О‘zbekiston respublikasi
-MAVZU:ENG QADIMGI YUNON ADABIYOTI
Download 417.5 Kb.
|
Αzbek filologiyasi fakulteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi jahon a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
2-MAVZU:ENG QADIMGI YUNON ADABIYOTI.
Reja: 1.Xomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari. 2.Dostonning mifologik elementlari. 3.“Odisseya” va “Alpomish” dostonlari o’rtasidagi o’zaro yaqinlik masalasi. 4.Xomer masalasi. 5.Gesid – didaktik epos yaratuvchisi. Adabiyotlar: 1. 1. I. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kkuch. T., Ma`naviyat, 2008. 2.Alimuhamedov N. “Antik adabiyot tarixi”. Toshkent. “O’qituvchi”. 1975 yil. 3.Komilov N. “Tafakkur karvonlari”. Toshkent. “Ma‘naviyat”. 1999 yil. 4.Xomer. “Iliada”. Toshkent. G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1988 yil.
Qadimgi yunonlar Troya shahrini “Ilion” deb ham ataganlar. Binobarin, “Iliada” dostonining nomi ostida “Ilion qissasi”, “Ilionnoma” degan ma‘nolarni anglamoq lozim. Iliada dostoni 15700 misradan iborat juda kattakon asar. Qadimgi olimlar poemani 24 bobga – qo’shiqqa bo’lganlar. Asar voqealari tavsifiga kirishdan oldin, shoir ilhom parisiga murojaat qilib, Axill g’azablarini kuylashda ulardan madad so’raydi. Poemaning birinchi qo’shig’i ana shu g’azabning sabablariga bag’ishlangan. “Odisseya” dostonida jafokash Odisseyning o’z vataniga qaytishi va safar mobaynida uning boshidan kechgan mushkulotlar, uchragan ajoyibot va g’aroyibotlar - asarning asosiy mavzusidir. Odisseyning bu sargardonchiliklari rosa o’n yilga cho’zilib ketgan bo’lsa ham, asarda oxirgi qirq kuni hikoya qilinadi. “Iliada” va “Odisseya” dostonlarining ushbu xususiyatlari mazkur asarni yaratgan adibning yuksak mahorati, san‘atkorligi shohididir. Gomer asarlarining bosh qahramonlari faqatgina beqiyos pahlavonlar emas, shuningdek, ma‘budlar nasliga mansub barkamol shaxslar ham bo’lganlar. Olimp tog’ining hukmronlari har doim pahlavonlarga hatto mangu hayot ham bag’ishlaydilar. Dostonlarda bir qancha ma‘budlar ishtiroki asar voqealarini yanada jonlantirib yuboradi. “Odisseya” dostonida Poseydon ma‘budining harakatlari o’rinli qo’llangan va asarga juda katta shuhrat keltirilishida miflarning roli ham beqiyos yunon kishilari tabiatdagi hamma jonli narsaga ma‘budlar ta‘siri natijasidagi hodisa deb qarashi asarda ko’rsatib o’tilgan. Yuqorida qayd etib o’tganimizdek badiiy vositalarning hammasi Gomer poemalariga ajoyib hayotiylik bag’ishlaydi, kishi asarlarni o’qir ekan, tasvir etilgan hodisalarni va qahramonlarning qiyofasini o’z ko’zi bilan ko’rgandek bo’ladi. Mana shu xususiyat O’rta Osiyo xalqlarining mardlik, bahodirlik haqidagi ajoyib dostonlaridan biri “Alpomish” misolida ham ko’rishimiz mumkin. Alpomish dostonida ham Gomer poemalarida bo’lganidek o’xshatishlar juda muhim o’rin tutadi. O’xshatishlar bahodirlarning kuch-quvvatiga, jasoratiga, qurol-aslahalariga, ayollarning husn-jamoliga nisbatan ishlatiladi. Gomer poemalari bilan “Alpomish” dostoni o’rtasida faqat badiiy vositalarning yaqinligi jihatdangina emas, hatto mazmunning o’xshashligi jihatdan ham mushtaraklik bor. O’zbek xalqi dostonining qahramoni Alpomish ham xuddi Odissey singari dushmanlardan qasos olish niyatida uzoq safarga ketadi. Bu asarlar o’rtasidagi yaqinliklarni faqatgina Yunon va O’rta Osiyodagi ijtimoiy hayotning ma‘lum tarixiy sharoitlarida bir-biriga yaqin bo’lganligi bilan izohlash mumkin. Gomer yashagan davrni aniqlash borasida ham juda katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Gomer shuhrati antik dunyoda shunchalar keng tarqalgan ediki, butun yunon olami bu zotni o’zining milliy iftixori, shoirlar sultoni deb bilganlar. Fridrix Avgust Volf nemis olimi Gomer dostonlariga shubha bilan qaraydi. G.V.Nich Gomer dostonlarini o’rganib yagona bir kishining ijodi mahsuli deb aytadi. Rus tanqidchisi Belinskiy ham Gomer ijodiga yuqori baho berib, “uning badiiy dahosi xalq rivoyatlari, qo’shiqlari, adabiy parchalarning dag’al rudasini sof oltin qilib bizga yetkazib bergan” deydi. Gomer dostonlari V-IV asrlarning ulug’ tragediyanavistlari Eseil, Sofokl, Evripid uchun asosiy manba bo’lgan. Xullas, og’zaki xalq ijodining bitmas-tuganmas chashmalaridan to’yib-to’yib suv ichgan va o’z navbatida shu adabiyot zaminiga tomir otgan Gomer dostonlarining badiiy yetukligi, ularda ifoda etilgan mardlik va vafodorlik, matonat va zakovat, himmat va saxovat tuyg’ulari, tug’ilib o’sgan yurt kuyida hayotning jamiki zarbalariga bardosh berish g’oyalari – asarlarga hayot bag’ishlaydi. VIII asrning oxiri VII asrning boshlariga kelib sotsial tabaqalanish vujudga keldi. Bu esa Aristokratlar va qullar sinfini vujudga keltirdi. Bir-biriga zid ikki toifa guruhning qarashlari bir xil emas edi. O’z zamonasidan norozi bo’lgan dehqon ommasi uzoq patriarxal davrlarni qumsaydi. Mana shu kayfiyatlar tamomila yangi adabiy janrni – didaktik eposni dunyoga keltirdi. Didaktik eposning yunon adabiyotidagi eng birinchi namunasi Gesiodning “Mehnat va kunlar” poemasidir. Gesiodning poemasi inson mehnatining ulug’ligi, adolatning barqarorligi va mehnat ahlining tirikchiligi yo’lida uchraydigan turli-tuman masalalar haqida aytilgan nasihatlar shaklida yozilgan asardir. Gesiod yer yuzida yashagan insonlarni besh avlodga bo’ladi. Birinchi davr yer yuzining oltin davrida yashaydi. Ular tunu-kun uyin kulgida yashaydi. Kumush davrida esa ular bebosh bo’lib ma‘budlarga sig’inmaydi. Shuning uchun Olimp hukmdori ularni yer qa‘riga kiritib yuboradi. Kumush davridan keyin mis davri boshlanadi. Bu kishilar mehrdan yiroq, jang va qon to’kishdan boshqa narsani bilishmaydi va bular ham o’limdan qochib qutulmaydi. To’rtinchi davr mardu-maydonlar davri deb ataydilar. Bular oldingilardan rahmdilroq edilaru, ammo ular Troya ostonalarida o’lib ketadi. Gesiod o’zi yashagan davrni pastkashlik, zulm hamda adolatsizliklar davri deb Temir davriga kiritadi. Gesiod qadimgi yunonlar nazarida Gomer qatorida turadigan ulug’ shoir hisoblanadi. Gesiod tub ma‘nosi bilan xalq shoiri zahmatkashlar rahnomosi, hayot donishmandi bo’lib qoldi. Uning dostoni asrlar davomida yunon dehqoni uchun og’ir kunlarning maslahatgo’yi bo’lib keldi. Download 417.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling