Oʻzbekiston respublikasi


III. Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba


Download 370.07 Kb.
bet9/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

III. Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba:
Hayvonlar ekologiyasi kursini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: tirik organizmlarning geografik tarqalishi, yashash xususiyatlarini va ular jamoalarining yer yuzida geografik tarqalish va taqsimlanish qonuniyatlarini ko`rsatkichlarining vazifalari, roli va o‘rnini mukammal bilishi kerak. DTSlar asosida yaratilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ishlay olish va ularni amaliy tatbiq etish; ekologiya fanlarini maktab, litsey va o‘rta mahsus kasb-hunar muassasalarida o‘qitishni tashkil etishning o‘ziga xos tomonlari bilan tanishtira bilish; o‘qitish usullari, vositalarini qo‘llay olish haqida ilmiy bilimlar, amaliy o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lish, etuk ekolog mutaxassis bo‘lish jarayonidagi o‘zgarishlarni tahlil qila olish va ulardan xulosalar chiqarish, tasavvur va bilimga ega boʻlishi;
Hayvonlar ekologiyasi kursini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr ekologiya huquqi, ekologik ekspertiza ekologiya sohasini rivojlantirishning o‘ta dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, u davlatimizni barqaror rivojlanishini ta’minlab beruvchi omillardan biridir, ta’lim jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi pedagogik texnologiyalar, hamda interfaol metodlari; ekologik ta’limni o‘qitishni amalda qo‘llay olish, mustaqil bilim berish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtira olish va amalga oshirish malakasiga ega boʻlishi kerak.
IV. Oʻqitish usullari:
Fanni oʻqitish jarayonida zamonaviy uslublardan foydalanish, sohadagi muammolarni ta’limning ommaviy shakllari bilan bogʻlab, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy mashgʻulotlar orqali mustahkamlab borish lozim. Oʻquv materiallarini talabalar tomonidan unumli oʻzlashtirish uchun koʻrgazmali qurollar oʻqitishning texnik vositalari, chorvachilik fani boʻyicha chop etilgan ma’ruza matnlaridan keng foydalanish, talaba bilimini baholash tizimini joriy etish. Ma’ruza mashgʻulotlarida ilgʻor pedagogik texnologiyalar foydalaniladi.
“Hayvonlar ekologiyasi” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim.
Tizimli yondashuv.
Faoliyatga yoʻnaltirilgan yondashuv.
Dialogik yondashuv.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
Muammoli ta’lim.


Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling