O'zbekiston respublikasi
PORTLANDTSEMENT VA UNING QOTISHI
Download 146.21 Kb.
|
YOPISHQOQ MODDALAR KIMYOSI
3. PORTLANDTSEMENT VA UNING QOTISHI.
Xom ashyo pishirilganda dastlab organik moddalar kuyadi, sungra gil tarkibiy kismlarga ajralib, suvini yukotadi: Al2O3 ∙ 2SiO2∙ 2H2O ® Al2O3 + 2SiO2 + 2H2O Gil tarkibida temir oksidlari (asosan Fe2O3) xam buladi. Xarorat 8000Сga yetganda oxaktosh termik dissotsilanadi: СаСО3 ® СаО + СО2 SHunday kilib,bu oksidlarning xammasi klinker minerallari tarkibiga kiradi, ularning klinker tarkibidagi mikdori: СаО – 62…68%, SiO2 – 18 …26 %, Al2O3 – 4 …9% Fe2O3 – 0 3%. Bu oksidlardan tashkari, klinkerning sifatiga ma‘lum darajada ta‘sir etuvchilar, masalan, kaliy, natriy, magniy, titan oksidlari K2O, Na2O, MgO, TiO2, fosfat angidrid R2O5 va sulfat angidrid SO3 ham buladi. Magniy oksid MgO 15000С gacha kizdirilganda, garchi suv ta‘sirida sunish && xususiyatini yo’qotmasada, juda sust so’nadigan bo’lib qoladi va uning bu xususiyati qotib qolgan tsementoshda ham davom etishi mumkin, buning natijasida qorishma va beton yoriladi. Buning (tsement hajmining notekis o’zgarishining) oldini olish maqsadida portlandtsement tarkibidagi erkin MgO miqdori standartga ko’ra cheklab qo’yiladi – u 4,5 % dan oshmasligi zarur. Klinker asosan СаО dan tborat. Yuqori sifatli tsement olish uchun СаО erkin holda bo’lmasdan, kislotali oksidlar SiO2, Al2O3 va Fe 2O3 lar bilan birikkan holda bo’lishi kerak. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan oksidlar (СаО, Al2O3, Fe2O3, SiO2) portlandtsement klinkerida har xil tarzda birikib, turli minerallar: alit – uch kaltsiyli silikat 3СаО∙ SiO2 (shartli belgisi С3S), uch kaltsiyli alyuminat 3СаО∙ Al2O3 (shartli belgisi С3А), tselit – to’rt kaltsiyli alyumoferrit 4СаО∙Al2O3∙ Fe2O3 (shartli belgisi C4AF) hosil qiladi, belit – ikki kaltsiyli silikat 2СаО∙ SiO2 (C2S). Portlandtsementning xossalari uning tarkibidagi minerallar miqdoriga bog’lik, bu minerallar quyidagicha bo’lishi mumkin: C3S – 37… 60%, C2S – 15 … 37%, C3A – 7…15%, C4AF – 10… 18%. Reaktsiyaga kirishgan SiО2 miqdorining Al2O3 bilan Fe2O3 miqdoriga nisbati silikat moduli yoki qumtuproq moduli deb ataladi va n harfi bilan belgilanadi: %SiO2
n = % Al2O3 + % Fe2O3 Oddiy portlandtsement uchun silikat moduli 1,7 dan 3,5 gacha bo’ladi. Al2O3 miqdorining Fe2O3 miqdoriga nisbati giltuproq moduli yoki alyuminat moduli deb ataladi va Р harfi bilan belgilanadi: % Al2O3 P = % Fe2O3 Oddiy portlandtsement uchun giltuproq moduli 1 dan 3,0 gacha bo’ladi. Portlandtsement klinkeri tarkibidagi asos oksidlari miqdorining kislota oksidlari miqdoriga nisbati tsementning gidravlik moduli deb ataladi va m harfi bilan belgilanadi. Tsementning yaxshi navlari uchun gidravlik modul taxminan 2 ga teng bo’ladi. Portlandtsement suvga qorilganda uning tarkibidagi minerallar suv bilan reaktsiyaga kirishib, gidrolizlanadi; С3S gidrolizlanganda ikki kaltsiyli silikat geli bilan Са (ОН)2 ning to’yingan eritmasi hosil bo’ladi. 3CaO ∙ SiO2 + 3H2O = 2CaO ∙ SiO2 ∙ 2H2O + Ca (OH)2 C2S ham gidratlanadi: 2СaO ∙ SiO2 + 2 H2O = 2 CaO ∙ SiO2 ∙ 2H2O Suv qo’shib suyultirilgan sari eritmadagi Са(ОН)2 ning kontsentratsiyasi kamayib muvozanat o’ngga siljiydi va hosil bo’lgan 2CaO ∙ SiO2 minerali Са(ОН)2 bilan silikat kislota geliga to’la ajraladi. С3А ning gidratlanishi natijasida kaltsiy gidroalyuminatlar hosil bo’lib, ulardan eng barqaror olti molekula suvli, kubsimon kristal – uch kaltsiyli alyuminatdir: 3СаО ∙ Al2O3 + 6H2O = 3CaO ∙ Al2O3 ∙ 6H2O CuO ning kontsentratsiyasi ortishi bilan ko’p asosli kristall hosil bo’ladi: 3СаО ∙ Al2O3 + Ca(OH)2 + 12H2O = 4CaO∙ Al2O3 ∙13H2O C4AF ham suv ta‘sirida gidrolizlanadi: 4СаО ∙ Al2O3 ∙ Fe 2O3 + mH2O = 3CaO ∙ Al2O3 ∙6H2O + CaO ∙ Fe2O3 ∙ nH2O Hosil bo’lgan gidroalyuminat va gidroferritlar gips bilan reaktsiyaga kirishib, gidrosulfoalyuminat hamda gidrosulfoferritlar hosil qiladi: 3CaO ∙ Al2O3 ∙ 6H2 + 3(CaSO4 ∙ 2H2O) + 19H2O = 3CaO ∙ Al2O3 ∙ 3CaSO4 ∙ 31H2O CaO ∙ Fe2O3 ∙ nH2O + 3(CaSO4 ∙ 2H2O) + Ca(OH)2+ mH2O = 3CaO ∙ Fe2O3 3CaSO4 ∙ 32H2O
Download 146.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling