О‘zbekiston respublikasi


-MAVZU:XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHLARI JAHON ADABIYOTI


Download 417.5 Kb.
bet29/35
Sana05.01.2022
Hajmi417.5 Kb.
#215377
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
Αzbek filologiyasi fakulteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi jahon a

15-MAVZU:XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHLARI JAHON ADABIYOTI
Reja:

1. Modernizm adabiyoti va o’ziga xos xususiyatlari.

2. Frans Kafka ijodi va modernizm.

3. Alber Kamyu ijodi va modernizm.

4. Jahon adabiyoti va modernizm.

Adabiyotlar:

1. I. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kkuch. T., Ma`naviyat, 2008.

2. Alimuhamedov N. “Antik adabiyot tarixi”. T.: “O’qituvchi”. 1975 yil.

3. Sulaymonova F. “Sharq va G’arb”. T.: “O’zbekiston”. 1997 yil.

4. Kun N.A. “Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari”. Toshkent. 1983 yil.

5. Mahmudov M. “Hayrat va tafakkur”. Toshkent. G’.G’ulom. 1990 yil.

6. Sh. Normatova. Jahon adabiyoti. T., Cho’lpon, 2008.

7. F.Kafka. Jarayon. Alisher Navoiy nomidagi nashriyot. Toshkent. 2006.


Modemizm fransuzcha moderne (zamonaviy, eng yangi) so'zidan olingan bo'lib, XX asrning 20-yillarida vujudga kelgan badiiy estetik tizimni anglatadi. Shu davrdan boshlab XIX asr san'atidan ferq qiluvchi yangi san'at shakllana boshlaydi.

Modernizmning vujudga kelishiga Shopengauyer va Nitsshe irrasional falsafasi, Bergson intuitivizmi, E. Gusselning fenomeno-logiyasi, Freyd va Yung psixoanalizi, Xaydegger, keyinroq Sartr va Kamyu ekzistensializmi, Franfurkt maktabi ijtimoiy falsafasi g'oyalari asos bo'lib xizmat qildi. Modemizm malum ijtimoiy davr mahsuli edi, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida jamiyat hayotida yuz bergan ijtimoiy va ma'naviy tushkunlik (bu dekadentlik atamasi bilan nomlanadi) adabiyot va san'atga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Moderniz­mning paydo bo'lishibirtomondanjamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarga norozilik ifodasi edi, zero ular ijtimoiy o'zgarishlar, inqilob-u to'ntarishlar bilan insonni baxtli qilib bo'lmasligini anglab yetdilar; modemizm oqimining g'oyaviy asosini tashkil qiluvchi falsafa insonning ijtimoiy tomoniga emas, ruhi, qalbiga asosiy e'tiborni qaratdi.

Modernist o'zlaridan oldingi falsafani narsalar ialsafasi bo'lgani uchun tanqid qiladilar, falsafa diqqat markazida inson turishi lozim, degan fikrni ilgari suradilar, insonning asl hayoti real voqelikdagi emas, ko'ngildagi, ongdan tashqari, aql-idrokka bo'ysunmaydigan hayoti deb biladilar. Ayni paytda ular an'anaviy shakldan ham qoniqmaydilar; XIX asr realizmi va romantizmi uchun xos bo'lgan qolip tusini olgan shakl va usullarni takrorlash, naturalizmning voqelikdan passiv nusxa ko'chirishi, badiiy ijodda akademizmga qarshi isyon ko'tardilar.

Ushbu yo'nalish tarafdorlari an'anaviy shakl hozirgi zamon voqeligini ko'rsatishga ojizlik qilib qolgan, deb hisoblaydilar. Ruh-qalb hayotini alohida qadrlovchi modernistlar, endi realistik usul va vositalar inson qalbining yashirin tublariga kirish, uni bor bo'yicha, ro'y-rost tasvirlash uchun ojizlik qilib qolgan, deb hisoblaydilar.

XX asr adabiyotida modernistlarning shakl bobidagi izlanishlarini aks ettiruvchi ko'plab oqimlarni ko'rsatish mumkin.

Futurizm - lotincha (futurum) so'z bo'lib, «kelajak» ma'nosini anglatadi. Bu oqimning maqsadi kelajak san'atini yaratishdan iborat edi Futuristlar san'at tamomila erkin bo'lishi kerak, deb hisoblardilar, o'tmish san'atini inkor qilardilar. Futuristlar yozish texnikasiga alohida e'tibor beradilar, poetik qonuniyatlarni buzadilar.

O'zining bir qancha ziddiyatli jihatlariga qaramasdan futurizm V.Xlebnikov, Pasternak kabi shoirlar ijodiy yo'nalishlarining shakllanishida katta rol o'ynadi, shakl bobidagi dadil tajribalariga asos bo'ldi.




Download 417.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling