti.
Nafaqat o'qituvchilar bilan ishlash, balki, hozirgi kunda talabalarning mustaqil ishlashlariga katta e'tibor qaratilib, bir qator imkoniyatlar yaratib berildi. Bularga misol tariqasida, ahborot tehnologiyalari bilan ta'lim berish jarayonini misol qilamiz. Tehnika asrida fan yutuqlari bo'lmish kompyuter, internet tarmog’idan ta'lim jarayonida foydalanish bilan bir qatorda yangi pedagogik tehnologiyalarni qo'llash ham alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy pedagogik tehnologiya mavzularini puxta o'zlashtirishda ta'limning tehnikaviy vositalaridan foydalanish ham nazarda tutiladi. Ta'lim shakli, usuli, uslublari, ma'naviy va tarbiyaviy vositalarining yig’indisini aniqlovchi psihologik-pedagogik ko'rsatmalarning majmui hisoblanadi. Yangi pedagogik tehnologiyalar ta'lim samaradorligini oshirishda o'qituvchining, ma'lumot manbaining ta'sir doirasini kengayishiga, shu bilan bir qatorda o'quvchining faolligini ta'minlovchi vositadir.
Ta'tim tizimi isloh qilingach, dars berish jarayoni ham yangilandi. Ilgari foydalanilgan dars o'tish metodlaridan yangi pedagogik metodlarga o'tildi.
Bizga ma'lumki, talaba - yoshlar hech qachon bir hil bilim darajasiga ega emaslar. Qaysidir talaba sekinroq tushunsa, yana qaysidir talaba tezroq ilg’ab oladi. O'quvchilar bilim darajasi jihatidan har hil bo'ladi. Biri faol, biri sust. Kimdir tez ahborotni qabul qilsa, kimdir sekin, qo'shimcha yana bir oz tushuntirishdan so'ng qabul qiladi. Bunday o'quvchilar odatda guruh oldida savol bergani ham uyalishadi.
Bulgusi mutahassislarini sifat jihatidan zamon talabi darajasida tayyorlashga avvalo ularga aniq bilimlar berish, kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularni kelgusi faoliyatlarida unumli qo'llashga o'rgatish orqali erishish mumkin. Shunday ekan, o’quv-tarbiya jarayonini ta'lim nazariyasi faoliyati nuqtaii nazaridan ko'rib chiqib, barcha ta'lim-tarbiya ishlarini “pedagogik tehnologiya” yo’nalishiga o'tkazish kerak.
BMI ning bosh maqsadi sifatida buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari haqida ma'lumotlarni talabalarga o'yin tashkil etgan holda yetkazib berishdir. Bu jarayonga asosan o'qituvchining o'rni alohida. Chunki avvalambor talaba - yoshlarni darsga qiziqtira olish darkor. Bunda u o'zining bor mahoratini ishga solishi kerak. masalan , o'ziga biror qulayroq dars o'tish usulini belgilab, shu bilan darsni boshlaydi. Bunday usullarga modellashtiruvchi o'yin metodining bir qismi birgalikda bilim olish usulini aytish mumkin. Birgalikda bilim olish usulidan foydalanilganda uning o'qitish principlariga to'la rioya qilish lozim9.


Download 71.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling