O‘zbekiston respublikasi
Download 365.34 Kb. Pdf ko'rish
|
qutlug qon asarida xarakterlar ruhiyati tasviri
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Ilmiy-badiiy adabiyotlar
- I. Kirish…………………………………………………………………….............3 I BOB Oybek o‘zbek romanchilik maktabining ulkan namoyondasi...............7
- II BOB Oybekning “Qutlug‘ qon” romani poetik tahlili...................................19
- III BOB «Qutlug‘ qon» asarida xarakterlar ruhiyati tasviri………………28
- III. Xulosa………………………………………………………………………59 IV. Adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………………...........66
- 60 -
Ruhiyat, badiiy psixologizm romanning tasviriy–til vositalaridan tortib, badiiylikning hamma komponentlariga qadar u yoki bu darajada o‘z aksini topadi, personajlar hayoti va ma’naviyatidagi ijtimoiylikni ifodalashga xizmat etadi. Romanda tarixan tarkib topib kelgan milliy an’analar, urf-odat, marosimlar negizida jamiyatning, xalqning olg‘a harakatiga asqotuvchi, ruhiy optimizmiga kuch quvvat bag‘ishlovchi insonparvarlik, ozod mehnat orzusi, axloqiy poklik, chin muhabbat, do‘stlik, o‘zaro yordam tuyg‘ulari kabi ijtimoiy fazilatlar bilan birga milliylik maqsadlarida foydalanish mayllarining yashovchanligi ro‘y-rost ko‘rsatiladi. Milliylik qobig‘i tagida yetila borgan ijtimoiy, oilaviy-maishiy, shaxsiy va ma’naviy-axloqiy, ruhiy ziddiyatlar mag‘zini butun qarama- qarshiliklari bilan ochib berish, xarakterlarning ma’naviy-ichki to‘lqinlarining ko‘tarilishi va pasayishi hamda ularning zohiriy alomatlari – tashqi vajohati, xatti- harakati, tabiiy va ijtimoiy omillar bilan o‘zaro munosabati va to‘qnashuvlarini tasvirlash jarayonida bavosita (ba’zan bevosita) muallif ma’naviy-ruhiy pozitsiyasi – voqelikni badiiy bilishi (haqiqat izlashi), axloqiy (yaxshilik, ezgulikni tasdiqlashi), estetik (nafosatgo‘ylik) nuqtayi nazari singdiriladi. Oybek romanlari uchun ham «hayotning oddiy obrazini berish» va «eng teran ma’noda g‘oyaviy - ...badiiy ko‘rsatish» xarakterlidir. Bu – adabiyotda realistik metodning tub g‘oyaviy-badiiy tamoyili bo‘lib, ijodning har ikki o‘ziga xos (bir-biridan farqli) aspekti mutassil o‘zaro dialektik bog‘lanishlarda, bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatishda butunlik kasb etadi. Zotan, realizm hayot obrazlarining ko‘chirmasi yo ag‘darmasi emas, balki ularning ijtimoiy ma’nolari haqqoniy tahlil etilgan, insoniy-axloqiy va estetik asoslari mukammallashtirilgan, go‘zallashtirilgan, qayta aks ettirilgan quyma durdonalaridir. Hayot obrazlari – hayotni konkret-tarixiy jihatlarini ko‘rsatish romanning obyektiv mazmunini tashkil etsa, g‘oyaviylik uning subyektiv – ichki (ma’naviy-ruhiy) bisotini qamrab oladi. Oybek odam va olamning o‘zaro murakkab bog‘lanishlarini aks ettirish yo‘lidagi izlanishlarida o‘zbek xalqi va obrazining keng manzarasini chizibgina - 61 -
qolmaydi, balki ularning «ma’no»sini chaqadi, ijtimoiy, milliy va insoniy (ma’naviy) hayotning ziddiyatlari va xilma-xilliklari sabablarini badiiy tahlil etadi. U g‘oyat zo‘r ijodiy fantaziya, badiiy to‘qimalar vositasida ijtimoiy-milliy voqelikning mohiyati va tub haqiqatini jonli obrazlarda aks ettirib, hayot obrazlari ma’nosining ijodiy shuuri, dunyoqarashi, zehniyati va ma’naviyati xususiyatlari bilan boyitib, qabartib ifodalaydi. Lekin badiiy obrazlari ma’nosini chuqur haqqoniy va tarixiy talqin qilish ijodiy jarayonning eng nozik, eng ma’sulyatli paytini tashkil etadi, xalq hayotini, uning tarix yaratuvchi kuchini yozuvchining intellektual, ma’naviy axloqiy, estetik olami, ijodiy individualligi fokusiga to‘plab aks ettirishni taqozo etadi. Negaki, badiiy obrazi tasviri bilan muallif pozitsiyasidan uni talqin qilish o‘rtasida farq (zidlik) bor. Hayot obrazi – reallik (konkretlik, tashqi olam) tasviri o‘z hayotiy rivojlanish qonuniyatlari asosida talqin qilinsa, bu holda «tasvir» bilan «talqin» (moddiylik va ma’naviylik) o‘rtasidagi tafovut (zidlik) dialektik ravishda uyg‘unlashadi, birlashadi, butun bo‘lib uyushadi. Zotan, ijodning realistik tabiati tashqi olami konkret obrazlarda aks ettirish va ularni badiiy anglash jarayonida namoyon bo‘ladi. «Ana shuning uchun g‘oyat boy mazmun eng konkret va eng subyetivdir...» Voqelikni badiiy «bilish» va aks ettirishning tarkibiy qismi bo‘lgan muallif ijodiy pozitsiyasi ham aktiv, ziddiyatli, olg‘a bosish, o‘zgartishlar yasashga qobil xususiyatlari bilan ko‘zga tashlanadi. Muallif pozitsiyasi – ma’naviy-estetik sistemalarning ijodda reallashishi esa hayotiy xarakter va sharoitning barcha murakkabliklari, o‘zaro chigil bog‘lanishlari, ziddiyatlari orqali aks ettirish imkoniyatlariga aloqador. Oybek o‘z romanlari, jumladan, «Qutlug‘ qon»da ma’lum tarixiy bosqichdagi xalq hayotini, uning rivojlanish jarayonini xarakterlari harakatida, ma’naviyati zehniyatiga kuch bag‘ishlagan va shaxsan o‘z hayotiy va ijodiy tajribasida pishitib kelgan g‘oyaviy-psixologik nuqtayi nazaridan yoritib berdi. Uning ijodida realizmning xalqchillik, milliylik va ruhiyat tamoyillari yozuvchi ijodiy pozitsiyasi – dunyoqarashi va ichki dunyo deb atalgan ma’naviyati – ruhiy olamining mag‘iz-mag‘ziga singadi; obyektiv – hayot obrazlari ularni badiiy
- 62 -
«bilish» va emotsional his qilish, xarakterlarni ma’naviy, axloqiy-psixologik pozitsiyadan tahlil qilish (baholash) jarayonida ochiladi. Xuddi shuningdek, «Qutlug‘ qon» romanida tarixiy voqealik, xalq hayotini badiiy tadqiq etish (ularning ichki manzaralarini tasvirlash va «ma’nolari»ni ochish) da yozuvchi pozitsiyasi, ya’ni uning tasvir obektiga bo‘lgan, ma’naviy- ruhiy munosabati hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu esa roman xarakterlarining talqinida o‘z badiiy aksini topdi. Buni, avvalo, «Qutlug‘ qon» romanining bosh qahramoni Yo‘lchi obrazida yaqqol ko‘rish mumkin. Unda obektiv hayotning tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy-ruhiy qarama-qarshiliklarning keskinlashishi natijasida ongning uyg‘onishi; milliy ozodlik harakati va qo‘zg‘olonining kelib chiqishi, xalq qahramonining yetilishi, ya’ni xalqning tarix yaratuvchiligi aks etibgina qolmadi, balki yozuvchining hayotiy va ijodiy pozitsiyasi – zehniyati va qalb faoliyatining ularga hamohang tepishi, intellektual, axloqiy va estetik dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari ham obraz yaratishda muhim rol o‘ynaydi, «tasvir» bilan «ma’no»ning uzviy birikishiga faol ta’sir ko‘rsatdi. Oybek Yo‘lchi obrazida romanning asosiy pafosini ifodaladi. Real tarixiy voqealar asosida u o‘zbek xalqi milliy shuurining uyg‘onishini badiiy aks ettirdi. U Yo‘lchining konkret sosial-tarixiy sharoitda kechgan hayot yo‘lini – har bir qadami, xatti-harakati, fe’li-atvori, kayfiyati, sevgi lahzalari – ahvoli ruhiyatini miridan sirigacha, bosqichma-bosqich ichdan kuzatib, g‘oyaviy, axloqiy, estetik jihatlardan «baholab», ruhiy tahlil bog‘lanishlarini haqqoniy aks ettirishga, xilma- xilliklar va qarama-qarshiliklarga to‘la hayot obrazini dialektik butunlikda «ko‘rish»ga asqotadi. Yozuvchi tarixiy voqelikning ichki harakati va rivojiga Yo‘lchidan boshqa, O‘roz, Qoratoy, Shokir ota, Shoqosim va boshqa ishimizda tahlil etilgan xarakterlarda gavdalantirdi va har qaysi harakterning hatti-xarakati, xulq-atvori, ichki dunyosi, hayajonli xolatlarini yoritishda ruhiy tahlili u yoki bu darajada aks sadosini topdi. Ayrimlarning nayrangiga aldanib, xom xayol oruzlar bilan yashab, qizi Gulnor o‘ldirilganidan keyin moshday ochilgan batrak Yormat, Yo‘lchining
- 63 -
or-nomusli qalin do‘sti, uning og‘irini yengil qilishga doim tayyor turgan, temirchilik mehnatida suyagi qotgan pahlavon Qoratoy; bechoralar taqdirini yumshatishga, g‘am-anduhlarini yupatishga madadkor keksa kosib Shokir ota; tabiatan mard, quvnoq O‘roz; baxtsizlikning hamma zahrini tortgan Shoqosim; ayollar huquqsizligining fojiyaviy qurboni bo‘lgan, muhabbati samimiy, ma’naviy- axloqiy pok Gulnor xarakterlarining ruhiyati rivojida buni yaqqol kuzatish mumkin.
Romanda muallif dunyoqarashi real obrazlarning g‘oyaviy-emotsional ta’sirini oshiradi; o‘quvchi rag‘bati va muhabbatini (ba’zi personajlarga nisbatan nafrat va g‘azabini) qo‘zg‘atib boradi; har qaysi xarakterning mutallif va ziddiyatli xislatlarini, surat atvori bilan siyratini ichdan uyushtiradi, «tasviri» bilan «talqini»ni uyg‘unlashtiradi. Yozuvchi L.N.Tolstoy shunday yozgan edi: «San’atkorning maqsadi... hayotning behisob, lekin qachon ado qilib bo‘lmaydigan, hamma ko‘rinishlarini sevib qolishni singdirishdan iborat... basharti yozgan narsalarimni, hozirgi bola yoshidagilar 20 yildan so‘ng ham o‘qisalar, bunday romanga men butun umrimni va hamma kuchimni bag‘ishlar edim». Yozuvchi bu o‘rinda hayotni teran sevish tuyg‘usini singdirishda san’atkor g‘oyaviy maqsadining muhimligini asoslasa, boshqa bir o‘rinda ijodkor fikri badiiy muddaosining g‘oyat serqirra, serma’no, hatto ziddiyatli xarakterlarning ichki birligi ro‘yobga chiqarishdagi rolini, hayotni barcha qarama-qarshiliklari bilan atroflicha va keng qayta aks ettirgan asar (roman) butunligi, yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyatini alohida qayd qilib o‘tadi: «Har bir badiiy asarni toshmetinday bir butunga bog‘laydigan va shu sababli hayotni aks ettirish illyuziyasiday ta’sir qoldirgan nasra shaxslar va voqealarning birligi emas, balki avtorning predmetga bo‘lgan o‘ziga xos ma’naviy munosabati tufayli vujudga kelgan birlikdir». Muallifning dunyoqarashi, dunyoni «ko‘rishi» va his qilishi quruq bir g‘oyaning o‘zi emas, balki keng ma’noda tushunilgan g‘oyaviy, ma’naviy-estetik yo‘nalish bo‘lib, asarning har bir komponentida benihoya murakkab qirralari va ziddiyatlari bilan ifoda etiladi. V.G. Belinskiy aytganidek, «chinakam poetik asarlarda fikr dogmatik ravishda ifodalangan, mavhum
- 64 -
tushuncha emas, balki xuddi billur ziyo yoyilib ketgani kabi, butun asarga sochilib ketgan uning jonidir. Fikr – poetik asarlarning pafosidir». «Qutlug‘ qon» romanida tarixiy voqelikning rivojlanish jarayonini, o‘zbek xalqi hayotini qayta aks ettirish (realizm) prinsipi ijodga hayotni sevishni singdirish (avtor pozitsiyasi, uning g‘oyaviy-estetik nuqtayi nazari) bilan uzviy birlikda reallashadi. Tarixiy harakatni tushunish bevosita emas, balki bavosita – ya’ni obrazlar, xarakterlar, xatti-harakat, vaziyat va konkret manzaralarni tasvirlash yo‘li bilan ifodalanadi. Har qaysi xodisa, personajlarning o‘zaro munosabatlari, keskin to‘qnashuvlari tufayli tug‘ilgan fikr-mulohazalar, kechinmalar, ehtiroslar maishiy va ijtimoiy turmush majoralari, insonlar taqdiri mag‘ziga yedirildi va yozuvchining sodir bo‘layotgan voqealarni tushunishi, «talqin»iga jo‘rovoz bo‘ldi. Ijtimoiy-psixologik, oialaviy maishiy, shaxsiy va ommaviy harakat va kolliziyalar avtor «nigohi» va «ko‘rigi»dan o‘tadilar, uning ma’naviyati, axloqiy-estetik nuqtayi nazari yog‘dusi bilan yoritiladilar, «hayotiy mazmun»larini boyitadilar. Asarda ruhiy talqin salbiy personajlar obrazida ham yorqin ifodasini topadi. «Romanda xalq namoyondalarining ma’naviyati qanchalik mehr-muhabbat bilan ko‘rsatilsa, boylar tabiatining razil va qabihligi, ma’naviy qashshoqligi, xudkomligi shunchalik g‘azab va nafrat bilan ochiladi. «Qutlug‘ qon» romani o‘zbek xalqining tarixiy rivojlanish yo‘lini, xalq qo‘zg‘olonini keltirib chiqargan ijtimoyi-psixologik sabablarni tipik xarakterlar orqali tasvirlab, tarixiy taraqqiyot tendensiyasni ham chizib berdi,
qahramonlarning keyingi tarixiy taqdiriga ham nazar tashladi. Yo‘lchi – muayyan sosial-psixologik munosabatlarning mahsuligina emas, tobora ularga ta’sir ko‘rsatuvchi qahramon hamdir. U adolat, haqiqat, xalq baxtiyorligi prinsiplariga asoslangan munosabatlarni ro‘yobga chiqarishga intilgan faol kurashchi hamdir. Romanning ma’naviy kuchi, g‘oyaviy-estetik qimmati xalqning ruhini, hayotni sevish, kurash va yaratish tuyg‘ularini singdiradi va o‘sdiradi. «Qutlug‘ qon» romani til va badiiy mahorat jihatdan diqqatga sazovordir. Asarda adib xarakter yaratishda psixologik tahlil san’atidan, xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalangan. Obraz xarakterini, personaj tilini tabiiy va jonli qilib - 65 -
tasvirlagan. Shunga ko‘ra romandagi har bir xarakterning o‘z ichki va tashqi dunyosi bor, o‘z xarakter va individual tili bor. Masalan, Abdushukur tilidan ishlatilgan «g‘olibo maqsad», «kaminaning g‘oyaviy hayoti», «e voh, zavoli Turkiston», «milliy sarmoya», «o‘z boylarimiz – musulmon boylarimiz» singari so‘z va iboralar individual tus bergan. Romanda personajlar tili singari muallif nutqi ham katta mahorat bilan ishlangan. Asarda Oybek jonli xalq tili boyliklari: xalq maqollari, hikmatli so‘zlar va obrazli iboralardan, shuningdek o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a, majoz kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Bundan tashqari, yozuvchi xalq maqol va hikmatli so‘zlar darajasida turuvchi «yer sotgan – er bo‘lmaydi, er – yer sotmaydi», «jabrning to‘qmog‘iga toqat yo‘q», «xalq o‘z ishini o‘zi biladi», «o‘tinsiz qozon qaynamaydi» singari sermazmun, chiroyli jumlalar va obrazli iboralar yaratgan. «Qutlug‘ qon» romani syujet va kompozitsiya jihatdan ham tahsinga loyiqdir. Unda asar g‘oyasini va obrazlar xarakterini ochishga xizmat qilmaydigan tasvirlar, oshiqcha voqea va epizodlar yo‘q. Yozuvchi voqealar tasvirini ortiqcha cho‘zmaydi. Voqeadan voqea chiqarish va ularni tabiiy tarzda bir-biri bilan bog‘lash orqali asosiy syujet chizig‘ini vujudga keltiradi. Shu bilan birga, syujetni xarakter yaratish ishiga mohirona xizmat qildiradi. Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki, roman ayrim qusurlardan ham holi emas. Asarda o‘sha davr taqazosiga ko‘ra sosialistik realizm talabiga binoan rus inqilobchi Petrov obrazi sun’iy ravishda kiritilgan, uning Yo‘lchiga ko‘rsatgan ta’siri ideallashtirilgan. Jadid Abdushukur esa bir tomonlama tasvirlanib, o‘quvchida yoqimsiz taasurot qoldirishga urunilgan. Roman asosida yotgan ziddiyat chizig‘i asosan Yo‘lchi bilan Mirzakarimboy o‘rtasida tortilib, boshqa personajlar bu har ikkala tevaragida guruhlasha boshlaydilar. Oybek go‘yo tog‘a bilan jiyan o‘rtasida boshlangan bu «xonaki» ziddiyatni shunday mahorat bilan tasvir etib va rivojlantirib boradiki, u pirovardida 1916-yil qo‘zg‘oloni voqealari bilan uzviy ravishda tutashib ketadi. Shu ma’noda - 66 -
romanning asosiy qahramonlari butun o‘zbek xalqi uchun ahamiyatli bo‘lgan katta ijtimoiy masalalarni olg‘a sura oluvchi kuchga aylanadilar. Oybek asar qahramonlari obrazini yaratishda ruhiy tasvirning o‘ziga xos yo‘lidan borgan. U Yo‘lchi va Gulnor obrazlari mohiyatini ochishda ular hatti- harakatlari tasviriga e’tiborini qaratgan bo‘lsa, Mirzakarimboy o‘zining insoniy mohiyatini o‘z so‘zlari bilan ochadi. Bu so‘nggi tasvir usuli Yormat obrazini yaratishda yozuvchiga yordamga keladi. Asarning tili va uslubi, xarakterlar ruhiyatini belgilashda Oybek Abdulla Qodiriy izidan emas, ko‘proq yozuvchi Cho‘lpon orqasidan borgan ko‘rinadi. Yozuvchining tasvir uslubida ritm muhim rol o‘ynaydi. Oybek, Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanida bo‘lgani kabi, asar muqaddimasi (ekspozitsiyasi) ga katta o‘rin ajratadi; voqealar g‘oyat sust rivojlanib boradi. Ammo qahramonlar obrazi yorqinlashib, kurash maydoni bir qadar yorishgach, harakat keskin rivojlanib ketadi. Bunday o‘rinlarda tasviriy tafsillar ham, peyzaj ham qahramonlarning nutqlari ham nihoyatda qisqaradi. Kitobxon asarni o‘qir ekan, Oybekning iste’dodlik yozuvchi, xassos shoir ekanligini aslo unutmaydi. Xulosa qilib aytganda, Oybekning «Qutlug‘ qon» romani xarakterlari ruhiyatidagi kechinmalar, tuyg‘ular asar badiiy pafosini ochib berishga ximat etgan. Asar bugungi adabiyotshunoslikda yetakchi tahlil yo‘nalishlaridan bo‘lgan ruhiy tahlil uchun manba bo‘lib xizmat eta olishi, undagi xarakterlar ruhiyatini ochib beruvchi badiiy-psixologik detallar talqinidan yaqqol ko‘zga tashlanadi.
- 67 -
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar: 1.
Каримов И. А. Баркамол авлод орзуси. - Т., "Шарқ" матбаа консерни бош таҳририяти, 1999. 2. Каримов И. А. Янгича фикрлаш ва ишлаш - давр талаби. - Т., "Ўзбекистон" нашриёти, 1997. 3.
Каримов И. А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. - Т., "Ўзбекистон" нашриёти, 1996. 4. Каримов И. А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида. - Т., "Ўзбекистон" нашриёти, 1997. 5.
Каримов И. А. Бунёдкорлик йўлидан. - Т., "Ўзбекистон" нашриёти, 1996.
6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T., Ma’naviyat. 2008. 7. Каримов И. А. Адабиётга эътибор – маънавиятга, келажаакка эътибор. - Т., "Ўзбекистон", 2009. II. Ilmiy-badiiy adabiyotlar: 1.
Адабиёт назарияси. 2 томлик, 1 том. - Т., Фан, 1978. 2.
Адабиёт назарияси. 2 томлик, 2 том. - Т., Фан, 1979. 3.
Алимухаммедов А. Абдулла Каҳҳор ҳикояларида психологик тасвир. - Т., Турон-иқбол, 2011. 4. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. - Т., "Ўзбекистон" нашриёти, 2002. 5.
Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. - Т., "Янги аср авлоди" нашриёти, 2006. 6.
Ёкубов Ҳ. Адибнинг маҳорати. - Т., Ўзадабийнашр, 1996. 7.
Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва. - Т., Фан, 2006. 8.
Иззат Султон. Адабиёт назарияси. - Т., "Ўқитувчи" нашриёти, 2005. 9.
Инағомов Р. Шоир бўлиш осонмас. - Т., Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1996. - 68 -
10. Каримов Б. Абдулла Қодирий: танқид, таҳлил ва талқин. - Т., Фан, 2006.
11. Каримов Н., Мамажонов С., Назаров Б. Норматов У., Шарафиддинов О. ХХ аср оъзбек адабиёти тарихи. - Т., «Ўқитувчи» нашриёти, 1999. 12.
Каримов Н. Ойбек. - Т., «Ёш гвардия» нашриёти, 1985. 13.
Каримов Н. ХХ аср ўзбек адабиёти манзаралари. - Т., Ўзбекистон, 2008. 14.
Мустақиллик даври адабиёти. - Т., Фан. 2006. 15.
Мирзаев С. ХХ аср ўзбек адабиёти. - Т., «Янги аср авлоди» нашриёти, 2005.
16. Мирзаев С. Ўзбек романчилиги. Самарқанд., 1998. 17. Мирзаев С. Истеъдоднинг камолоти. - Т., Фан, 1998 18. Норматов У. Каҳҳорни англаш машаққати. - Т., "Университет", 2000. 19. Норматов У. Насримиз анъаналари. - Т., Адабиёт ва санъат нашриёти 1978. 20.
Назаров Б. Ўзбек адабий танқидчилиги. Ғоявийлик. Метод. Қаҳрамон. - Т., 1979. 21. Норматов У. Ижод сеҳри. - Т., «Шарқ» нашриёти, 2007. 22. Ойбек. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. - Т., Фан, 1990-95. 23. Расулов А. Танқид, талқин, баҳолаш. - Т., Фан, 2006. 24. Расулов А. Бадиийлик - безавол янгилик. - Т., "Шарқ" 2007. 25. Расулов А. Бадиий асарга ёндашув асослари. - Т., 2003. 26. Саидносирова З. Ойбегим менинг. - Т., "Шарқ" 1994. 27. Султон И. Навоийнинг қалб дафтари. - Т., Ғафур Ғулом номидаги нашриёт - матбаа ижодий уйи, 2010. 28.
Султонова М. А. Қаҳҳор услуби. - Т., 1967. 29.
Саидносирова З. Ойбегим менинг. - Т., Шарқ, 1994. 30.
Солиев А. Эл қўллаган ер мадҳияси. "Зиёкор", 2005 4-сон. - 69 -
31. Умуров Х. Маънавият ва бадиият. - С., 1998 32.
Умуров Х. Бадиий ижод асослари. - Т., Ўзбекистон, 2001. 33.
Умуров Х. Адабиёт назарияси. - Т., Шарқ, 2002 34.
Умуров Х. Таҳлил санъати. - Т., 1984. 35.
Фитрат.Адабиёт қоидалари. Тошкент: «Ўқитувчи» 1995-йил. 36.
Қуронов Д. Чўлпон хаёти ва ижодий мероси. - Т., Ўқитувчи 1997. 37.
Чўлпон ва танқид. - Т., Адабиёт жамғармаси, 2004. 38.
Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. - Т., Шарқ, 2004. 39.
Шукуров Н. Сўз сеҳри, Шеър меҳри. Самарқанд: "Зарафшон", 1992. 40.
Қўшжонов М. Ўзбекнинг ўзлиги. - Т., Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1994. 41. Қўшжонов М. Абдулла Қаҳҳор махорати. - Т., Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. 42.
Қуронов Д. Чўлпон насри поетикаси. - Т., Шарқ, 2004. 43.
Қодиров П. Халк тили ва реалистик проза. - Т., фан, 1973. 44.
Қаҳҳор А. Бадиий ижод ҳақида. - Т., 1987. 45.
Қўшжонов М. Ойбек маҳорати. - Т., Ўзадабийнашр, 1965. 46.
Қўшжонов М., Норматов У. Маҳорат сирлари. - Т., 1968. 47.
Қўшжонов М. Абдулла Каҳҳор маҳорати. - Т., 1988. 48.
Ҳаққулов И. Навоийга қайтиш. - Т., Фан, 2007. 49.
Ҳаққулов И. Абадият фарзандлари. - Т., Ёш гвардия, 1990.
- 70 -
MUNDARIJA I. Kirish…………………………………………………………………….............3 I BOB Oybek o‘zbek romanchilik maktabining ulkan namoyondasi...............7 1.1. Adib romanlari badiiyatiga bir nazar...............................................7 1.2. Oybek romanlari va yangicha tahlil muammolari.........................11 1.3. «Qutlug‘ qon» asari va istiqlol adabiyotshunosligi.......................17 II BOB Oybekning “Qutlug‘ qon” romani poetik tahlili...................................19 2.1. Asar mazmuni va obrazlar tizimi......................................................19 2.2. Asarda xotin-qizlar ruhiyati talqini………………………………...21
1.1. Asar qahramonlari ruhiyatidagi o‘zgarishlar tasviri……………28 1.2. Roman strukturasi va badiiy xarakterlar ruhiyati………………..36 1.3. Asarda epizodik obrazlari ruhiy dunyosi tasviri va asar badiiy qimmati…………………………………………………………47 III. Xulosa………………………………………………………………………59 IV. Adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………………...........66 Bajaruvchi: Bozorov K. Ilmiy rahbar: f.f.n. Qobilov U. Download 365.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling