O`zbekiston respublikasi


Download 0.49 Mb.
bet22/24
Sana02.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#188561
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
DORIVOR O‘SIMLIKLAR kurs ishi

Qonni tо‘xtatuvchi dorivor o‘simliklar. Birsepar (tanasi), bozulbong (tanasi), gazandaо‘t (bargi), dalachoy (tanasi), dastarbosh (tanasi), jag‘-jag‘ (tanasi), ittikanak (tanasi), kelin tili (tanasi, ildizpoyasi), na’matak (mevasi), otquloq (urug‘i, ildizi), oqqurt (bargi), rovoch (urug‘i, ildizi), toron (urug‘i, ildizi), totim (bargi), chiroyli toron (ildizi), choyо‘t (tanasi), qontepar (ildizi), qо‘ypechak (bargi).

Oddiy bо‘ymodaron - Achillea Millefolium L. astradoshlar - Asteraceae (murakkabguldoshlar — Compositae) oilasiga kiradi.

Kо‘p yillik bо‘yi 20—50 (ba’zan 80) sm ga yetadigan о‘t о‘simlik. Ildizpoyasi shoxlangan bо‘lib, yer ostki novda hosil qiladi. Bunday novdadan ildizoldi barglar va poyalar о‘sib chiqadi. Poyasi bir nechta, tik о‘suvchi, yuqori qismi shoxlangan bо‘lib, ular qalqonsimon gul tо‘plamlari bilan tamomlanadi. Bargi oddiy, ikki marta patsimon ajralgan bо‘lib, poyada bandsiz ketma-ket о‘rnashgan. Gullari savatchaga tо‘plangan. Savatchalar о‘z navbatida qalqonsimon tо‘p gulni tashkil etadi. Mevasi — yassi, tuxumsimon, kulrang pista.

Iyun oyidan boshlab yoz oxirlarigacha gullaydi, mevasi avgustdan boshlab yetiladi.

Geografik tarqalishi. О‘simlik keng tarqalgan bо‘lib, о‘rmon, о‘rmon-chо‘l va chо‘l hududlarida hamda tog‘li tumanlarda (tog‘ etaklaridagi tekisliklarda, tog‘ yonbag‘irlarda) ochiq yalangliklarda va quruq о‘tloqlar, qirlar, yо‘l yoqalari, о‘rmon chetlari va boshqa yerlarda о‘sadi.

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida karotin, K va S vitaminlar, axillein va betonitsin alkaloidlari, 0,8% gacha efir moyi, matrikarin izomeri, millefin laktoni, 0,31% xolin, asparagin, smola, oshlovchi, achchiq (proxamazulen-axillin) va boshqa moddalar bо‘ladi.

Efir moyi tarkibida 1—4% gacha xamazulen (asosiy qismi, efir moyini olish vaqtida proxamazulendan hosil bо‘ladi), tuyon, kamfora, borneol, kariofillen, 10% gacha sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar bor.



Ishlatilishi. Mahsulotning dorivor preparatlari me’da-ichak (me’da yarasi va gastrit hamda shilliq qavatning yallig‘lanishi) kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon tо‘xtatuvchi dori sifatida (ichakdan, bachadondan va gemorroidal qon oqishi) hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni tо‘xtatish uchun ishlatiladi.

Dorivor preparatlari. Suyuq ekstrakt, damlama, yer ustki qismi kukuni (poroshogi).

Mahsulot ishtaha ochish, qon oqishini tо‘xtatish uchun va me’da-ichak kasalliklarida ishlatiladigan yig‘malar — choylar tarkibiga kiradi.




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling