O`zbekiston respublikasi


Burishtiruvchi yoki ichni qotiruvchi


Download 0.49 Mb.
bet20/24
Sana02.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#188561
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
DORIVOR O‘SIMLIKLAR kurs ishi

Burishtiruvchi yoki ichni qotiruvchi dorivor o‘simliklar. Anjabor (tanasi, ildizi), anor (meva qobig‘i), baxmalgul (guli, ildizi), behi (bargi, mevasi), boshog‘riqо‘t (tanasi, savatchaguli), dalachoy (tanasi, guli), dorivor gulxayri (guli, ildizi), jag-jag‘ (tanasi), otquloq (urug‘i, ildizi), oqqaldirmoq (tanasi), rovoch (urug‘i, ildizi), totim (bargi, mevasi), toron (urug‘i, ildizi), tog‘dastarbosh (tanasi, savatchaguli), toron (urug‘i, ildizi), choyо‘t (tanasi, guli), eman (pо‘stlog‘i), qirqbо‘g‘in (tanasi).

Og‘iz bо‘shlig‘idagi noxush hidlarga qarshi ishlatiladigan dorivor o‘simliklar. Alqor (bargi, urug‘i), arpabodiyon (tanasi, urug‘i), achchiq bodom (danagi), bodomcha (danagi), bо‘ymodaron (bargi, savatchaguli), jambul (bargi, tanasi), zanjabil (tanasi), zira (urug‘i), issop (tanasi), kiyikо‘t (tanasi), limonо‘t (bargi), moychechak (tanasi, savatchaguli), petrushka (tanasi, urug‘i), rayhon (bargi), totim (mevasi), tog‘rayhon (tanasi), ukrop (tanasi), sherolg‘in (tanasi, bargi), yalpiz (bargi), qalampir yalpiz (bargi, qorazira (urug‘i).

Dorivor moychechakMatricaria chamomilla L. Romashka aptechnaya – Asteraceae astradoshlar oilasiga mansub bir yillik hushbо‘y о‘sim-lik. Ildiz tarmoqlari yaqqol kо‘zga tashlanmaydi. О‘q ildiz, kam tarmoqlangan. Sug‘oriladigan maydonlarda bо‘yi 50-60 sm, lalmi yer-larda 45-55 sm. Poyasi asosan tarmoqlangan. Barglari navbatlashib joylashgan, bandsiz, uzunligi 2-5 sm, har biri 2 yoki 3 ta patsimon yorilgan ingichka bо‘laklarga bо‘lingan. Tо‘p gullari savatchalar, mevasi uzunchoq, uzunligi 0,8 - 1,2 mm bо‘lgan qо‘ng‘ir - yashil urug‘dan iborat. 1000 ta urug‘ning vazni 0,26 - 0,53 g.

Kimyoviy tarkibi: savatchadagi gullar tarkibida 0,2 - 0,8% efir moyi, flavonoidlar, vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa moddalar bor.

Ishlatilishi. Savatchadagi gullari ichak siqilishida, qorin dam-lanishida,  ich  ketish  kasalliklarida,  choy yoki  damlama  sifatida ishlatiladi.  Antiseptik va yallig‘lanishga qarshi vosita tarzida tomoqni chayish  va vanna qilishda tavsiya etiladi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling