O‘zbekiston respublikasi
Download 365.34 Kb. Pdf ko'rish
|
qutlug qon asarida xarakterlar ruhiyati tasviri
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB «Qutlug‘ qon» asarida xarakterlar ruhiyati tasviri. 3.1 Asar qahramonlari ruhiyatidagi o‘zgarishlar tasviri
- 3.2 Roman strukturasi va badiiy xarakerlar ruhiyati
- 29 -
3.1 Asar qahramonlari ruhiyatidagi o‘zgarishlar tasviri Adabiyotshunos Uzoq Jo‘raqulov ruhiy tahlil haqida so‘z yuritib shunday degan edi: “psixoanaliz badiiy jihatdan yuksak har qanday asarga nisbatan subyekt bo‘la oladi. Bunda badiiy asarning qaysi adabiy metodga daxldorligi u qadar ahamiyat kasb etmaydi. Shu ma’noda, adabiyotning antik davridan bugungi kungacha yaratilgan yuzlab asarlarni sanash mumkin… Ayniqsa XX asrda shunday badiiy asarlar maydonga keldiki, ularni bevosita ruhiy tahlil nazariyasi ta’sirida yuzaga kelgan deyish mumkin” 7
uning obrazlarini badiiy psixologizm ruhi bilan sug‘oradi va yangi ijodiy metod asosida tasvir etadi. Realizm esa voqealikni tarixiy rivojlanish qoidalari asosida haqqoqniy tasvirlashda, avvalo, tipik obrazlar yaratishda, turli-tuman inson tiplarining umumlashma mujassam timsollarini gavdalantirishda namoyon bo‘ladi. Ijodiy jarayonda realizm va yozuvchi pozitsiyasi dialektik birlikda amal qiladi, obrazlarga ijtimoiy hayotiy va ma’naviy estetik kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Psixologik tahlil va tasvir bilan yo‘g‘urilgan asarlarda shaxslarni shakllantiruvchi va ular tufayli tarkib topuvchi tabiiy, tarixiy omillar, kundalik va asriy muammolar, manfaatlar, kurash va urinishlar – hammasi odam va olam (sharoit, muhit)ning o‘zaro munosabatidagi o‘zgarishlar, yangiliklar mohiyatini ko‘rsatish nuqtayi nazaridan tipiklashtiradi va, albatta, tarbiyalash, insonga va hayotga aktiv ta’sir etish maqsadini ko‘zda tutadi. Ijodkor hayotdagi xodisalar va qonuniyatlarning mohiyatini tipiklashtirish bilan uzviy birlikda amal qilishi
realistik san’atning umumiy rivojlanish jarayoniga oid bo‘lsa-da, bu jarayon yirik san’atkorlarning g‘oyaviy-badiiy yuksak asarlarida o‘ziga xos va yorqin ifodasini topadi. Buni Oybek romanlarida bemalol kuzatish mumkin.
Oybek 20-yillar boshidanoq ijod etib, lirika va liro-epik janrlarida samarali tajriba orttirib, katta hayot va ijod yo‘lini bosib o‘tdi. U milliy meros va xalq
7 Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва. - Т., "Фан" 2006 йил, 64 – бет. - 30 -
og‘zaki poetik ijod an’analari asarlarini ijodiy o‘zlashtirish bilan birga jaxon adabiyotining ulug‘ san’atkorlaridan o‘rganib, romannavislik tafakkuri va realistik roman janri «sirlari» ni o‘zlashtira bordi va ularni o‘z shaxsiy va ijodiy tajribasi bilan boyitib, 30-yillar ohiridan yirik prozaik asarlar yaratishga kirishdi. Uning birinchi romani «Qutlug‘ qon»da o‘zbek xalqining milliy ozodlik kurashi tasvirlandi. U mazkur romanida o‘zbek xalq xayotini butun murakkabligi bilan kishi xarakteri va ijtimoiy sharoitning o‘zaro dialektik bog‘lanishlari va qarama- qarshiliklarida aks ettirdi. Adib o‘zbek xalq xayotining obyektiv tarixiy rivojlanish tendensiyasini, mehnat ahli ommaviy qo‘zg‘olonining tadrijan yetilishi, mulkdorlar – boylar va ularning homiylariga qarshi turishlari, to‘qnashuvlari, va kuzatishlarida pishib borishini, shuningdek jonli xarakter dinamikasini, ularning xulq-atvori va murakkab ichki psixologik xolatining rang-barang milliy xususiyatlari bilan yorqin chizib berdi.
Oybek shu birinchi romani bilanoq o‘zbek adabiyotining rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. «Qutlug‘ qon» romani o‘zbek adabiyoti xazinasiga, u orqali jahon adabiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.
Noyob lirik shoir, benazir nosir va atoqli olim sifatida dong taratgan Oybek XX asr o‘zbek adabiyotining iftixoridir. Binobarin, mazkur adabiyot taraqqiyotini uning ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Adibning «Qutlug‘ qon», «Navoiy» kabi shoh asarlari oltmishdan ortiq xorijiy tillarga tarjima etilgan. Shu bois mashhur turkman yozuvchisi Berdi Kerboboyev: «Oybek faqat o‘zbek xalqigagina emas, barcha qardosh xalqlarga ham sevikli adibdir», - degan edi.
Oybek ijodi juda o‘ziga xos, serqirra. «Oybekning serhosil, o‘tkir ijodkorligini bizning adabiyot tarixida kimga o‘xshatish mumkin?» so‘rog‘iga G‘afur G‘ulom: «Oybekning o‘ziga, faqat Oybekka o‘xshatish mumkin», - deya javob berib, uning iste’dodini yuksak baxolagan edi. Hamid Olimjon esa ijodkorga: «Prozada shoir-u, poyeziyada prozaikdir», - deya ta’rif bergandi. Adib iste’dodi, betakror ijodini S.Ayniy, A.Fadeyev, I.Le, S.Muqonov, M.Ibrohimov, M.Tursunzoda, S.Borodin, K.Yashin, I.Sulton, Sh.Rashidov, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonov kabi mashhur adib va olimlar ham yuqori baholashgan.
- 31 -
Atrofdagilarda katta qiziqish uyg‘otgan adib ijodiga bag‘ishlab qator ilmiy maqola, adabiy-tanqidiy ocherk va risolalar yaratildi. Ayniqsa, Komil Yoqubovning «Oybek» (1960), «G‘oyaviylik va mahorat» (1963), «Adibning mahorati» (1966), Matyoqub Qo‘shjonovning «Oybek mahorati» (1962), Naim Karimovning «Oybek» kitoblari, shuningdek, «Oybekning ijodiy metodi va badiiy mahorati» (1985) nomli maqolalar to‘plami alohida diqqatga sazovordir. Ularda yozuvchi asarlari tahlilga tortilib, badiiy, g‘oyaviy, temaktik xususiyatlari ko‘p va keng ochib berilgan.
Komil Yoqubovning Oybek haqidagi har uchala kitobi ham, avvalo, dalillarga boyligi, tahlilning puxtaligi, ilmiy xulosalarga serobligi bilan ajralib turadi. Muallif Oybek ijodi misolida zamonaviylik va tarixiylik, an’ana va notavorlik, konflikt va xarakter, hayotiylik va badiiy to‘qima, shakl va mazmun, lirik, epik va liroepik janrlarning o‘ziga xos badiiy to‘qima, shakl va mazmun, lirik, epik va liroepik janrlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ular orasidagi umumiy va farqli jihatlar to‘g‘risida atroflicha fikr yuritgan, oybekshunoslik va uning taraqqiyoti masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu sohadagi ayrim xato va chalkashliklarga aniqlik kiritgan.
Matyoquv Qo‘shjonovning «Oybek mahorati» kitobida adib mahorati ijodiy rivojlanish jarayoni, o‘ziga xos uslub masalalari bilan bog‘liq tarzda tahlil etilgan. Xususan, Oybek asarlaridagi asosiy xarakterlarning shakllanishi sinchkovlik bilan yoritilib, syujet va kompozitsiya, shakl va mazmun, ijodiy metod va badiiy mahoratga bog‘liq tarzda ochib berilgan.
Yozuvchi Oybek ijodi haqida mustaqillik yillarida davr talablariga mos ravishda yangi tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Adib ijodi sog‘lom fikr asosida tadqiq va tahlil etilib, Oybekning ulug‘ligini tasdiqlovchi yangi-yangi ilmiy xulosalar chiqarilmoqda. N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov, U.Normatov, O.Sharafiddinovlarning «XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi» (Toshkent «O‘qituvchi», 1999 – yil.) darsligi, U.Hamdamovning nomzodlik, A.Sabriddinovning doktorlik dissertasiyalari bunga yaxshi misol bo‘ladi. - 32 -
Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkentda hunarmand bo‘zchi
Toshmuhammad aka oilasida tug‘ilgan. Oybek adabiy taxallus bo‘lib, yozuvchining asl ismi Musodir. Bolaligi haqida Oybek: «Otam yoshligida bo‘zchi, keyin Xumson va Yangibozor qishloqlarida baqqollik qilgan, o‘qimagan, jahli tez, tajang bir odam edi. Onam jismoniy kuchsiz, lekin aqlli, ziyrak, rahmdil va har ishga epchil xotin edi. Do‘ppi, jiyak va qo‘l ishlari bilan ko‘p mashg‘ul bo‘lardi. Ishdan bo‘shagach, ko‘p vaqt kitob o‘qirdi», - deb yozgan edi.
Oybek avval eski maktabda, so‘ng yangi maktabda o‘qigan. U 1930-yilda o‘rta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetini bitirib, 1935-yilgacha shu dorulfununda siyosiy iqtisod fanidan dars bergan va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot ilmiy- tadqiqot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan (1934-1937). O‘zbekiston o‘quv pedagogika nashriyotida adabiy tarjimon va muharrirlik vazifasini bajargan (1938- 1941). 1943-1951-yillar davomida O‘zbekiston fanlar akademiyasining ijtimoiy fanlar bo‘limini boshqargan. 1945-1949-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais bo‘lib ham ishlagan. «Sharq yulduzi», «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnallariga bosh muharrirlik qilgan.
Ko‘rinadiki, Oybek adabiy-ijodiy ishni doimo jamoat tashkilotchilik ishi bilan qo‘shib olib borgan va har ikkala sohada ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan.
Oybekning adabiyot va ilm-fan sohasidagi hizmatlari munosib taqdirlanadi. Oybek 1943-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilishi bilanoq unga haqiqiy a’zo etib saylanadi. 1965-yilda «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» degan faxriy unvonga sazovor bo‘ldi, yetti orden va bir qancha medallar bilan mukofotlandi. «Navoiy» romani uchun Davlat mukofoti (1946), «Bolalik» qissasi uchun O‘zbekiston Davlat mukofoti (1964) ga loyiq topildi.
Oybek xotirasini abadiylashtirish borasida ko‘pgina tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, qator maktablar, o‘quv yurtlari, xiyobon va ko‘chalar, jamoa va davlat xo‘jaliklari Oybek nomi bilan atalmoqda. Toshkentda Oybekning uy - 33 -
muzeyi tashkil qilingan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biriga Oybek nomi berilgan.
Oybekning adabiyotda o‘z o‘rnini topishi va ijodiy o‘sishi osonlikcha bo‘lmadi. Shoir yoshligida murakkab ijodiy o‘sish izlanish davrini boshidan kechirdi. Oybek o‘z ijodiy yo‘lidagi ana shu o‘nqir cho‘nqirlarni nazarda tutib: «Mening birinchi she’rlarimda qarama-qarshiliklar, izlanishlar hali ko‘p edi. Zamonaning eng muhim voqealariga javoban yaratilgan she’rlar bilan bir qatorda... mungli nidl bilan sug‘orilgan, mavhum, tushkunlik ruhida yozilgan she’rlar ham bor edi», - deb yozgan edi. Shoirning «Kuz va qiz», «Qish kechalari», «Xotiradan izlar», «Farg‘ona oqshomi», «Ayriliq va darvesh», «Sharq uchun», «O‘zbek eli» kabi she’rlari «tushkunlik ruhida yozilgan» asarlardandir.
Ularda mungli nido alomatlarining uchrashi o‘sha davr hayotida mavjud bo‘lgan haqsizlik va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilikning o‘ziga xos ifodasidir. Oybek yoshligidanoq haqiqatni yozish, xalq ruhiyatini haqqoniy aks ettirish yo‘lidan borgan.
Oybek o‘z taqdirini xalq taqdiri bilan mahkam bog‘laydi, tinmay izlanadi, hayotni sinchiklab o‘rganadi. 1928 – yilda: «Og‘ayinlar! Davrimizni qalbga solganman. Cho‘llardagi sarob izni anglab olganman. Kurashadi ikki to‘lqin qarab turaymi?», - deb xitob qilishi («Tovushim») shoirning sho‘rolar pozitsiyasi ma’qullaganidan dalolatdir. Oybek o‘z ijodining ilk davrida Cho‘lpon ta’sirida bo‘lgan. Undan ko‘p narsa o‘rgangan. Buyuk shoir ta’sirida qator cho‘lponnona she’rlar yaratgan.
Oybek 20-yillarda asosan o‘rganish va izlanish davrini o‘tagan bo‘lsa, 30 yillarda ijodiy kamolot bosqichiga ko‘tarildi.
Oybek o‘z ijodini shior sifatida boshlab, bu sohada ajoyib samaralarga erishgan va boy tajriba hosil qilgan bo‘lsada, 30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, nasriy asarlar yaratishga o‘tadi. Avvalo, «Gulnor opa», «Fanorchi ota», «Geografiya muallimi», «Tillatopar», «Globus», «Musicha», «Kurashchi yigit» singari hikoya va ocherklar yozib, nasrda ma’lum bir tajriba va malaka hosil qiladi. So‘ngra «Qutlug‘ qon» romanini yozishga kirishadi. Oybek romanining yaratilishi
- 34 -
tarixi haqida: «1937-yilda «Qutlug‘ qon» romanini yoza boshladim. Bu romanni yozish uchun material yig‘ib o‘tirmadim, bolaligimdan hayotni kuzatishni sevganligimdanmi, ko‘nglimdan, xotiramdan «Qutlug‘ qon» romani quyulib kelaverdi. Romanni qisqa fursatda yozib tugatdim», - degan edi.
1940-yilda chop etilgan «Qutlug‘ qon» romani – badiiy jihatdan yetuk asar. Unda mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan. O‘zbek xalqining 1917-yil to‘ntarishi arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik yo‘lida olib borgan kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan.
Romanning bosh qahramoni Yo‘lchi yangi hayot kurashchisi sifatida shakllana boshlagan o‘zbek mehnatkashi obrazidir. U dinamik tarzda tadrijiy o‘sishda aks ettirilgan.
Oybek romanda Yo‘lchining ijtimoiy qiyofasini ko‘rsatish bilan birga, uning shaxsiy hayoti va insoniy fazilatlarini ham ochib bergan. Asarda Yo‘lchining halol va pokligi, sof vijdonli va samimiyligi, soddaligi, rostgo‘yligi, mardligi, kamtarligi, insonparvarligi, sevgiga va do‘stga sodiqligi, onasiga va singlisi Unsinga mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan.
Yo‘lchi sodda, halol, pok qalbli, mard yigit sifatida romanda katta mahorat bilan tasvirlangan. Yo‘lchi milliy xarakter darajasiga ko‘tarilgan yorqin obraz. Yozuvchi Yo‘lchining har bir harakatini, har bir holatini psixologik jihatdan asoslab bergan.
«Qutlug‘ qon» romanida xotin-qizlarning rang-barang obrazlari berilgan. Ular orasida, ayniqsa, Gulnor timsoli o‘quvchi katta taasurot qoldiradi. Adib Gulnor obrazi orqali xotin-qizlarning achchiq taqdirini, fojiali qismatini umumlashtirib tasvirlab bergan. Gulnor – sodda va samimiy inson. Uning o‘zi ham, axloq-odobi ham, yurish-turishi ham go‘zal. Unda notabiiylik va soxtalik yo‘q. Ammo Gulnor – huquqsiz. Shu sababli u Yo‘lchini jondan ortiq sevgani holda qari chol Mirzakarimboy bilan turmush qurishga majbur bo‘ladi. Romanda Gulnorning kechinmalari, turli ruhiy psixologik holatlari yorqin bo‘yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalagan. - 35 -
Gulnorning onasi Gulsumbibi – o‘zi bir olam. U- mushfiq, mehribon ona. Gulsumbibi har narsadan odamgarchilikni ustun qo‘yadi. Qizni tushunadi va ayaydi. Shu sababli u boyning mulkiga uchmaydi, qizini Mirzakarimbiy xotinlikka olmoqchi ekanini eshitgach, ruhan qiynalib, ich-ichidan eziladi. Gulsumbibi obrazida o‘sha davr onalariga xos itoatkorlik ham, zahmatkashlik va mehribonlik ham yorqin, ta’sirli aks etgan.
«Qutlug‘ qon» romanida Shoqosim, Qoratoy, O‘roz, Shokir ota, Qambar, Yormat, Unsin kabi obrazlar ham jonli, to‘laqonli bo‘lib chiqqan. Bu obrazlar romanda o‘z mavqyeiga ega. Ular bosh qahramon Yo‘lchi xarakteridagi yetakchi xususiyatlarni ochib berishga xizmat qiladilar. Adabiyotshunos H. Umurov xarakterlar ruhiyati haqida shunday degan edi: “xarakter va uning psixologiyasi tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining mahorati darajasini belgilovchi bosh omlidir… Romanda yozuvchi uchun ichki dunyoning – ruhning kechinmlarini tashqi qiyofa, holat va xatti-xarakatlarida ko‘rinishini tasvirlash, ya’ni dinamik prisip asosiy mezonidir.” 8
Romanda ayniqsa, Mirzakarimbiy obrazi ustalik bilan puxta ishlangan. Mirzakarimbiy – aqlli, tadbirkor shaxs. Uning qilmishlari – jirkanchli, niyati – buzuq. Mahalla baqqolining o‘g‘li bo‘lgan Mirzakarimbiy halollik bilan emas, baliki qarovulu xizmatkorlarni shafqatsiz, ularning ish haqidan urib qolish orqali mashhur millioner boy darajasiga ko‘tarilgan.
Mirzakarimboyning ma’naviy dunyosi ham nopok. U – qarindoshlik tuyg‘usidan mahrum. U moddiy yordamga muhtoj qarindoshi Xushro‘ybibi haqida yomon so‘zlar aytadi. Yo‘lchiga: «...odam bo‘lmoqchi esang, onang zoriga quloq solma!» - deb nasihat qiladi. Mirzakarimboy o‘z jiyani Yo‘lchiga zulm, adolatsizlik va insofsizlik qiladi. Bu qari chol, hatto jiyanining sevgilisi – nabirasi qatori qiz Gulnorga uylanishdan ham tortinmaydi.
Mirzakarimboy Yo‘lchiga nasihat qilgan bo‘lib, o‘zining hayot va odamlar haqidagi «falsafa»sini bayon etadi. Mirzakarimboyning «falsafa»siga ko‘ra: «Pul – hamma narsaning otasi. Pul belga quvvat, boshga toj. Puldor odam – qanotli
8 Умуров Х. Адабиёт назарияси. - Т., Шарқ, 2002 йил, 40 – бет. - 36 -
do‘st-yor topasan». Mirzakarimboy: «Men do‘stlarga sira ishonmayman...», «Xotin erning quli, xotinning ko‘ngliga, ra’yiga qarab ish qilgan erkak – odam emas», - deydi. Yuqorida keltirilgan misollardan Mirzakarmiboyning yirtqich qiyofasi, uning odamgarchilikdan mahrum ekanligi yaqqol anglashiladi.
«Qutlug‘ qon» romani til va badiiy mahorat jihatidan ham g‘oyatda diqqatga sazovor. Asarda adib obraz yaratishda psixologik tahlil san’atidan, xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalangan. Obraz xarakterini, personaj tilini tabiiy va jonli qilib tasvirlagan. Shunga ko‘r, romandagi har bir obrazning o‘z ichki-tashqi dunyosi bor, o‘z xarakteri va individual tili bor. Masalan, Abdushukur tilidan ishlatilgan «g‘olibo maqsad», «kaminaning g‘oyaviy hayoti», «evoh, zavoli Turkiston», «milliy sarmoya», «o‘z boylarimiz – musulmon boylarimiz» singari so‘z va iboralar, bu obraz tiliga individual tus bergan.
Romanda personajlar tili singari muallif nutqi ham katta mahorat bilan ishlangan. Asarda Oybek jonli xal tili boyliklari: xalq maqollari, hikmatli so‘zlar va obrazli iboralardan, shuningdek o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a, majoz kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Bundan tashqari, yozuvchi xalq maqol va hikmatli so‘zlari darajasida turuvchi «Yer sotgan - er bo‘lmaydi, er – yer sotmaydi», «Jabrning to‘qmog‘iga toqat yo‘q», «Xalq o‘z ishini bilib qiladi», «o‘tinsiz qozon qaynamaydi» singari sermazmun, chiroyli jumlalar va obrazli iboaralar yaratgan.
«Qutlug‘ qon» romani syujet va kompozitsiya jihatidan ham tahsinga loyiqdir. Unda asar g‘oyasini va obrazlar xarakterini ochishga xizmat qilmaydigan tasvirlar, oshiqcha voqea va epizodlar yo‘q. Yozuvchi voqealar tasvirini ortiqcha cho‘zmaydi. Voqeadan voqea chiqarish va ularni tabiiy tarzda bir-biri bilan bog‘lash orqali asosiy syujet chizig‘ini vujudga keltiradi. Shu bilan birga, syujetni xarakter yaratish ishiga mohirona xizmat qildiradi.
Kezi kelganda shuni ham qayd etish kerakki, roman ayrim qusurlardan ham xoli emas. Asarda o‘sha davr taqozosiga ko‘ra, sosialistik realizm talabiga binoan rus inqilobchisi Petrov obrazi sun’iy ravishda kiritilgan, uning Yo‘lchiga - 37 -
ko‘rsatgan ta’siri ideallashtirilgan. Jadid Abdushukur esa bir tomonlama tasvirlanib, o‘quvchida yoqimsiz taassurot qoldirishga urunilgan. 3.2 Roman strukturasi va badiiy xarakerlar ruhiyati
Asar mavzusi ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1. Mavzu atamasi – asarda aks ettirish uchun san’atkor tomonidan hayotdan saralab olingan voqea-xodisalar (voqelikning asarda tasvirlangan bo‘lagi). O‘zbek xalqining chorizm va mahalliy burjuaziya zulmiga qarshi 1916- yilda isyon ko‘tarishi – milliy ozodlik harakatini ifodalovchi voqea hodisalar - «Qutlug‘ qon» romanining asosiy mavzuidir. 2. Mavzu – san’at asarida qo‘yilgan va yoritilgan asosiy ijtimoiy masalalar. Chunonchi, «Qutlug‘ qon» romanida o‘zbek xalqining muhit ta’sirida o‘z-o‘zini anglashi va haq-huquqini, erki uchun zulmga qarshi bosh ko‘tarishi masalasi yoritilgan. Shu masala – romanning mavzuyini tashkil qiladi. Asar g‘oyasi. Yozuvchi asarida hayotni sintetik tarzda tasvirlar ekan, u, albatta, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qator masalalarni qalamga oladi, ularga o‘z munosabatini bildiradi – bahosini beradi. Shunga ko‘ra, asarning g‘oyaviy-tematik to‘qimasi murakkabdir. Chunonchi, «Qutlug‘ qon» dagi Yo‘lchi obrazi orqali bir masala yoritilsa, Gulnor, Nuri, Mirzakarimboy, Tantiboyvachcha va Yormatlarning har biri orqali bir-biriga o‘xshamagan (butunlay boshqa-boshqa) masalalar yoritiladi. Asarda bu masalalar va ulardan kelib chiqadigan xulosalar bosh mavzu va bosh g‘oya atrofida uyg‘unlashadi. Asarning badiiy syujeti . Epik va drammatik asar syujetini quyidagicha ta’rif-tavsif qilsa bo‘ladi: asardagi odamlarning o‘zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qaramaqarshiliklar, simpatiya va antipatiyalar, umuman kishilar o‘rtasidagi munosabatlar – u yoki bu xarakterning, tipning rivojlanishi, tashkil topib borishidir. Masalan, Oybekning «Qutlug‘ qon» romanidagi ko‘pgina voqea-xodisalar (Yo‘lchining qishloqdan shaharga ish qidirib kelishi, choyxonadagi suhbat, uning Mirzakarimboy va Lutfinisolar bilan uchrashuvi, to‘nka kovlashi, o‘t o‘rishi, - 38 -
Gulnor bilan uchrashuvi, qovun voqeasi, «katta yer»dagi hayot, Shoqosim fojeasi, Nurining to‘yi, Tantiboyvachcha bilan uchrashuvi, Mirzakarimboyning Gulnorga uylanmoqchi bo‘lishi, uning o‘g‘irlanishi, Yo‘lchi tomonidan qutqazilishi, Boyning Gulnorga uylanishi, Yormat va Shokir otalar bilan uchrashuvlari, Yo‘lchi onasining vafoti, boy bilan to‘qnashuvi, Salimboyvachchaning Unsinga suyuqlik qilishi, Yo‘lchining Salimboyvachcha bilan to‘qnashuvi, Yo‘lchining qamoqqa olinishi... Yo‘lchi isyonkor sifatida 1916 yilgi milliy ozodlik harakatida jasorat ko‘rsatib, xalq erki va baxti uchun kurashda halok bo‘lishi...), birinchidan, shu davr ziddiyatlarini ko‘rsatishga xizmat qildirilgan bo‘lsa, ikkinchidan, Yo‘lchi xarakterini turli tomonlardan yoritilshga ko‘mak berganligining guvohi bo‘lamiz. «Qutlug‘ qon» romani syujeti – ko‘p qirrali, ko‘p bosqichli. Peyzaj. Vaqt peshindan oqqan edi. Iyul oyining quyoshi hamma yoqni olov seli bilan to‘ldirgan, havo allqanday oq alanga bilan jimgina yonganday... Keng dala yo‘lida qatnovchilar siyrak: eski kir qalopog‘ini burniga qadar tushirib, issiqdan mudragan va horg‘in oriq otining yalqov qadamiga bardosh qilib shahardan qaytayotgan chetan aravali dehqon, ikki oyog‘i bilan eshakning qorniga niqtab, muttasil «Xix-xix» bilan halqumini qirgan mo‘ysafid uzumchi, qatig‘ini pullab, xurmachalarini orqalagan, issiqqa qaramay, goh aravaga osilgan, goh qush uyasini qidirib daraxtlarga ko‘z tikkan ustboshi kir-chir sho‘x bolalar... Issiq tobora ortar, «g‘ir» etgan shamol yo‘q, ot-arava ko‘targan chang havoda uzoq vaqt qimirlamay turib qolar, yuzlarga qizg‘in temir uchquni kabi yopishar, nafasni bo‘g‘ar edi. Ekspozitsiya. Qahraton qishda yalang oyoq muz bosib, saratonda qizg‘in qum kechib issiqda, sovuqda obdan pishgan bizning yiginti ham «katta masofani piyoda bosgani uchunmi) kun xiyla betoqat qilgan edi. U kuyib yotgan bilq-bilq yumshoq tuproqda salmoqli oyoqlarini ildam va yirik-yirik bosar, ko‘zlagan joyiga tezroq yetishga oshiqib o‘tkinchilardan so‘rar edi: - «To‘pqayrag‘och»ga yaqin qoldimi? - Hali bor. Ko‘prikdan keyingi guzar. - 39 -
Uning ochiq yoqali uzun ko‘ylagi, ustidagi olacha yaktagi suvga pishganday jiqqa ho‘l bo‘lgan; ba’zan g‘ashi kelib, badanga yopishgan ko‘ylakni ko‘chirar va yelpinar edi. Ko‘prikdan o‘tish bilanoq guzar boshlandi: ko‘chaning ikki tomonida bir- biriga qarshi ikki choyxona, bir qassob do‘koni, buning yoniga suqulgan kichkina baqqoqchilik. Ko‘cha iflos, lekin suv qalin sepilgan; har yoqqa tarvaqaylab o‘sgan beso‘naqay, qari tollarning ko‘lankasi quyuq. Yigit so‘l yoqdagi choyxonananing karavotiga o‘tirdi. Chang va terdan hosil bo‘lgan kirnti yaktak etagi bilan yuzidan sidirib tashladi. Kichkina xaltani yoniga qo‘yib, choy so‘radi. Samovarchi chuvak yuzli, eti suyagiga yopishgan, jikkak va shu bilan baravar g‘irt ko‘sa odam edi. U ustaning qo‘liga tusha-tusha xo‘p ezilgan, qorni pachaq, chirkin katta samovarning oldida yog‘och yelkasini qisib o‘tirar, kelgan-ketgan odamlar bilan unchalik ishi yo‘q; is bosgan kir latta bilan dam samovarni, dam yonida qalashga piyola-choynaklarni artar, har kuni ming martalab qo‘lida tutadigan piyolalarni olib, go‘yo birinchi daf’a ko‘rganday, ko‘zini aylantirar, tovushni baland qo‘yib, o‘zicha valdirar edi. «Odamlarga hayronmanda! Agar sig‘sam edi, samovarning otashdoniga, ko‘mir o‘rniga yonar edim. Jabbor ko‘sadan bir hovuch kul qolgan bo‘lar edi. Shu ham tirikchilikmi? Mana bu xumsaning ham labi uchgan! Mana bunisi darz ketibdi... Hoy, aravakash bola, otingni tort, naq tezagini do‘ppinga solib beraman!» Nihoyat, shang‘i samovarchi jo‘mragi uchiga tez qoplangan choynakni va bir ola pes piyolani yigitning oldiga to‘q etib qo‘yib ketdi. Choyxonada odam siyrak. Yigitlardan yuqorida, o‘rta yoshli ikki dehqon o‘tirar, buy il sabzi-piyozning bozori kasodligidan va ulovsizlikdan hasratlashar edi. Biri so‘zlab-so‘zlab, qamchi dastasi bilan yelkasini qashir, ikkinichisi esa qo‘nji bir qarich, churuk chorig‘ini ko‘rsatib: «Bu qachon yangi bo‘ladi? Sen ot- ulovdan gapirasan! Dehqonchilikda barakat qolmadi. Dehqonning sira mazasi yo‘q», - deydi. Unisi: «Ha, ishqilib, bosh omon bo‘lsin, birodar», - degan so‘zni takrorlar edi. - 40 -
Choyxonaning burchagida, kunning dahshatli yonuviga qaramay, qalin, qora jun chakmonga o‘ralgan bir qozoq devorga suyalib mudrar, minut sayin ko‘zini ochib loqaydlik bilan samovarchiga buyurar edi: «Chilim uzat!» Samovarchi nuqul kul bilan to‘lgan sarxonga cho‘g‘ qo‘yar, burish-tirishib, chilimni olib borar va o‘dag‘aylar edi: «Tort, tort, sira haqing ketmasin!» u chilimni butun kuchi bilan, kashandalarday tortib, og‘ziga qitday tutun ilashmaganidan teskari burilib ming‘irladi: «Sartning qudoy urg‘ani sen ekansen, o‘ngmag‘ur...» Yigit g‘oyat changqagan edi, choyni quyib puflab-puflab ichdi. Belbog‘iga tugilgan qirq tiyin chaqadan tegishlisini ayirib olib, piyola ichiga tashladida o‘rnidan turdi. Lekin bir muddat taraddudda qoldi: qay tomonga qadam bosishini bilmas edi. Samovarchining «it fe’l» ekanini payqagan bo‘lsa ham, noiloj uning oldiga bordi. - Mirzakarimboyning bog‘i qayerda, bilmaysizmi? Dedi muloyimlik bilan. - Nima ishing bor? - Yo‘liqmoqchi edimda. - Hmmm... Mirzakarimboyni Toshkentning to‘rt dahasi biladi. Hov anav ko‘chaga buril. Dang‘illama darvoza. O‘sha Iskandar Zulqarnayn ham bunaqa qo‘rg‘on solgan emas! – Samovarchi qo‘shaloq barmoqli panjarasini cho‘zib bir ko‘chani ko‘rsatadi. Keyin bu begona yigitga boshdan-oyoq ko‘z yugurtirib, havasi kelib gapirdi. - Rosa muchang bor ekan, inim. Badaningdan kuch yog‘ilib turibdiya. Qayerliksan, sayramlikmi? Boy boboning omadi... Choyxonaning ichkarisidan bir tovush yangradi: - Tuf de, ko‘zing tegadi, kasofat! Shu so‘zingni menga aytsang, tishingni sug‘urib olardim. - Koshkiydim manda tish bo‘lsa, sanda govda bo‘lsa, simyon! Yigit ularning so‘ziga bolalarday jilmayib, yo‘lga tushdi.
Yashil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, ust tomoni o‘ymakor panjarali, katta va og‘ir darvozaga yetganda, yigitning yuragi bir oz o‘ynab ketdi. Darvozaning bir tavaqasi ochiq. U uzoqdan ichkariga qaradi. Qarshisida, daraxtlar ostida katta supada, - 41 -
dastro‘molchasi bilan yelpinib o‘tirgan, qordek oppoq ko‘ylakli, oq soqoli bir tutamgina cholga ko‘zi tushdi. Yuragi yana po‘killadi. «Toshkentning to‘rt dahasi» taniydigan bu davlatmand kishining oldiga qanday kiradi? U sodda, uyatchan, kamtarin yigit edi. Lekin bir lahzada allaqanday kuch uni itarganday bo‘ldi. Tugun. U darvozadan kirib, supaga o‘n-o‘n besh qadam qolganda, qo‘l qovushtirib, ta’zim bilan: «Assalomu alaykum» dedi. Faqat, salobat bosganida, uning ovozi istagiga qarshi baland jaranglamadi. Allaqanday bo‘linib, siqilib chiqdi. Chol o‘tirgan joyidan qimir etmadi, bir qo‘lini qosh ustiga qo‘yib, keksalarga xos boqish bilan bir zum tikildi: - Kel, Chirog‘im, nima xizmat? Yigit supa oldida to‘xtab, xaltasini qo‘ydi, uzun, baquvvat qo‘llarini cholga cho‘zdi. Supaning chetiga omonatgina o‘tirib, boshini quydi soldi: «Qayerga keldim? Mirzakarimboy shu kishimikan? Balki bu boshqa boydir»... deb o‘yladi. Chol bu begona yigitning vaziyatidan taraddudlanish sezib, qaytadan so‘radi: - Xo‘sh, o‘g‘lim, nima arzing bor? Ayt... Yigit boshini ko‘tardi va unga tikilib qarab, jilmaydi. - Mirzakarimboy siz bo‘lasizmi? Chol boshi bilan tasdiqlagach, yigit davom etdi: - Men Xo‘jakent qishlog‘idan keldim, jiyaningizning o‘g‘li bo‘laman. - Ye, Xo‘jakentdan? - Xushro‘ybibining o‘g‘liman. - Ye, - Mirzakarimboy butun gavdasi bilan bir qo‘zg‘alib qo‘ydi, - jiyanim Xushro‘ybibining o‘g‘liman degin, barakalla. Rahmat, jiyan, yo‘qlab kelibsan. Qalay, onang baquvvatmi? Har yerda bo‘lsa, omon bo‘lsin. Oting nima? Jiyan? - Otim yo‘lchi. Ayam, shukur, sog‘-salomat. Sizga salom deb qoldi. - Dadang... Ye, Sherali qalay, bardammi? - 42 -
- Dadam o‘lgan, ikki yil oshdi chamasi. Mirzakarimboy qo‘o‘lari bilan soqolini yengilgina siypab, marhumga fotiha o‘qigan bo‘ldi. - Boyoqish ko‘p yaxshi odam edi; insofli, hamiyatli edi. Bir vaqtlar o‘rtada bordi-keldi bo‘lib turar edi. Dadang bu yerda ham, shahar hovlimizda ham bo‘lgan. Sen hech kelmaganmiding? Yosh pallamda dadam, ayam bilan birga shahardagi xovlingizga kelgandim g‘irashira yodimda bor... Epik kechinma. «Chol o‘tmishni esladi. Yo‘lchi o‘z onasidan yuz martalab eshitgan gaplarni hikoya qila boshladi, ya’ni opasidan ikki yosh qiz yetim qolgani, ulardan Xushro‘ybibi o‘z otasi tarbiyasida qolib, uning singlisi Oyimbibini Mirzakarimboy o‘zi tarbiya qilib, naq erga berish oldida vafot etgani, Xushro‘ybibining toleyi pastlik qilib, ota o‘lgandan so‘ng amakilari qishloqqa, Sheraliga erga berganliklari va hokazoni so‘zladi. So‘ng chol sukutga botdi, kichkina, lekin hali tetik ko‘zlarini mudroq bosgan odam kabi, sekingina yumdi». U hozirgina yodiga olgan qishloqi Xushro‘ybibini ham, uning kamtarin, mehnatkash marhum erini ham, kutilmagan vaqtda yo‘qlab kelgan bu arslonda qishloqi jiyanchani ham unutgan, uning fikrini yolg‘iz o‘z ishlari ishg‘ol etgan edi. U banklar orqali o‘z raqiblariga qarshi olib bomoqchi bo‘lgan sirli ishlarni, o‘z qarzdorlariga nisbatan qanday muomala va munosabatda bo‘lishini o‘ylar edi. U qarzdorlarni uch guruhga bo‘ldi. Birinchi guruhdagilar bilan savdo muomalasini avvalgicha davom ettiraverdi. Chunki bularning «qo‘li uzun», qo‘rquti ko‘p. Ulardan bir kun ozni ko‘p qilib oladi. Ikkinchi guruhdagilarga birmuncha do‘q qiladi, shu bilan skladlarda cho‘kib qolgan gazlamalarni yaxshi baxo bilan ularga o‘tkazib yuboradi. Uchinchilarning esa dumlaridan mahkam ushlab olib, maymunday o‘ynatadi... So‘ng katta o‘g‘li Hakimboyvachchaning paxta savdosi yuzasidan o‘ris firamalari bilan yaqinda tuzgan shartnomasi ustida o‘ylab, bu ishning qaltis tomoni sira yo‘qligiga va tarjribakor aqlning ko‘rsatishiga muvofiq, bu ishdan foyda daryoday toshib kelishiga yana chuqurroq ishongach, zavqlanib ketdida, ko‘zlarini yana mahkamroq yumdi. - 43 -
So‘zamol, badavlat qari tog‘aning birdan ko‘z yumib sukutga botishining sababini, tabiiy, Yo‘lchi tushunmadi. Kelganim unga yoqmadi shekilli, degan andishaga ham bordi. Lekin u endi boshini ko‘tarib, cholga va atrfoga dadilroq qaray boshladi. Mizrakarimboyning gavdasi kichik, qo‘llari ingichka bo‘lsa ham, zuvalasi pishiq ko‘rinadi. U go‘shtdor ham emas, oriq ham emas, kichik, ayyor yuzi xo‘rozning tojisiday qipqizil; oppoq soqoli va miyiqlari toza va taralgan... Peyzaj. Bir tanobdan mo‘lroq chor burchak tashqarining har tomoni diqqatni jalb qilarli edi. O‘rtada supa va hovuz. Tanasi ikkita katta qulochga sig‘maydigan bir tup sada tevarakka tangaday oftob tushirmaydi. Hovuzning narigi chetida bir- biriga yaqin o‘tqazilgan, shoxlari bir-birining ichiga kirgan uch tup olma daraxti. Bir tupida olmalar egdi sarg‘ayib yaltiramoqda, bir tupida mushtday yirik olmalar hali ko‘m-ko‘k, ularga boqish bilan kishining tishi qamashib, og‘zi so‘lakka to‘ladi; bir tup jaydari qizil olma, mevasining mo‘lligidan hovuzga engashib tushgan: hovuz suvida bir qancha qizil olma yoqutday tovlanib, jimillab suzadi. Hovuzdan yigirma qadamlar narida to‘rt tomoni ochiq, ustunlari chiroyli naqshlangan, yerdam odam bo‘yi baland ko‘tarilib solingan kattagina shiypon; buning atrofi gulzor. Quyoshda mayin tovlanib, xilma-xil ranglar bilan mavjlangan mayda gullar orasida ko‘rkam yuksalgan qizil duxoba gullar olov kabi yonadi.
Yo‘lchi ko‘zlari bilan atrofni sayr etarkan, ro‘barodagi qo‘rg‘on – ichkari hovli eshigidan yosh-yosh o‘g‘il va qiz bolalar chuvillashib chiqishdi. Bularning kiyimlari toza va yangi edi.
Mosh rang duxoba do‘ppili, to‘qqiz-o‘n yashar, chiroylikkina bola – bolalarning eng kattasi edi. U ichiga katta oq kalamush qamalgan qopqonni yerga qo‘ydi, eshikchasini ochdi. Semiz kalamush yerga tushib, lapanglab darvoza tomonga qochdi. Bolalar qiyqirib, uni quvlasha ketdi: «Ustiga lampa moy sepib yondiramiz!» Nabiralarining haddan oshgan suyunchli hangomasi cholning ko‘zlarini ochdi... U qo‘li bilan go‘daklarga do‘q qildi: «Gugrt o‘ynamanglar, hoy!» - deb qichqirib ham qo‘ydi. So‘ng, qarshisida o‘tirgan jiyanini unutayozganidan ogoh bo‘lib, yupatish uchun:
- 44 -
- Obbo jiyane, biznikini topib keldingmiya? Ha, so‘rab-so‘rab Makkani topadilar... Hay, Oynisa, buvingni chaqir! – Bolalarga aralashmay bir chekkada turgan rangpar, bezgaknamo qizga buyurdi boy. Qo‘rg‘on eshigidan ayol ovozi eshitildi: - Nima kerak? - Munadek! – chol qo‘li bilan imladi. - Qishi borku. - Qarindosh... Xushro‘yning o‘g‘li, - deb tushuntirdi chol. - Qaysi Xushro‘y? Esim ham qursin, ha qishloqdami? Portret. «O‘rta bo‘yli, to‘la, lekin keng yuzining go‘shtlari sarg‘ayib, salqib tushgan ellik sakkiz yoshlarda bo‘lgan kasalnamo xotin asta-asta yurib kelaverdi.» U supaga yaqinlashgach, Yo‘lchi o‘rnidan turib salom berdi va onasining salomini topshirdi. Ammo kekkaygan xotin uning so‘zini tinglamadi, eriga qarab so‘zladi: - Qishloqdagi jiyaningiz o‘g‘ilmi? Tog‘dek yigit bo‘libdi. Yoshligida ham bo‘lali bola edi... ko‘zimga tanish ko‘rinib turibdi. Mizrakarimboy xotininga dasturxon olib chiqishni buyurgach, u ketish oldidagina, ko‘rinida samimiy, lekin aslida soxta va masxaralai tovush bilan Yo‘lchining onasini va ukalarini so‘radi. Boy endi issqidan shikoyatlanib, uhuhlab o‘tirdi. Uning kampiri patnis va bir choynak choy olib chiqdi. Patnisda to‘rtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va bir bosh qush cho‘qigan qandaydir oq uzum bor edi. Yo‘lchi qishloqdan keltirgan xadltani kampirga uzatdi. - Ayam berib yubordi, qurut... - Sadag‘asi ketay, - kampir xaltani ushlagisi ham kelmay, qo‘l uchi bilan tutib gapirdi, - koyib nima qilar edi bechora. Nabiralar xaltadagi qurut ekanini eshitib, kampirning oyog‘i ostida o‘rmalashdi va: «Manga bitta, buvi», «Manga ancha bering, buvi» - deb qiychuv ko‘tarishdi. Kampir xo‘mrayib, nabiralarni jerkib tashladi. Bolalar - 45 -
yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo‘ldida, labini burib vaysay boshladi. - Xaq, shumtakalar, og‘zilaringda erib ketadigan suzma qurutni bersam olmaysizlar, shu tosh qurutni talashasizlar. Mana, ko‘rdilaringmi, qattiq – tishlaringni ushatadi. Baybay, bu bolalarning dastidan o‘lib bo‘ldim; axir bu tosh qurut, jig‘ildonlaringni teshib yuboradiku. – Mehmonning qizarganini payqagan keksa boy, o‘z xotinining katta og‘iz va betamizligiga achchiqlanib, yuzini teskari burdi, lekin xotini yana valdiramasin uchun, yumshoq gapirdi: - Hay, ichkari kir, chag‘ir-chug‘urdan qulog‘im bitdi. Yo‘lchi qurut olib kelganiga pushaymon qildi. Onasi qo‘shnilardan qurut yig‘ib, boy tog‘a uchun sovg‘acha tayyorlab, suyuna-suyuna uning qo‘liga tutqazgach, yaxshi yomonligini surushtirmay, u ham olib jo‘nagan edi. Boy tog‘a nonni ushatib, patnisi Yo‘lchining oldiga surib qo‘ydi. - Ol, jiyan, yo‘l ko‘rib kelgansan. Bir parcha yerlaring borligini eshitar edim, qo‘llaringdami? - Yo‘q, - patnisdan bir burda non olib javob berdi Yo‘lchi, - yer sotilib ketgan. Mirzakarimboy yerga o‘ch odam edi. Yerli-suvli odamlar, qanday bo‘lmasin bir sababdan qiynalib qolsalar, darrov ularning pinjiga tiqilar, yo o‘rtaga kishi qo‘yib, yerni tezroq o‘z qo‘liga o‘tkazishga tirishar edi. Hatto, yer sotishni xayolga keltirmagan odamlarning yerlarini, agar ularning yerlari o‘z yerlariga chegaradosh bo‘lsa, o‘zinikiga qo‘shish uchun hech nimadan toymas, har qanday nomus va adolatning betiga tupurar edi. Ammo, Yo‘lchining sotilib ketgan yeri unga hech aloqasiz bo‘lgani uchun, yerning qadr-qiymati va bu xususdagi mahkam qanoatlarini tushuntira boshladi: - Chakki bo‘libdi, jiyan. Yer sotgan er bo‘lmaydi, er yer sotmaydi. Mana bu gapning mag‘zini chaq... Yer sotganlarning ko‘pini ko‘rdik, axiri gadoy bo‘ladi. To‘g‘ri, yerni pulga sotadilar, naqd pulni jaraq-jaraq qilib sanab oladilar. Pul hamma narsaning otasi. Pul belga quvvat, boshga toj. Puldor odam qanotli odam,
- 46 -
bu qanot bilan mag‘ribdan mashriqqacha uchasan, har yerda oshna-og‘ayni, do‘st- yor topasan... Puldor odam Moskvagacha, Varshavagacha boradi. Pulsiz odam o‘z joyidan bir qadam siljisinchi! Pul shunday aziz narsa, jiyan. Lekin pulni juda maqtab yuborgdim, shoshma, yerda ham xosiyat ko‘p. Yer tug‘adi. Yerga cho‘pni tiqib qo‘ysang, ko‘karib, qulochga sig‘mas daraxt paydo bo‘ladi. Pulchi? Pul ham tug‘adi. Juda ko‘p tug‘adi, tez tug‘adi. Ayniqsa, bu zamonda pul sertuxum bo‘lib ketgan. Ammo, pulni tutish qiyin; yeb, ichib qo‘yish juda oson. Pul asov qushga o‘xshaydi, sal bo‘sh tutdingmi, qo‘lingdan uchadi-ketadi. Yer ham tug‘adi, ham pulga kishan soladi. Yer olgan ko‘karadi, yer sotgan quriydi. Mana bu gapning mag‘zini chaq, jiyan! - Nochorlik, tog‘a, - Yo‘lchi piyoladagi sovigan choyni ikki qultumda bo‘shatib, gapirdi, - dadam bir yil to‘shakda yotib qoldi. Ekinimiz yaxshi bo‘lmadi. Qo‘l kalta bo‘lgandan keyin, qayoqqa uzatasiz? Yo‘lchi hali gapini bitirmagan edi, Mirzakarimboy uni kesdi: - Bir terining ichida qo‘y nech ozib, necha marta semiradi, - dedi salmoqlanib boy, kishining boshiga yomon kunlar ham keladi, ko‘nish kerak bunga. Bundan o‘ttiz besh yil ilgarimikan, rastada do‘konni ochgan yilim edida, boshimga bir mushkul ish tushdi: ba’zi vaqtda savdogarlar ham siqilib qoladi, sen bunga tushunmaysan. Menga pul kerak, qayerdan olaman! «Rakat» mavzusida otadan qolgan uch tanob joy bor edi. Ba’zi og‘aynilarim, shuni sot, deyishdi, Vaqti kelganda, jiyan, do‘stlar qo‘ltig‘iga kirib, balchiqdan tortmaydi. Men do‘stlarga sira ishonmayman. Maslahatga hammasi chaqqon. Nega desang, maslahatgo‘ylik oson narsada; tili qimirlaydi, xolos. Men ularga quloq solmadim. Boshni u yoqqa urdim, bu yoqqa urdim, axir yevini topdim, jiyan. Sanediqdan xotinimning kiyim- kechagini chiqardim, uyni bezashda boshqa narsaga yaramaydigan asboblarni yig‘ishtirdim, barini sotib pul qildim. Bilasan, xotin ahli molga o‘ch bo‘ladi, alalxusus, sandiqdagi molni yerko‘kka ishonmaydi. U yig‘ladi siqtadi. «Sandiqcha chirib yotgan moldan yerdagi axlat a’lo, ablah», dedim unga. Xotin erning quli; xotinning ko‘ngliga, ra’yiga qarab ish qilgan erkak odam emas, jiyan. Ishim to‘g‘irlanib ketdi, yerim o‘zimda qoldi.
- 47 -
- Tog‘a, boshqa ilojimiz yo‘q edi. Mana sizda narsa bor ekan, sotibsiz, bizda bir parcha yerdan boshqa, ko‘zga ilinarli hech narsa yo‘q edi. Men qarab turmadim, poda boqdim, o‘roqchilik qildim, otboqar bo‘ldim. Ayam boshoq terdi. Qishloqda tirikchilik qilish juda qiyin. Ochlik, yalang‘ochlikka ko‘nikib, tirikchiligimizni qilar edik, lekin bir narsaga boshimiz garang bo‘lib qoldi: dadamning gardanida qarzi bor ekan. Ozgina. O‘ttiz so‘mga ham yetmaydi. Dadam, kasali og‘irlashganday keyin, tashvishga tusha boshladi. «Ko‘zim ochiq ekan, qarzdan qutulib olay, go‘rimda tinch yotay, Yo‘lchi ro‘zg‘orga qaraydimi, qarzimni uzadimi», dedi ayamga. Xullas, yer juda arzonga ketdi. Kishining haqidan qutulganiga biz ham suyunib qolaverdik. - Ha, bunday degin, - Mirzakarimboy oyoqlarini gilamga uzatib, silab, gapni davom ettirdi: - Bu endi boshqa gap. Qarz yomon narsa, jiyan. Qarzdan qutulish uchun yer tugul, kishi o‘zini qul qilib sotishi kerak. Odamning hayvoni kishi haqidan qo‘rqmaydi, kishi moliga ko‘z olaytiradi. Shunday odamlar borki, o‘zlarida hech nima yo‘q, boshqaning mulkiga hasad qiladi, ko‘rolmaydi. Faqirlikka bo‘ysunmaydi, yaxshi yeb, yaxshi kiyishni orzu qiladi. Jiyan, aqling bo‘lsa, kishining bir tiyiniga xiyonat qilma. Tiyin ham pul, yuz ming so‘m ham pul. Sen har narsani Ollohdan so‘ra, u bersa – xo‘p; bermasa – xafa bo‘lma, taqdirga shukur qil, nomusli kambag‘al bo‘l. U dunyoda foydasini bilasan. Qani, non ol, uzumga qara Yo‘lchining qorni juda och edi. U tungi salqindan foydalanib, to‘xtovsiz yurish bilan qiyom vaqtida shaharga kelgach, anhor labida o‘tirib qishloqda beliga tugib olgan bitta nondan boshqa hech nima yemagan edi. Lekin Mirzakarimboy, savdogar nazokatidanmi yoki odatlanganidanmi, nonni juda mayda ushatgan edi. Yo‘lchi bir burdasini og‘ziga tiqsa, lunjining bir chekkasida yo‘qolib ketar, patnisga ketma-ket qo‘l cho‘zaverishga iymanar edi. Sodda qishloq yigiti takallufni bilmasa ham, odobtazim xususida onasi anchamuncha gaplarni uqtirib yuborgani uchun, davlatmand qarindosh huzurida ovqatdan tortinishni ma’qul ko‘rdi, dasturxonni tezgina yig‘ishtirib, choy icha boshladi. - 48 -
Mirzakarimboy qishloqi jiyani bilan so‘zlashishdan to‘xtagan bo‘lsa ham, fikri yigitni o‘rganish, uning kelishining chin sabablarini mulohaza qilish bilan mashg‘ul edi. U o‘z ichida shunday o‘yladi: «Qarindoshlarning ahvoli pachava, tirikchiligi bemaza. Yersiz, otulovsiz qishloqining kun kechirishi – o‘lim azobi. Onasining uzoqlashib ketgan tog‘asini yigit bekorga yo‘qlab keladimi? Yo‘q, mandan kiyim-kechak, pul-mul, olish umidida kelgan. Buni onasi yuborgan, albatta. Xotinlarning xulqi, odati ma’lum. To‘rtta qo‘shni xotin orasiga kirsa, boy tog‘am bor, eshigini yel ochib, yel yopadi, deb maqtansa kerak. Yaxshiyam o‘zi kelmabdi... Bo‘lmasa haligacha necha marta ko‘z yoshini to‘kib, tirikchiligidan zorlangan bo‘lardi. Bu yigit aqlli ko‘rinadi, ham ulug‘vor, vazmin yigit...» Xullas, asardagi barcha xarakterlar “Qutlug‘ qon” romanining badiiy qimmatini ta’minlashga xizmat etganligini ko‘ramiz.
Download 365.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling