О‘zbekiston respublikasi
Download 417.5 Kb.
|
Αzbek filologiyasi fakulteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi jahon a
Impressionizm (fransuzcha impression - taassurot) - XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Fransiyada vujudga kelib, tasviriy san'at, adabiyot, musiqada o'zini namoyish qilgan oqim. Impressionistlar insonning biron hodisa ta'sirida tug'ilgan taassuroti, hissiyoti, hayajoni, ruhiy holati san'atning diqqat markazida turishi kerak deb hisoblaganlar.
Ular insonning asl hayotini g'ayrishuuriy hissiyotlar, o'zgalardan yashirin tuyg'ularda ko'rganlar, ushbu olamni bor bo'yicha ko'rsatishga harakat qilganlar. Impressionizm atamasi Monening «Taassurot. Quyosh chiqishi» nomli kartinasi ko'rgazmada namoyish etilgandan so'ng paydo bo'lgan. Rassomlar o'zlarining sevimli janrlari bo'lgan peyzaj, portret, ko'p shaxslar tasvirlangan kompozitsiyalarda ularni qurshagan dunyodan olgan lahzalik taassurotlahni ifodala-ganlar. Adabiyotda impressionizm yo'nalfchlari naturalizmdan simvolizmga o'tish jarayonida shakllandi. J. va E. Gonkurlar, J.Gyuismans, Gi de Mopassan ushbu yo'nalishga moyillik bildiradilar, asarlarida oniy lahzada insonning tang-barang tuyg'ulanni so'z yordamida iloji boricha to'liqroq tasvirlashga intilganlar. Impressionizm alohida maktab tusini olmagan bo'lsa-da, bu yo'nalish vakillarining ko'plab kashfiyotlari zamonaviy san'at va adabiyotda iz qoldirdi. Syurrealizm (fransuzcha surrealizme) - Fransiyada XX asrning 20-yillarida vujudga kelgan oqim. Syurrealizm intuitivizm falsafasi, sharq diniy falsafasi, freydizm ta'limotiga tayanadL Syurrealizm estetikasi A.Bretonning «Syurrealizm manifesto asarida o'zining ifodasini topgan. Ular insonning «men» iga erkinlik berishga, uni moddiyunchilik, insonning ijodiy imkoniyatlarini cheklovchi an'anaviy estetika zanjirlaridan xalos qilishga chaqiradilar. Hayotning asl mohiyati insonning ongdan tashqari g'ayrishuuriy olamida berkingan deb hisoblaydilar, adabiyot tartibotlarga, ko'nikma, axloqiy tushunchalar va mantiqqa bo'ysunuvchi hayotni emas, uning botindagi pinhon tuyg'ularini tasvirlashi lozim. Shu sababli inson ruhining g'ayrishuuriy holatini namoyish etuvchi usul sifatida tush holati, go'daklik kechinmalari, gallyusinatsiya kabilardan foydalanganlar. Syurrealistik asarlar syujeti majoziylikka, paradoksga, kutilmaganlikka asoslanadi Adabiyotda Appoliner, tasviriy san'atda S.Dali, X.Miro, I.Tangi, G.Arp, AMasson, R.Magritt, kinematografiyada L.Bunyuel, absurd teatrida E.Inoyekso, S.Bekket ushbu oqim namoyandalaridir. Modernizmga tushkunlik mafkurasini ifodalovchi hodisa sifatida salbiy baho berib kelindi. Biroq uning buyuk namoyandalari bu fikrning biiyoqlamaligi, adolatsizligini isbotladi. Frans Kafka, Jeyms Joys, Alber Kamyu asarlarida chirigan jamiyatning inson shaxsiga ta'siri, uni mahv etishi o'zining yorqin ifodasini topsa-da, insonga, uning kelajagiga ishonch tuyg'usi ham ufurib turadi. Modernistik ijod mahsullarida fojiaviy taqdirga mahkum inson fojiaviylik zamirida ham baxtga intiladi, najot axtaradi. Modernchi adiblarning qahramonlari ko'p hollarda favqulodda vaziyatga tushib qoladilar, ana shunday hollarda ularning qalbida ro'y berayotgan jarayonlar tnuallif diqqat markazida turadi. Ularning qahramonlari odatda halol, sofdil, beozor odamlar. Ruh hayoti bilan yashash, ko'ngil buyurganini qilish, soxtalik, sun'iylikni inkor qilLsh, qalbidagini yashirmaslik - F.Kafta, A.Kamyu kabi ijodkorlar asarlarining qahramonlarida ana shu jihatlar yetakchilik qiladi. Modernistlar shaklga alohida e'tibor beradilar, shartli-ramziy usullarni qo'llaydilar, inson shaxsiga kutilmagan tomondau yondashadilar. Bu jihatdan, ayniqsa, avstriyalik yozuvchi F. Kafka, fransuz adibi A. Kamyu va amerikalik U. Folkner ijodi diqqatga sazovor. Frans Kafka XX asr modern adabiyotining eng ajoyib va o'ziga xos namoyandasidir. Uning ijodi g'oyatda xilma-xil qarashlar va baholarga sabab bo'lgan. Albatta, Kafka tiriklik chog'idagiga qaraganda o'limidan keyin unga qiziqish kuchli bo'lganligini ham e'tirof etish kerak. Ba'zan buyuk iste'dod egalari o'z davrida tan olinmasligi, tushunilmasligiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Kafka ham shunday ijodkorlar sirasiga kiradi. U Markaziy Yevropada o'tgan asrning 20-30-yillarida juda keng bo'lmasa ham ma'lum ma'noda tanilgan edi. O'z paytida Gesse, T.Mann, Muzil, Brext kabi taniqli yozuvchilar uning iste'dodini tan olgan edilar. Biroq Kafka nomining chinakam shuhrati Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrga to'g'ri keladi. Chunki Kafka tirikligida kitoblarining nashr qilinish-qilinmasligiga bee'tibor qarar edi. Shu sababli o'limidan keyin nashr etilgan, ba'zilari tugallanmagan «Jarayon», «Qo'rg'on», «Amerika» romanlari adabiyot olamida chinakam voqea bo'ldi. Uzoq davr mobaynida Kafka merosi uning do'sti, yozuvchi Maks Brod qo'lida saqlandi. Brod marhum yozuvchi timsolida ko'proq san'atkomi emas, «g'oya odamini» ko'rar edi. Shu sababli uni xristian ta'limoti targ'ibotchisiga chiqarib qo'ygan edi. Kafka ijodini o'zicha noto'g'ri talqin qilganiga qaramay, Brodning adabiyot oldidagi xizmati ulkan bo'ldi, u do'stining barcha nashr qilinmagan qo'lyozmalarini yoqib yuborishni so'rab qoldirgan vasiyatini bajarmadi va dunyo kitobxoni Kafka merosi bilan to'liq tanishish imkoniyatiga ega bo'ldi. Kafka nomi shuhrat cho'qqisiga chiqqach, barcha uni o'zicha talqin qilish va ulug'lashga o'tdi. Dastlab Amerikada boshlangan Kafkani yangidan tanish asta-sekin butun dunyoga yoyildi. Tanqidchilik buning sababini yozuvchi asarlarida ko'zga tashlanadigan payg'ambarona bashoratlarda ko'radilar. Kafka hech qachon payg'ambarlikka da'vo qilrnagan edi, biroq u dunyo taraqqiyotidagi ba'zi tamoyillarni ko'ra bildi. Insoniyat ishongan g'oyalarning urushdan keyin puch bo'lib chiqishi, tamaddun - sivilizatsiyaning oxir-oqibatda insonni mahv qiluvchi jihatlarini o'z asarlarida ochib berdi. Kafka g'ayriinsoniy tartibotlar hukmron bo'lgan dunyodan nafratlanar edi, insonning imkoniyatlariga ishonmas edi. Ayni paytda u inson uchun iztirob chekar, uning ucbun o'zini javobgar deb his qilar edi. Kafka dunyoqarashidagi qarama-qarshilik uning asarlari turlicha baholanishiga sabab bo'ldi. Uning ijodini diniy va modern adabiyotning turli oqimlari aqidalari bilan izohlashga urindilar. XXI asrga kelib ham Kafka ijodiga bo'lgan qiziqish so'ngani yo'q. Zero, bu yozuvchining kashfiyotlari zamonaviy kitobxon qalbiga ham yo'l topa bilmoqda.
Download 417.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling