10-MAVZU: FRANSIYA, ANGLIYADA UYG'ONISH DAVR ADABIYOTI
Reja
Farnsiya uyg'onish davri adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari.
Fransua Rable hayoti va ijodi.
Angliyada uyg'onish davri adabiyotining paydo bo'lishi.
Uilyam Shekspir asarlarining jahon adabiyotida tutgan o'rni.
Adabiyotlar.
1. I. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kkuch. T., Ma`naviyat, 2008.
2. Alimuhamedov N. “Antik adabiyot tarixi”. T.: “O’qituvchi”. 1975 yil.
3. Sulaymonova F. “Sharq va G’arb”. T.: “O’zbekiston”. 1997 yil.
4. Kun N.A. “Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari”. Toshkent. 1983 yil.
5. Mahmudov M. “Hayrat va tafakkur”. Toshkent. G’.G’ulom. 1990 yil.
Sh. Normatova. Jahon adabiyoti. T., Cho’lpon, 2008.
V. Shekspir Tan. Asarlar to'plami. Toshkent “Fan 2008”
XIV asr o’rtalarida Italiyada paydo bo’lgan uyg’onish harakati XV asrning ikkinchi yarmida Yevropaning bir qancha yerlarida boshlanadi. XVI asrning boshlarida esa Frantsiyada vujudga keladi. Frantsuz Uyg’onish davri adabiyotiga Italiya ma‘lum darajada ta‘sir ko’rsatdi. Bu vaqtda frantsuz qiroli Frantsisk I Italiyaga harbiy yurish boshlagan Frantsuzlar Italiyaga gumanist yozuvchilar Dante, Petrorka va Bokachcho asarlarini olib kelib frantsuz tiliga tarjima qildiradilar XVI asrda yashab ijod etgan frantsuz Uyg’onish davrining yirik vakillari bilim doiralarining kengligi bilan ajralib turadigan yozuvchi, filosof, tarixchi, tabiatshunos ham edilar. Rable, Maro, Margarita Navarrskaya, Ronsar va boshqalar frantsuz adabiyotining yuksalishiga katta hissa qo’shgan, voqelikka real yondasha bilgan ulug’ adib va shoirlar sifatida mashhurdirlar. Frantsuz Uyg’onish davri adabiyotining yirik vakili, ulug’ gumanist yozuvchi Fransua Rable, turen viloyatining Shinon nomli shaharchasida advokat oilasida tug’ildi. Rable o’z hayoti davomida uch marta Italiyaga borib, qadimgi rim madaniyati yodgorliklari bilan tanishadi, tabiiy fanlar bilan shug’ullanadi, lotin tili bilan birga arab tilini ham o’rganadi. Rable gumanistik ijodining nodir namunasi xalq orzu-istaklarini chuqur aks ettirgan o’lmas asari “Gargantyua va pantagryuel” romanidir. Bu roman o’rta asr turmush-tartiblari va xulq-atvorlariga, sxolastik tafakkurga qarshi achchiq satira sifatida yuzaga keladi, unda hayoliy bo’lsada, kelajak baxtli hayot haqidagi xalqning umid-orzulari aks etadi. “Gargantyua va pantagryuel” besh kitobdan iborat bo’lib, uni yaratish uchun adib yigirma yildan ortiqroq vaqt sarf qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |