Mavzu: Hadislardan namunalar


Download 24.18 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi24.18 Kb.
#1220216
  1   2
Bog'liq
hadis


15.03.2022
Mavzu: Hadislardan namunalar.
Maqsad:
Ta`limiy: O’quvchilarda hadislar to’g’risidagi bilimlarini shakllantirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda naqllarga bo’lgan his-tuyg’ularini tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning og’zaki nutqini va fikrlashini rivojlantirish.
Hadis - islom dini talimoti bo’yicha Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo’lib, Muhammad(s.a.v.) payg’abarning hayoti va foliyati, shuningdek uning diniy va axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi. Muhammad(s.a.v.) payg’ambar biror gap aytgan yoki biror ishni qilib ko’rsatgan bo’lsa, yoxud boshqalarning o’zlaricha qilayotgan biron ishini ko’rib, uni man etmagan bo’lsa, shu uch holatning har biri sunnat hisoblanadi. Ana shunday hatti-harakatlar yoki ko’rsatmalar haqidagi rivoyat hadis deb yuritiladi. Hadislarda islom dini ahkomlari yani, farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh kabilardan tashqari, axloq-odobga doir ko’rsatmalar ham talqin etiladi. Ularda ibodatning tartib-qoidalari va ularni mukammal bajarishga da’vat etish bilan birga insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog’ tushiradigan razil sifatlar qoralanadi.
HADISLARDAN NAQLLAR.
Abu Abdulloh Muhammad
Ibn Ismoil al-Buxoriy
Rasululloh sollallohi alayhi vasallam aytdilar: “Daraxtlar orasida bir daraxt bordir, bargini tashlamaydir. U musulmonga o’xshaydir (ya’ni musulmonlik daraxtining bargi-iymondir).Ayting-chi, bu qaysi daraxtdir?” Odamlar o’z qishloqlaridagi barcha daraxtlarning nomlarini ayta ketdilar….Odamlar: “O’zingiz aytib bering, yo Rasulilloh”,-deyishdi. Rasulilloh sollallohi alayhi vasallam: “U xurmo daraxtidir”,-dedilar.
ENG YAXSHI ISH.
Payg’ambardan:
-Islomda qaysi ish eng yaxshi sanaladi?-deb so’rashibdi.
-Ochlarga taom, tanish-notanishlarga salom,-deb javob beribdilar Payg’ambarimiz.

ENG YOMON ISH 
-Dunyoda eng yomon hamda qutulib ketishning iloji yo’q ish nima?-deb so’rashibdi.
-Nohaq qon to’kilishi,-deb javob beribdilar Payg’ambarimiz.

MA’QUL ISH.
-Odamlar bir-biri bilan aytishib,san-manga borib qolsa nima bo’ladi?-deb so’rashibdi.-Musulmonlar bir-birlari bilan uch kundan ortiq arazlab, gina saqlab gaplashmay yurishi mumkin emas.Shunda ularning qaysi biri avval salomlashgan bo’lsa, o’shaning ishi ma’qulroq sanaladi,-deb javob beribdilar Payg’ambarimiz.

Download 24.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling