О‘zbekiston respublikasi


Download 417.5 Kb.
bet5/35
Sana05.01.2022
Hajmi417.5 Kb.
#215377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Αzbek filologiyasi fakulteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi jahon a

SOFOKL IJODI

Yunon tragediyasining ikkinchi namoyandasi Sofokl 496 yilda Afinaning yaqinidagi Kolon degan joyda tug’iladi, uning otasi qurol-aslaha korxonasining egasi, zamonasining ancha badavlat va boobro’ kishisi bo’lgan. Sofokl yoshligida yaxshi tahsil ko’radi, turli-tuman bilimlarni o’rganadi; uning adabiy faoliyati erta boshlanib, 28 yoshida ekan, dramatik adiblar musoboqasida ulug’ Esxil ustidan g’alaba qozonadi. Sofokl butun umrini sha‘n-shavkatda, izzat va hurmatda o’z yurtida o’tkazib, 406 yilda vafot qiladi. O’limidan keyin yunon elining ulug’ zotlari qatori u ham qahramon sanalib, xotirasi uchun katta haykal o’rnatiladi va har yili qabri ustida qurbonlik so’yish taomiliga kiritiladi.

Qadimilarning guvohlik berishlariga ko’ra, Sofokl o’zining oltmish yillik adabiy faoliyati davomida 120 dan ortiq asar yozib, 24 marta dramatik shoirlar musobaqasida yutib chiqqan; biroq mazkur asarlardan bizga qadar yettitasigina yetib kelgan, xolos. Sofokl tragediyani tantanali diniy qo’shiqlar shaklidan chinakam dramaga aylantirish ishini yana yuqori pog’onalarga ko’tardi. Sofokl asarlarida qahramonlarning tabiati va ruhiy kechinmalariga ko’proq e‘tibor berish natijasida asarning mazmuni hayotiylik kasb eta boradi.

Jahon adabiyoti tarixiga Sofokl asosan, Edin haqidagi rivoyatlar mavzuida yozilgan asarlari “Edip shoh”, “Edip Kolonda” va “Antigona” tragediyalari bilan kiradi. Antik dunyoda o’tgan dramaturglardan birontasining asari jahon adabiyotida “Edip shoh” tragediyasichalik chuqur iz qoldirmagan. Sofoklning bu asari XVIII asrning oxiri, XIX asrning boshlarida Yevropa adabiyotida “Taqdir targediyasi” deb atalmish maxsus adabiy oqimning tug’ilishiga sabab bo’ladi. Bu oqim tarafdorlari, go’yo Sofokl izidan borib, taqdir mavzuida yozgan asarlarida dunyo bevafo, odam bolalari hayot girdobida beixtiyor oqib yuradigan benavo-bechoralardir, deb da‘vo qiladilar.

Qadimgi yunon kishisining va shaxsan Sofoklning nazarida qismat baxt-saodat, adolat hamda zarurat kabi tushunchalarning ma‘nosi bir-biriga juda yaqin bo’lgan.

Sofokl qadimgi qabilachilik davrlari uchun xos bo’lgan ba‘zi bir diniy, axloqiy taomillarni yangi zamon qonun-qoidalari bilan kelishtirishga urinadi. Bu jihatdan xorning birinchi qo’shig’i juda xarakterlidir. Bu qo’shiqda inson ongining ulug’ qudrati, tabiat hodisalarini itoat ettirgan ajoyib zakovati ko’klarga ko’tariladi, ammo, shu bilan birga, qo’shiqning oxiri, dunyoviy manfaatlarga berilib ketib, ilohiy burchlarni unutib qo’ygan kishilarga qarata aytilgan ta‘nali so’zlar bilan tugaydi, ya‘ni odam bolasi qanchalik ravnaq topmasin, ilgaridan qolgan rasmlarni unutmasligi lozim, aks holda jamiyat halokatga duchor bo’ladi. Sofokl o’zining ajoyib obrazlari bilan bir qatorda, dramatik voqealarni nodir ustalik bilan bir-biriga bog’lagan mohir san‘atkor sifatida ham jahon adabiyotida mashhur. Ulug’ Gyote yunon dramaturgi haqida gapirib, “sahnani va o’z kasbini hech kim Sofokldek bilgan emas”, degan edi.

Xullas, Sofokl o’zining ulkan zamondoshi Esxilga nisbatan, qahramonlarning xarakterini tavsif qilishda turli-tuman usullarni qo’llab, targediya san‘atini yuksak kamolot bosqichiga ko’tardi. Uning ulug’ligi shundaki, shoir faqat hamma odamlarning har xil bo’lishini emas, balki yolg’iz birgina odamning dilida javlon urgan turli-tuman ruhiy o’zgarishlarni, qarama-qarshi sezgi va tuyg’ularning dam-badam tovlanib turishini nodir ustalik bilan tasvirlaydi. Umuman, “Edip shoh” asarining hamma voqealari, boshlanishidan to oxiriga yetguncha, keskin ravishda bir holatdan ikkinchi holatga: shodlikdan qayg’uga, umidvorlikdan – noumidlikka ko’chib turish jarayonida rivojlanib boradi.

Sofokl ijodida yunon tragediyasi yuksak kamolot bosqichiga ko’tarilib, olamshumul ahamiyat kasb etadi. Shoir asarlarining demokratik ruhi, odamparvar mazmuni, noyob badiiy ko’rki – ularning abadiy barhayotligini ta‘minlaydi.



Download 417.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling